12 апрел 2023

Qo'llanma: qanday qilib to'g'ri qarz berish kerak?

O'zga insonga qarz berishdan ko'ra osonrog'i bo'lishi mumkinmi? Ammo bunda ham ko'plab muhim jihatlar mavjud, ulardan xabardor bo'lish pullaringiz bilan butkul xayrlashish yoki qarz olgan kishi bilan munosabatingizni buzib qo'yish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

 

Budjet va xarajatlarni to'g'ri rejalashtirish — qarzlarni boshqarish qobiliyati hamdir. Bizning bugungi vazifamiz: bundan keyin «Iltimos, qarzberib turing», degan murojaat sizni sarosimaga solmasligiga hamda bu savolga xushmuomalalik va e'tirozga o'rin qoldirmaydigan qilibjavob berishingizga erishish.

 

 

 

1-qadam: Kimga qancha qarz berish mumkinligi haqida o'ylaymiz

 

«Qarzga faqat siz yo'qotishga tayyor bo'lgan miqdordagi pulni bering», deyiladi britaniyalik yozuvchi RichardTemplarning «Hayot qoidalari. Qanday qilib muvaffaqiyatga erishish va baxtli bo'lish mumkin» degan kitobidagi  78-qoidada.

 

Hammasi oddiy: siz pul qaytarilishigacha hamyoningiz bo'shab qolmaydigan miqdorda qarz berishingiz lozim. Hatto, o'z manfaatingizdan kechib, boshqalarga yaxshilik qilishga intilishdek eng ezgu niyatlar ham sizning moliyaviy farovonligingizga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, ayniqsa, qarz oluvchi pulni qaytarishni kechiktiradigan bo'lsa. Avval doimiy va kutilmagan xarajatlaringizni hisobga olgan holda moliyaviy ahvolingizni baholang va shundan so'ng fors-major holatlarda voz kechib turishingiz mumkin bo'lgan mablag'ingiz miqdorini belgilab oling.

 

Bu qoida jamg'armalaringizga ham tegishli. Uzoq vaqt davomida ma'lum maqsadlar uchun jamg'argan pulingizni qarzga berish yaramaydi — qarzdor odam qarzini qaytarolmay qolsa, siz maqsadingizga yetolmasligingiz va ustiga ustak, va'dasida turmaydigan bunaqa tanish bilan munosabatingiz uzilib ketishi ham mumkin.

Templar shunday ta'kidlaydi: «Agar biror narsani qadrlasangiz, uni hech qachon qarzga bermang!». Ayniqsa, bu yaqinlaringiz (do'stlar va qarindoshlar)ning iltimoslariga tegishli. Ko'pincha bunday odamlarning iltimosini qaytarish qiyinroq, chunki ularni xafa qilishni xohlamaysiz. Muallifning fikricha, berilgan narsa yoki pulni ulardan qaytarib olish ehtimoli nolga teng. Agar ular qarzni qaytarsa, buni bir mo'jiza, deb biling.

«Money Smart» kitobining muallifi Meri Kelli ham shu haqda yozadi: «Oila a'zolari va do'stlar orasida qarz degan narsalar bo'lmaydi — berilgan narsa sovg'adir». Ha, odatda odamlar banklardan qarz olib, foiz to'lab yurmaslik uchun qarindoshlaridan yordam so'rab qo'yaqoladilar. Ular sizdan olgan qarzlarini qaytarish masalasini jiddiy qabul qilmasliklari mumkin, bunga ruhan tayyor turing.

 

Aslida qarindoshlarga berilgan qarz bilan bog'liq vaziyat doimo shunday bo'lavermaydi — har bir qoidaga istisno topiladi. O'zingizni umidsizlikdan himoyalash va munosabatlarni saqlab qolish uchun qarzni qaytarish shartlarini belgilab qo'ying. Bunga qanday erishish yo'llarini biroz keyinroq bayon qilamiz.

 

 

 

2-qadam: Qarz oluvchining to'lov qobiliyatini aniqlaymiz

 

Aytaylik, sizning shaxsiy budjetingiz ma'lum miqdorda qarz ajratishga imkon beradi va siz do'stingizga yordam berishga tayyorsiz. Ushbu bosqichda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini, uning qay darajada vijdonli ekanini va uning sizga murojatdan ko'zlagan maqsadini aniqlash muhimdir.

 

Shuni unutmangki, bankka kredit olish uchun murojaat qilganingizda, bank sizning ашу kredit tarixini иkredit tarixingizni tekshiradi va to'lov qobiliyatingizni baholaydi. Shaxsning pulga bo'lgan munosabati kreditlarning barcha turlariga, jumladan do'stlar va qarindoshlardan olingan mablag'larga ham taalluqlidir.

 

Maqsad. Qarz so'rovchining murojaati sababi nafaqat o'rinli bo'lishi, balki uning budjetiga ham mos kelishi lozim. O'rinli qarzlarsirasiga ishlab turgan biznes va sog'liqni tiklash uchun, shuningdek, boshqa kutilmagan, ammo muhim xarajatlar uchun so'ralayotgan qarzlar kiradi. O'yin-kulgi uchun yoki turmush darajasiga nomutanosib ravishda haddan tashqari ko'p pul ishlatish uchun so'ralganda, qarz berishdan voz keching va buning uchun o'zingizni koyimang.

 

Amerikalik yirik tadbirkor Robert Kiyosaki ning «Boylarning fitnasi» kitobida boy va kambag'al odamlarning qarzga bo'lgan munosabati mutlaqo qarama-qarshi ekanini ta'kidlaydi. Kambag'al yoki o'rtahol kishilar ko'pincha ba'zi narsalar xaridi yoki ta'tilga chiqish uchun qarz oladilar. Boylar esa kelajak uchun kiritiladigan sarmoyalar yoki aktivlarga pul tikish uchunqarz so'raydilar.

 

Ko'pincha odamlar uy sotib olish uchun pul so'rashadi. Ipoteka foizlarini to'lashni hech kim xohlamaydi, va, shubhasiz, bu oqilona yo'l. Buning uchun qarz berish yoki bermaslik sizning tanlovingiz, chunki uy sotib olish qarori, odatda, birdaniga emas, balki uzoq o'ylagandan so'ng qabul qilinadi. Demak, sizda ham obdon o'ylab olishga imkon bo'ladi. Agar qarz miqdori hamyoningizni «chaqmasa» va qarz oluvchining moliyaviy holati hamda farovonligi xavotir uyg'otmasa, ko'ngilchanligingiz sizga to'g'ri tanlov qilishgda yordam beradi.

 

Daromad. Qarz so'ragan odamning oylik daromadi bo'lishi kerak: maosh, dividendlar, omonat foizlari — nima bo'lsa ham. Qarzning oqilona va istiqbolli maqsadiga qo'shimcha ravishda, bu odamlar o'zlarining moliyaviy imkoniyatlari va qarzni to'lash muddati haqida aniq tasavvurga ega bo'lishi lozim.

 

Ammo shunday bo'ladiki, doimiy daromadga ega bo'lgan odam «maoshimni olgach, albatta qaytaraman» deb pul so'raydi, chunki u butun oy uchun budjetini to'g'ri taqsimlay olmagan bo'ladi — bu bilvosita uning moliyaviy savodsizligi va «pulga beparvoligi»dan dalolat beradi. Bunga parallel ravishda u o'z daromadidan sezilarli darajada yuqori bo' lgan boshqa qarz yoki kreditni to'layotgan bo'lishi ham mumkin, demak, u sizga bu kabi iltimoslar bilan yana qayta murojaat qiladi. Unutmang, bunday odamga qarz berish — uning o'z kapitalini boshqarishdagi noshudligini qo'llab-quvvatlashdir.

 

Reputatsiya. Agar qarz oluvchining reputatsiyasi yomon bo'lsa yoki yomon odatlari ko'p bo'lsa, hech vijdoningiz qiynalmasdan unga rad javobini beravering. Shuningdek, sizga yaxshi tanish bo'lmagan insonlarning iltimosini ham e'tiborsiz qoldiring. Siz bunday odamning kredit tarixini tekshira olishingiz amri mahol va bunday xayriya sizning o'z farovonligingizga bilvosita zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, yomon reputatsiyaga ega bo'lgan odam sizga pulni ixtiyoriy ravishda qaytarishi ham dargumon.

Agar iltimoslar davom etaversa, klassiklardan iqtibos keltiring, istehzo bilan qarz so'rovchiga nafaqat pulni, balki uyingiz kalitini ham taklif qiling.

 

 

3-qadam: Qarzni qaytarish muddati va shaklini belgilab olamiz

 

Qarz oluvchining to'lov qobiliyati va halolligini tahlil qilgandan so'ng, lug'atingizdan «imkoniyatingiz bo'lsa, qaytib berasiz» degan so'zni chiqarib tashlab, qaytarish shartlarini aytib o'ting. Mana bir nechta variantlar:

 

Pul birdaniga to'liq qaytariladi. Odatda, ushbu shartdagi muddat 3 oydan 12 oygacha, ba'zan esa bir necha yilga uzaytiriladi. Qarzdor qarzini birdaniga to'lash uchun pulni uzoq va og'riqli tarzda yig'ib boradi.

 

Agar uzoq kutishga tayyor bo'lsangiz va mablag' kelishilgan muddat davomida o'zingizga kerak bo'lib qolmasa, ushbu variant sizga mos keladi. Inflyasiya haqida ham unutmang: qaytarish muddatining uzoqligi  pulingizning ma'lum qismini «yeb qo'yadi».

 

 

Bo'lib to'lash, ya'ni haftalik, oylik yoki choraklik to'lovlar. Qarz oluvchi muntazam ravishda mablag'larning bir qismini o'tkazib, qarzni asta-sekin kamaytirib borishi uchun oyning biron kunini belgilang. Agar bu variant sizning budjetingizdagi yukni kamaytirsa va moliyaviy barqarorlikni saqlashga yordam bersa, uni tanlang.

 

Muhim maslahat: sanasi ko'rsatgan holda va qarzdorning imzosi bilan pulning berilgan qismlari haqida yozib boring. Bu improvizatsiya qilingan jadval oddiy qog'oz varag'iga ham yozilish mumkin, shunda taraflarni o'ng'aysizlikka soluvchi «qarzning qaytish yo'nalishini yo'qotish» — bir taraf pul berganini da'vo qilgan, ikkinchi taraf esa pulni olganini eslolmagan holat yuz bermaydi.

 

Bank kartasi uzoq vaqt davomida qaytarish uchun juda qulay. Qarzning qanday olingani — naqd puldami, bank o'tkazmasi orqalimi yoki boshqa turdami — farqi yo'q.

 

Hamyoningizda katta miqdordagi pulni saqlash noqulay va har doim ham xavfsiz emas, shuning uchun qarzni to'lash pul o'tkazmalari yo'li bilan amalga oshirilishi kelishiladi — bundan tashqari, bank ilovasi to'langan pul mablag'larining sanasi va miqdorini qarzdorning jismoniy mavjudligisiz ham qayd qilib etishga yordam beradi.

 

 

 

4-qadam: Byurokratiya bilan ishlaymiz

 

So'nggi yillarda ishonchga asoslangan qarz ko'proq xayriya deb ataladigan bo'lib qoldi va huquqshunoslar  tilxat yoki qarz shatnomasini rasmiylashtirib qo'yishni tavsiya qiladilar.

 

Tilxat, odatda, siz va manfaatdor shaxs ishtirokida qarz eng kam ish haqining o'n barobaridan oshsaginaerkin shaklda tuziladi. Unda qarz oluvchining shaxsiy ma'lumotlari (yashash manzili, tug'ilgan sanasi va pasport ma'lumotlari) albatta ko'rsatilishi lozim. Qarzdor tilxatni o'z qo'li bilan yozadi va qarzni to'lanmagunicha u sizda saqlanadi.

 

Kredit shartnomasi ikki nusxada tuziladi va har ikki tomonda saqlanadi. U yerda barcha shartlar batafsil ko'rsatiladi: shaxsiy ma'lumotlar, qarzga olingan mablag'ni qaytarish muddati va shartlarga rioya qilmaslik uchun javobgarlik usuli.

 

Qarz berganingiz faktini qarindoshlar bilan ham, do'stlar va tanishlar bilan ham rasmiylashtirishdan qo'rqmang. Bunday hujjat qarzini qaytarishni niyat qilgan odamni aslo xafa qilmaydi. Agar qarz oluvchi tilxatni rasmiylashtirishga norozilik bildira boshlasa yoki sarosimaga tushib qolsa, qaroringizni qayta ko'rib chiqing. Katta ehtimol bilan, u sizga qarzini qaytarishni rejalashtirmagan ham.

 

Agar bunday hujjat haqida to'g'ridan-to'g'ri so'z ochish sizga noqulay bo'lsa, hiyla ishlating: pullaringiz hozir aksiyalarga kiritilgan yoki muddatli depozitda ekanligini va ularni olish uchun siz aniq yozma tasdiqnomani taqdim etishingiz kerakligini ayting.

 

Aslida bu mavzuni ochishdan uyalmaslik kerak — axir, gap sizning pulingiz haqida ketayapti. Siz qarz oluvchiga to'g'ridan-to'g'ri qonunchilikning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berishingiz mumkin — Fuqarolik kodeksining   109-moddasiga binoan, nizolar yuzaga kelganda, sudlar yozma dalillardan tashqari hech qanday dalilni qabul qilmaydi. Agar gap katta miqdordagi mablag' xaqida borsa, qog'ozda nafaqat qarzga pul berish faktini, balki ushbu qarzni to'lash faktini ham qayd etish muhimdir.

 

Hujjatlar juda ko'p yuridik va huquqiy nozikliklarga ega: ba'zilar hujjatda foizlar/penyalar yoki qarz to'lovini kechiktirganlik uchun jarimalarni aks ettiradi, boshqalar esa, masalan, yanada radikal va qat'iy shartlar asosida qarz beruvchilar, qarz oluvchining ko'chmas mulkini yoki boshqa qimmatli narsalarni garov sifatida rasmiylashtirishni so'rashadi. Garchi bunday shartlar shafqatsiz ko'rinsa-da, ular, shubhasiz, qarzdorni o'z vaqtida qarzini qaytarishga undaydi.

 

Qarz olgan kishi olingan mablag'ni qaytarishdan bosh tortgan yoki umuman aloqaga chiqmagan vaziyatda yurist yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi bilishi kerak bo'lgan ma'muriy va jinoiy choralar qo'llaniladi.

 

 

 

***

 

Umid qilamizki, ushbu qo'llanma tufayli siz qarz munosabatlari mavzusini tushunishga bir qadam yaqinlashdingiz. Agar yuqorida aytilganlarning barchasiga qaramay, qarz berishni istamasangiz, doimo aytiladigan bahonani — «hech ham orqaga surib bo'lmaydigan» qat'iy sabab yoki shaxsiy xarajatlaringiz borligini aytishingiz mumkin.

 

Odatda bunday so'zlarga qarshi hech kim bahslashib o'tirmaydi, agar vaziyat takrorlansa, ular boshqa sizga bunday iltimos bilan murojaat qilishmaydi. Bordi-yu, siz nima bo'lganda ham mablag'ingizning bir qismini qarzga bersangiz, qarzdoringiz qarzdorlikka o’rganib qolganlar sirasiga kirmaydigan, insofli odam bo’ladi, degan umiddamiz.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish