19 май 2023

TBC Bank Uzbekistan va Payme vakillari Samarqandda YTTBning 32-yillik majlisi va biznes forumida nutq soʻzladi

Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruv kengashining “Barqarorlikka sarmoya kiritish” mavzusiga bagʻishlangan 32-yillik majlisi va biznes forumi boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli tadbir 12 yildan soʻng Markaziy Osiyoga qaytgani bilan ahamiyatli. Uch kunlik yigʻilish butun dunyodan kelgan davlat xizmatchilari, moliyaviy va korporatsiya rahbarlari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati va OAV vakillarini oʻzida jamladi. Har yil oʻtkaziladigan ushbu majlis YTTB tomonidan mintaqani qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritish boʻyicha muhim qarorlarni qabul qilish uchun platforma vazifasini bajaradi.

1

Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bank TBC Bank Uzbekistan va Payme kompaniyasi ushbu yirik tadbirning asosiy hamkorlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, TBC Bank Uzbekistan va Payme kuzatuv kengashi raisi Nikoloz Kurdiani hamda TBC Bank Uzbekistan boshqaruv raisi Spartak Tetrashvili panel munozara shaklida oʻtgan yigʻilishda spiker sifatida oʻz kompaniyalarini taqdim etdi.

2

“Raqamli dividendlar: texnologiyalar moliyaviy inklyuziya kaliti sanaladimi?” mavzusiga bagʻishlangan muhokama doirasida Spartak Tetrashvili boshqa moliyaviy institutlar vakillari bilan birgalikda raqamlashtirish jarayonining moliyaviy inklyuziyaga transformatsion ta’siri toʻgʻrisida fikr almashdi. «Bizning raqamli platformamiz olis hududlardagi insonlarga masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Biz innovatsiyalarga intilamiz, texnologiyalar orqali odamlar hayotini osonlashtirishni xohlaymiz», — dedi TBC Bank boshqaruv raisi. Shuningdek, Spartak Tetrashvili  raqamli texnologiyalar davrida kiberxavfsizlikka muhim e’tibor berish naqadar ahamiyatli ekanligini ta’kidladi. «Biz raqamli bank sifatida elektron pullar bilan ishlaymiz. Shuning uchun kiberxavfsizlik boʻyicha bir qator ilgʻor yechimlarni oʻz tizimimizga joriy qilganmiz. Ushbu choralar bank va uning foydalanuvchilarining xavfsizligini toʻliq ta’minlashga yordam beradi», — dedi Tetrashvili.

3

Nikoloz Kurdiani “YTTB investor sifatida: investitsiya obyekti tomonidan nazar” mavzusi bilan panel muhokamada spiker sifatida ishtirok etdi. TBC Bank Uzbekistan va Payme kuzatuv kengashi raisi raqamli taraqqiyot va Oʻzbekiston bozorining investorlar uchun jozibadorligi haqida soʻz yuritdi. “Oʻzbekistonning toʻlov tizimlari sohasi hozirgi kunda qay darajada raqamlashganiga investorlar munosib baho berishi kerak. Mamlakat bozoriga kirib kelgan koʻplab kompaniyalar muvaffaqiyatga erishdi. TBC Bank Uzbekistan shular qatorida. Oʻzbekistondagi faoliyatimizga ikki yil boʻldi. Bugun biz 2,5 mlndan koʻproq foydalanuvchiga xizmat koʻrsatmoqdamiz. Mamlakatdagi investitsion muhit xalqaro biznesni jalb qilish va rivojlantirishga yordam beradi. Shunday ekan, investorlar uchun hozir eng qulay fursat”, – dedi Kurdiani. 

4

Payme bosh direktori David Melikidze Oʻzbekistonda onlayn toʻlovlar sohasini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar borligini, Payme’ning oxirgi yillarda erishgan natijalari ushbu potensialni yaqqol namoyish etishini ta’kidladi. “Biz yanada oʻsishda davom etishimizga ishonaman. Biz bunga aholining turli guruhlarini jalb qilish va xizmatlar sonini oshirish evaziga erishmoqchimiz. Odamlar kundalik ishlarini onlayn amalga oshirishi uchun ularning moliyaviy va raqamli savodxonligini oshirish, ularda dijital xizmatlarga boʻlgan ishonchni shakllantirish, xizmatlarning qulayligi va hammabopligini ta’minlash boʻyicha ulkan ishlarni amalga oshirishimiz kerak”, – dedi Payme bosh direktori.



5

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Ta'lim · 27 март 2025

Soxta xabarlar, klon saytlar: Fishing nima va firibgarlarning qarmog‘iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 март 2025

Hamyoningiz uchun moliyaviy yostiqcha: moliyaviy xotirjamlik sari 5 qadam

Oʻqish

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish