04 апрел 2023

TBC Bank Uzbekistan aksionerlardan qo'shimcha 28,1 mln dollar sarmoya jalb qildi

2023-yil 31-mart kuni TBC Bank Uzbekistan uzoq muddatli moliyalashtirish rejasi doirasida oz aksionerlaridan $28,1 million miqdoridagi qo'shimcha investitsiya jalb qildi. Taqsimlash TBC PLC, EBRD (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki) va IFC'ning (Xalqaro moliya korporatsiyasi) joriy ulushlariga muvofiq amalga oshirildi. 2020-yildan beri TBC UZ'ga jalb qilingan investitsiyalarning umumiy summasi $107 millionni tashkil qilmoqda. Yaqin kelajakda sarmoya kiritishning yana bir bosqichini amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

«Xorijiy aksionerlar tomonidan bank sektoriga bu kabi yirik sarmoya kiritilishi bankning shiddat bilan rivojlanayotgan moliyaviy muassasa sifatida tan olinganidan darak. Bu bizga faoliyatimizni kengaytirishga, ilovamizning barqarorligi va ishonchliligini oshirishga imkon yaratadi. Mamlakatning olis hududlarida yanada ko'proq bank xizmatlari taqdim etiladi. Shuningdek, kapital jalb qilinishi TBC UZ yirik bo'lmagan bankdan katta miqyosdagi loyihaga aylanganini anglatadi. Bu esa, o'z navbatida, bankimizning O'zbekiston bozoridagi o'rnini yanada mustahkamlaydi», — dedi TBC Bank Uzbekistan boshqaruv raisi Spartak Tetrashvili.

 

2022-yil TBC Bank Uzbekistan uchun omadli keldi. Kompaniya zarar ko'rmaslik nuqtasiga chiqdi, rekord darajada qisqa muddat ichida daromad ko'rishni boshladi, yangi mahsulotlarni ishga tushirdi va boshqa koʻplab yutuqlarga erishdi. TBC Bank Uzbekistan Gruziya yetakchi bank guruhining xolding korxonasi hisoblangan TBC Bank Group shu'ba kompaniyasining bir qismi sanaladi. Bank chakana foydalanuvchilar uchun pul o'tkazmalari, kreditlar, muddatli to'lov, bank kartalari, onlayn-ilova orqali hisobvaraqlarni to'lash kabi koʻplab raqamli xizmatlarni taqdim etib keladi.

 

 

 

TBC  PLC

 

TBC Bank Group PLC («TBC PLC») Angliya va Uelsda ro'yxatdan o'tgan mas'uliyati cheklangan ommaviy kompaniya hisoblanadi. TBC PLC TBC Bank AJ («TBC Bank») va asosan Gruziyaning moliyaviy sektori hamda u bilan chambarchas bog'liq boʻlgan sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar guruhining shu'ba korxonasi hisoblanadi. TBC PLC London fond birjasida TBCG belgisi ostida kotirovka qilinadi va FTSE 250 indeksiga* kiradi. Shuningdek, u FTSE4Good indekslari seriyasi va MSCI United Kingdom Small Cap indeksi a'zosi hisoblanadi.

 

TBC Bank o'zining shu'ba kompaniyalari bilan birgalikda Gruziyaning yetakchi universal bank guruhi sanaladi. Gruziya milliy banki chop etgan ma'lumotlarda bank 2022-yilning 31-dekabri holatiga ko'ra, bozordagi 39,5% mijozlar kreditlari va 40,3% mijozlar depozitlari ulushiga ega.

invest2

2020-yil TBC PLC Oʻzbekistonda faoliyatini kengaytirib, oʻzining innovatsion finteks-platformasi yordamida mobil ilova orqali mijozlarga chakana bank xizmatlarini koʻrsatishni boshladi. 

 


*London fond birjasida kotirovka qilinuvchi 101-350 ta yirik kompaniyadan tashkil topgan kapitalizatsiya bo'yicha hisob-kitob qilingan indeks.

 

 

 

IFC

 

IFC — Jahon banki guruhiga kiruvchi, faoliyati rivojlanayotgan bozorlarning xususiy sektoriga yo'naltirilgan yirik global taraqqiyot instituti. IFC 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. 2022-yilda kompaniya rivojlanayotgan davlatlardagi xususiy korxonalar va moliyaviy muassasalarga rekord darajadagi 32,8 mlrd AQSH dollari ajratdi. Ushbu mablag'lar qashshoqlikni tugatish va umumiy farovonlikni oshirishga yo'naltirildi. Batafsil ma'lumotni www.ifc.com saytidan olishingiz mumkin.

 

 

 

Aloqada qoling

 

www.facebook.com/IFCwbg

www.twitter.com/IFC_org

www.youtube.com/IFCvideocasts

www.ifc.org/SocialMediaIndex

www.instagram.com\ifc_org

 

 

 

EBRD (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki)

 

YTTB uchta qit'adagi 38 ta mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashib keladi. Tashkilotning investitsiyalari bank faoliyat yuritayotgan mintaqalarning iqtisodiyotini raqobatbardosh, inklyuziv, ekologik va barqaror qilishga yo'naltirilgan. Bugungi kunga kelib YTTB O'zbekistondagi 129 ta loyihaga 4,126 mln yevro jalb qildi.  

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish