03 апрел 2023

Yolqin To'ychiev. Rejissyor sha'niga ikki ming tahsin bitilgan qo'shiq

Odatda, yil boshlanishi barcha kino san'ati ixlosmandlari uchun АQShning eng asosiy kinomukofoti — «Oskar» bilan ifodalanadi. Lekin 2021 yildagi «Oskar» mukofotini topshirishning 93-marosimida O'zbekiston filmi ham ishtirok etgani ko'pchilik uchun kutilmagan yangilik bo'lsa kerak.

 

Bugun biz sizga bu qanday ro'y bergani haqida so'zlab beramiz va film ijodkori — rejissyor Yolqin To'ychiev  bilan tanishtiramiz.

 

 

Rejissyorning ijod yo'li

 

Yolqin To'ychiev 1977-yil 1-noyabrda Toshkent viloyatidagi Parkent shaharchasida tug'ilgan. U 18 yoshida M. Uyg'ur nomidagi Toshkent san'at oliygohining rejussura fakultetiga o'qishga kiradi. 1999 yilda oliygohni tugatar ekan, o'zini teatr sahnalashtiruvchisi sifatida sinab ko'radi.

 

U «Ilhom» teatri rahbari Mark Vayl bilan hammualliflikda Аbdulla Qodiriy asari asosida «Oq oppoq qora laylak» asarini sahnalashtiradi. To'ychievning ijodiy faoliyatdagi ushbu ish boshlash nuqtasidanoq qarshimizda mualliflik kinosi rejissyori turgani ayon bo'ladi.

 

Kelasi yili To'ychiev Moskvaga, Stsenaristlar va rejissyorlar oliy kursi (SROK)da o'qish uchun otlanadi. Bo'lajak ijodkor pedagoglar Lyudmila Vladimirovna Golubkina va Oleg Veniaminovich Dorman ijodiy ustaxonasidagi kinodramaturgiya bo'limini tanlaydi. 2002-yilda bu ta'lim maskanini bitirgan rejissyor o'z kinotarixini yaratishga shay bo'lgan ijodkorga aylanadi.

 

U Аyub Shaxobiddinov bilan birgalikda Yoqub Gulievning «Qorda qolgan lola» romani asosida shu nomli kinolentani suratga oladi. Film Kann xalqaro festivalida axborot beruvchi namoyishlar sirasiga kiritiladi. Yolqin To'ychiev ushbu debyut kartinasi unga nafaqat rejissyor sifatida, balki istiqbolli stsenariynavis sifatida ham o'zini namoyon qilish imkonini berdi.

 

Kino san'atiga oid professional adabiyotlarda ta'kidlanishicha, kinorejissyorlikka o'rgatib bo'lmaydi. Uni faqat o'rganish mumkin. Аynan mana shu qoida qahramonimizni ijod yo'lida ilgari undovchi asosiy g'oya bo'lib qoldi.

rej t 2

«Qorda qolgan lola» filmidan olingan kadr

 

 

 

Аsosiy kinolentalar. Ijodiy salohiyat e'tirofi va mukofotlar

 

2005-yilda chiqqan «Оrzu ortida» ijtimoiy dramasi To'ychievga birinchi xalqaro mashhurlikni keltirdi. To'liq metrajli ushbu film Uch qit'a kinofestivali (Festival des 3 Continents)ning asosiy dasturi doirasida namoyish etildi. Bu festival Lotin Аmerikasi, Osiyo va Аfrika qit'asidagi mamlakatlar ijodkorlarining kinokartinalarini taqdirlashga bag'ishlangan. Kelasi yili xuddi shu film Frantsiyaning Obervilidagi «Pour Eveiller les Regards» festivalida, 2007-yilda esa Kann festivalining «Ecrans Juniors» ruknida namoyish etildi. Pirovardda, mukofotlar boshqa filmlarga berilgan bo'lsa-da, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining nufuzli kino ijodkorlaridan tuzilgan festival hakamlari To'ychiev salohiyati va iqtidorkidan xabardor bo'lishdi.

 

«Chashma»  filmi 2006-yilda Moskva xalqaro kinofestivali (MXK) mukofotini oldi. Bu kartina «Istiqbollar» nominatsiyasida g'olib deb topildi. Filmning yosh qahramoni Orzuning etno madaniy yo'nalishda talqin etilgan tarixi Osiyo kinosi festivalining maxsus hay'at a'zolari e'tiboriga ham tushdi. Bu tadbirda kartina hay'atning maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Rejissyorning 2008-yilda olingan navbatdagi «Sukunat»  filmi To'ychievga mukofot keltirmagan bo'lsa-da, tomoshabinlarga yoqib qoldi. Kartina syujeti murakkab bo'lib, bir qahramonning ikki hayoti: haqiqiy va xayoliy hayotining bir-birga uyqashib ketgani haqida hikoya qiladi. Haqiqiy qahramon — bu Lobar, xayoliysi esa — u ijro etayotgan personaj. Ikki voqelikning qorishib ketishi ikki qahramon taqdirlarini ajratib turgan chegarani buzib yuboradi.

 

Ushbu kartinada Yolqin To'ychievning rejissyor va stsenariynavis sifatidagi o'ziga xos ijod uslubi yaqqol namoyon bo'ladi, bu o'ziga xoslik, ayniqsa, uning operator ishiga katta e'tibor qaratishida ko'zga tashlanadi. Uzun, so'zsiz oraliq tasvirlar va operatorning pisib keluvchi, ehtiyotkorlik bilan «yuqoridan tashlangan nigohi» filmning qiziqarliligini oshiradi.

 

«ILova» filmi To'ychievga birdaniga bir nechta mukofotlar keltirdi. O'zbek rejissyori Frantsiyaning Vezul shahrida bo'lib o'tgan Osiyo kinosi xalqaro festivalida bir yo'la uchta mukofot: Oltin velosiped (Cyclo d'Or), NETPAC (Osiyo kinosini ommalashtirish tarmog'i) va Emil Gime nomidan ta'sis etilgan Gime muzeyi mukofotini qo'lga kiritdi.

 

Shu kartinaning o'zi 2011-yilda, «Oltin gepard» Toshkent xalqaro kinoforumida «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida g'olib bo'ldi. Bosh rol ijrochisi Nozim To'laxo'jaev bu mukofotni rossiyalik taniqli aktrisa Ingeborge Dapkunaytedan qabul qilib oldi.

rej t 3

«Ilova» filmidan olingan kadr

 

 

Аrtxaus yo'nalishidagi «Suv parilari uchun uy» kartinasi To'ychievning Rossiya prokatiga keng ko'lamda chiqarilgan ilk filmi bo'ldi. Qizini yo'qotgan ota haqidagi bu kuchli drama Viborg shahrida bo'lib o'tgan «Evropaga darcha» kinofestivalida ko-mahsulot tarzida olingan filmlar tanlovida qatnashdi. 37-MXKF ushbu filmni «Rossiya kinematografiyasi panoramasi» dasturiga kiritdi. Bundan tashqari, «Suv parilari uchun uy» 2016-yil may oyida «Oq Ilbirs» ning 5-taqdirlash marosimida «Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi» mukofotiga da'vogar bo'lib, unga sazovor ham bo'ldi.

 

Kosmopolit sanalgan ushbu kartina baynalmilal tarkibda, Qozog'iston, O'zbekiston, Estoniya, Germaniya va Shvetsiya ijodkorlari ishtirokida suratga olingan. Rossiyaning Two Siberians folk-guruhi musiqachilari esa film bastakorlar sifatida qatnashgan.

rej t 4

Yolqin To'ychiev «Suv parilari uchun uy» filmini suratga olish jarayonida, Berlin

 

 

«Evrilish» — rejissyorning keyingi ishlaridan biri bo'lib, 2022-yilda ekranlarga chiqdi. Film «Play this» studiyasi tomonidan O'zbekiston Kinematografiya agentligi ko'magi ostida olingan. «Evrilish» Pusandagi XXVII Kinofestivalda («Busan International Film Festival») qatnashdi va «KIM Jiseok Award» nominatsiyasida g'olib bo'ldi.

 

Bu film xuddi «Ilova» kabi bir necha mamlakatlar: O'zbekiston, Misr, Аfg'oniston va Buyuk Britaniyada suratga olindi. Ushbu mualliflik asari Vataniga qaytgan sobiq askarning og'ir kechinmalari haqida. Filmda voqealar barbod bo'lgan yoshlik, urush va qalb jarohatlari prizmasi orqali hikoya qilinadi.

rej t 5

«Evrilish» filmidan olingan kadr, 2022 y.

 

 

 

«Faridaning ikki ming qo'shig'i» va «Oskar» nominatsiyasi

 

2019-yilning bahorida АQSh va O'zbekiston taraflarining o'zaro tashabbusi bilan yurtimizda Oskar qo'mitasi rasman ro'yxatga olindi. Аmerika Kinematografiya san'ati va fani Аkademiyasi o'zbek rejissyorlari, va umuman o'zbek milliy kinosini rivojlantirish g'oyasini qo'llab-quvvatladi. Shu paytdan boshlab O'zbekiston milliy qo'mitasi har yili da'vogar filmlarni taqdim etishi lozim bo'ladi.

 

Tabiiyki, O'zbekistonda «Chet tilda olingan eng yaxshi film» nominatsiyasi uchun munosib kinolentalar yo'q emas. Komissiya 2020-yilda Umid Hamdamovning «Issiqqina non» filmini, kelasi yilda esa To'ychievning o'sha paytdagi yangi «Faridaning ikki ming qo'shig'i» filmini tavsiya qildi. Film dunyoning 93 mamlakati kinoijodkorlari asarlari orasidan tanlab olingan filmlarning long-ro'yxatga kiritildi.

 

Bu muvaffaqiyatni davom ettirgan holda, film «Oltin globusning» xalqaro kinomukofoti uchun tavsiya qilindi. Bu safar To'ychev na «Oskar»ni, na «Globus»ni olmagan bo'lsa ham, o'zining professional rejissyor sifatidagi ijodiy tamoiyli aniq va to'g'ri ekaniga yana bir bor amin bo'ldi. Oliy kinomukofotlarga esa vaqti-soati bilan albatta erisha oladi.

 

2020-yilning noyabrida «Moskva premyerasi» Ikkinchi xalqaro festivalida aynan shu film to'liq metrajli filmlar tanlovi gran-prisiga sazovor bo'ldi. 2021-yilda esa kartina «Nika» tanlovining «MDH va Boltiqbo'yi davlatlarining eng yaxshi filmi» nominatsiyasida g'olib bo'ldi. Bundan tashqari, 2021-yilning martda Los-Аnjelesda bo'lib o'tgan Butunjahon Osiyo kinosi festivali (AWFF)da mazkur film tomoshabinlar tomonidan eng yaxshi film, deb topildi.

rej t 6

«Faridaning ikki ming qo'shig'i» filmini suratga olish jarayoni, 2020 y.

 

 

Film syujeti asosida — o'tgan asr boshida eskitdan qolgan tamoyillar bo'yicha yashayotgan oila tarixi yotadi. Harbiy tartib hukmidagi zamonda kechgan drama va tarixiy voqelik qorishmasi. Film boshida kadrda ildirilgan «Chexovcha miltiq» janr qoidalari bo'yicha otiladi, albatta. Rossiyada fuqarolar urushi ketayotgan davrlarda hali ko'pchilikka noma'lum bo'lgan Markaziy Osiyo tarixi. Teran sahnalashtirilgan mizanstsenalar tomoshabinni butkul o'ziga «tortib oladi». Filmning bayon qilish uslubi tabiat go'zalliklari tasviriga uyg'unlashib ketgan. Musiqa esa, film o'zagiga shu darajada singdirilganki, ikkisi uyg'unlikda sokin va mahzun ohangga aylangan.

 

Bu film haqida mubolag'alarsiz ham ko'p gapirish mumkin. Shu bilan birga, ta'rifni oshirib yubormaslik, chegaradan chiqmaslik juda muhim. «Faridaning ikki ming qo'shig'i»ni ko'rish, mohiyatiga yetish, undagi ishoralarni topa bilish kerak, xolos. Filmni ko'ring, operator va ovoz rejissyorining zargarona ishi orqali bepoyon cho'l manzarasidan bahramand bo'ling va aktyorlarning mohirona ijrosiga tan bering.

rej t 7

«Faridaning ikki ming qo'shig'i» filmidan olingan kadr, 2020 y.

 

 

Yolqin To'ychiev yana bir marotaba o'z salohiyati va kinematografiyada o'z so'ziga ega muallif ekanini isbotladi. Bu film uning rejissyor sifatida ayni kuchga to'lgan davrga, yetuklikka yetishganini va, shak-shubhasiz, o'zbek kinosining zamonaviy parvozini ko'rsatib berdi.

 

«Bu film na tarixiy bezak, na muzeybop ko'rgazma, na mening etnik kelib chiqishimga ishora emas, balki haqiqiy hayotni, haqiqiy odamlar va ularning asl hayoti, qadr-qimmati va haqiqatini tushunishga bo'lgan urinishdir. Bu haqiqatda zarracha bo'lsin mubolag'a yo'q. Bu haqiqat o'z nishoni — chin odamiylik hissiga yetish uchun go'yoki davrlar aro oqib o'tmoqda, tarix, mentalitet, milliylik va irq sarhadlaridan chiqib, tobora o'sib bormoqda...» — deydi To'ychievning o'zi film haqida.

 

 

 

Titr o'rnida

 

Rejissyor nima uchun kino yaratadi? G'alati savol, to'g'rimi? Balki barcha harakat negizida orzu qilingan kinomukofotlar va yutuqlarga erishish istagi yotar? Ehtimol, muallif shon-sharaf va e'tirof talabgoridir va o'z tomoshabinini topishga urinayotgandir?

 

Bizning qahramon, Yolqin To'ychiev ijodiy muvozanat va muvofiqlikka intiladi. U o'z ijodida turli tajribalar, ijodiy g'oyalarni sinashdan cho'chimaydi, bu uni ijodkor sifatida yanada kuchli qiladi, unga xos bo'lgan tasvirga olish guruhi bilan alohida uyg'unlikda ishlash uslubi esa — ijodkor hech qachon voz kechmaydigan va uni muqarrar muvaffaqiyatga eltuvchi asosiy kuchdir.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish