17 март 2023

Madaniy dayjest: 18-martdan 24-martgacha poytaxtda nima qilish mumkin?

Hafta tugab, bir necha kunlik dam olish kunlari yaqinlashmoqda — seshanba kuniga to'g'ri keladigan Navro'z bayrami munosabati bilan butun mamlakat 4-5 kun davomida dam oladi. Ob-havo ham ochiq bo'ladi, uyda o'tirish — hammaga ham emas, demak, rejalar tuzish va ko'ngilochar tadbirlarni tanlashning ayni vaqti.

 

Bizning an'anaviy dayjestda kelasi haftada o'tadigan, sizda qiziqish uyg'otishi mumkin bo'lgan eng ajoyib, noodatiy hamda muhim tadbirlarning barchasi — kontsert dasturlari va festivallardan tortib, ekologik aktsiyalar va o'ziga xos filmlargacha — hamma-hammasi jamlangan.

 

 

Kino

 

Olamshumul premeralar bu haftada deyarli yo'q. E'tiborga loyiq yagona kinoasar — «Shazam»ning ikkinchi qismi. Murakkab hech narsa yo'q, shunchaki mushkul paytda birgina sehrli so'z yordamida super qahramonga aylana oladigan o'smir yigit sarguzashtlarining davomi xolos. Bu filmning birinchi qismini tomoshabinlar ham, tanqidchilar ham juda iliq qarshi oldilar. Balki, uning ikkinchi qismi ham maqtovga loyiqdir, shu boisdan ko'ngilochar kinokomiksni tomosha qilish uchun kinoga borish — yaxshi reja.

 

Аna endi — jiddiyroq mavzular ixlosmandlari uchun ro'yxat. Roʼyxatda birinchi tadbir — bu qozoq rejissyori Аskar Uzabaevning «Бақыт» kinolentasi namoyishi.

 

«Film voqealari hozirgi davrda, sohil yaqinidagi kichik shaharchada bo'lib o'tadi. Unda ko'p yillardan beri tugamayotgan o'zaro mehrsizlik va oilaviy zo'ravonlik iskanjasidan xalos bo'lishga intilayotgan qahramonlar tarixi bayon etilgan. Er, Xotin va ularning bo'yiga yetib qolgan Qizi — eng asosiy qahramonlar timsolida oilaviy zo'ravonlikning sitam va alamlari, oxir-oqibat qotilga aylangan jabrlanuvchining taqdiri butun dahshati bilan namoyon bo'ladi», — deyiladi film tavsifida.

dig 5 2

«Bu film do'zaxda yashayotgan, lekin odamlar oldida baxtli ko'rinishga mahkum ayolning fojeasi haqida. Insonning o'z daxlsizligi, shaxsiy hududi va erkinligi uchun kurashi haqida. Shuningdek, davlat yetarli darajada himoya qilolmagach, insonning o'z-o'zini qanday usul bilan bo'lmasin himoyalashga majbur bo'lishi haqida. Hattoki, dahshatli usul bilan bo'lsa ham», — deb yozmoqda  o'z telegram kanalida kino namoyishiga bevosita aloqador bo'lgan aktiv ayollardan biri Irina Matvienko.

 

Qachon: 18-mart, boshlanish vaqti 14:00 (shuningdek, shu kuni soat 12:00 da filmda ko'rsatilgan muammolarga bag'ishlangan ommaviy muhokama bo'ladi)

 

Qaerda: 139 Documentary center

 

Stsenarist Elmira Hasanova tomonidan tashkil etilgan «Katarsis» kinoklubida Anna Melikyanning «Yulduz» filmi namoyishi va muhokamasi bo'lib o'tadi.

 

«Yosh aktrisa — haqiqiy yulduz bo'lishni orzu qiluvchi maftunkor va biroz beo'xshov, o'ta soddadil qiz. O'ziga bino qo'ygan, lekin hayoti bir zumda katta xavf ostida qolgan, tannoz oqsuyak xonim. Uning o'n besh yoshida boylik va mug'obirlikdan to'yib ketgan asrandi o'g'li. Juda turfa odamlar, lekin juda chambarchas bog'langan taqdirlar», — deya sirli tavsif bermoqda bu filmga «Kinopoisk».  

dig 5 3

Tashkilotchilar film ruhiyati va rejissyorning o'ziga xos uslubi tahili, shuningdek to'laqonli bahs-munozara bo'lishini va'da berishgan.

 

Qachon: 18-mart, boshlanish vaqti 18:00 (ilova boʼyicha ro'yxatdan o'tish lozim)

 

Qaerda: «Katarsis»

 

 

Teatrlar

 

Teatrlar hayoti bu safar ham anchayin qiziqarli. Bayram kunlariga aynan mos tushadigan va bayramona kayfiyatni kafolat qilayotgan hafta tomoshasi — «Ilhom» sahnasidagi «Etti oy» bo'ladi.

 

«Bu nazmda bitilgan sufiyona hikoyat bo'lib, unda shon-shavkat va sharafsizlik, ulug'vorlik va xo'rlikning sirli muvozanati, barcha ne'matlarga ega bo'lganu, lekin o'zining shohona takabburligi tufayli hammasidan ayrilgan podshoh haqida hikoya qilinadi. Navoiyning ushbu asari Rossiyaning SounDrama studiyasi ijodkorlari bilan yaqindan hamkorlik natijasi o'laroq sahnadagi hayotiga erishdi. Spektaklda Sharqqa xos an'anaviy musiqa va G'arbning zamonaviy ritmi ajoyib tarzda uyg'unlashgan holda sadolar birikmasi va o'ziga xos energetika maydonini hosil qilgan», — deyiladi teatr tomonidan spektaklga berilgan ta'rifda.

 

Qachon: 21-mart, boshlanish vaqti 18:30

 

Qaerda: «Ilhom»

 

 

Xuddi shu teatrning o'zida, faqat 23- va 24-mart kunlari Jan-Batist Molyerning 400 yilligiga bag'ishlab «Tartyuf»ning mutlaqo yangi postanovkasi namoyish etiladi.

 

«"Tartyuf" komediyasi vositasida Molyer ikkiyuzlamachilik va munofiqlikka qarshi murosasiz kurashga kirishadi. Ushbu pyesa ayovsiz kurash va to'polonlarga sabab bo'lgan. Ruhoniylar ikki marta uni taqiqlashga harakat qilganlar. Molyer yordam so'rab qirolga murojaat qiladi. Muallif ikki marta pyesani qayta ishlaydi, uning nomi va qahramonning ismini o'zgartiradi. Xuddi shu kabi, "Ilhom" ham permera sanasini ikki marta o'zgartirdi. Bugungi kunda ushbu pyesa dunyodagi eng mashhur sahna asarlaridan biri bo'lib, "Tartyuf" degan ism hammaga birdek tushunarli bo'lib ketgan. Bu ism tilyog'lamalik va ikkiyuzlamachilik timsoliga aylangan. Bu qusurlar oradan 400 yil o'tsa-da, hamon yo'q bo'lmagan va hatto o'z basharasini o'zgartirgani ham yo'q».

dig 5 4

Rus dramatik teatri sahnasida esa — lilliyan Xellman ning «Tulkichalar» pyesasi asosida qo'yilgan «Аdoyi tamom ko'ngil» spektakli bo'ladi.

 

«Pyesa ochko'z tadbirkorlar Xabbardlar oilasidagi ziddiyatlar va mol-dunyoga hirs qo'yish haqida hikoya qiladi. Rejina va uning aka-ukalari nima qilib bo'lsa-da, uning erini yangi oilaviy biznesga ulush qo'shishga ko'ndirmoqchi bo'ladilar. Kuchli xarakterlar, qiziqarli dialoglar va syujetning dramatizmi bir oila tarixini boylik kuchi, ochko'zlik, shaxs tanazzuli va o'z qalbini boy berishi haqida o'lmas hikoyatga aylantirgan», — dеyiladi asar haqida teatrning internetdagi sahifasida.

 

Qachon: 21-mart, boshlanish vaqti 17:00

 

Qaerda: Rus akademik drama teatri

 

 

Musiqa

 

Nima bo'lganda ham yil davomida aynan bu haftani rasman eng musiqiy hafta deb atash mumkin – aminmizki, har qanday inson didi, qarashlari va g'oyalaridan qat'iy nazar, o'zi uchun qiziqarli tadbirlarni topa oladi.

 

Birinchi o'rinda Britaniyaning Boiler Room musiqiy broadcast- platformasi bo'lib, u har oy butun dunyo bo'ylab 30 dan ortiq jonli ijrolarni efirga uzatadi. O'zbekistonda BoilerRoomUzbekistan doirasida 19- va 20-mart kunlari ikkita tadbir bo'lib o'tadi. Birinchisi, asosan, elektron musiqaga bag'ishlangan bo'lib, Toshkentdan tashqarida, «Fizika-Solntse» nodavlat notijorat tashkilotida tashkillashtiriladi, ikkinchi tadbir doirasida esa Davlat xalq va amaliy san'at muzeyida an'anaviy cholg'u asboblari ustalari chiqish qiladi.

 

Tadbirda qatnashish bepul, lekin havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Ishtirokchilar tasodifiy tarzda tanlanadi, demak, imkoniyat har birimizda bor.

dig 5 5

Romantika va organ musiqasini suyuvchilar uchun Davlat konservatoriyasida 20-mart kuni soat 19:00 da bo'lib o'tadigan «Romantik organ musiqasi» nomli konsert dasturi tayyorlanmoqda. Bahorni qarshi olishga esa «Turkiston» saroyi yordam beradi – Xalq artisti Mansur Toshmatov  boshchiligida Davlat filarmoniya orkestri ijrosida «Assalom, Navro'z!» nomli bayramona jaz konsert bo'lib o'tadi.

 

19-mart kuni yana «Slot», guruhi sahnaga chiqadi, 23-mart kuni – «Sansara» guruhidan Sasha Gagarin, 24-mart kuni esa afsonaviy afsonaviy Vyacheslav Butusov o'zining NautilusPompilius guruhining 40-yilligiga bag'ishlangan dasturi  bilan chiqish qiladi.

 

 

Ko'rgazmalar va boshqalar

 

18-mart, shanba kuni Botanika bog'ida qiziqarli va foydali bo'lishi mumkin bo'lgan tadbir – Realsoft Ecofest 2023  bo'lib o'tadi. Tashrif buyuruvchilarga birgalikda daraxt ekish, sumalakdan tanavvul qilish, Orol dengizi va atrof-muhit haqida ma'ruzalarni tinglash, mahalliy eko-brendlar bilan tanishish va biroz musiqa tinglash taklif etiladi.

 

19-mart kuni International mehmonxonasida mamlakatimizning turli hududlarining milliy hunarmandchilik namunalari namoyish etilgan an'anaviy art-bozor, «O'zekspomarkaz»da kubist Хuan Gris  asari asosida bolalar uchun rasm chizish bo'yicha mahorat darsi bo'lib o'tadi. Zamonaviy san'at markazi tomonidan uyushtirilayotgan tadbir bepul, ammo Instagram orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

dig 5 6

 

 

Tavsiya

 

Bu haftada an'anaviy tavsiya faqat bitta bo'lishi mumkin – «Kit».

 

Darren Aronovskiy ning dramasi semirish dardida aziyat chekayotgan Charli ismli inson haqida hikoya qiladi – u bir vaqtlar boshqa insonni sevib qolgani uchun oilasini tashlab ketgan, o'lim yoqasiga kelib qolganida esa, bir necha yil davomida ko'rishmagan, o'smir yoshiga yetgan qizi Elli bilan munosabatlarini tiklashga kirishadi.

 

Aronofskiyning filmlarini tomosha qilish oson emas – ular murakkab, shafqatsiz yoki haddan tashqari metaforali bo'lishi mumkin. Аmmo ajoyib tarzda o'ylab topilgan obrazlar va ularni ekranda mahorat bilan yarata oladigan aktyorlarni tanlashdagi aniqlik bu mushkullikni yengib o'tishda yordam beradi.

 

Charli rolini Brendan Fraser Freyzer 90-yillarning yulduzi bo'lib, bir necha avlodga yaxshi tanishdir – u «Jungleylik Jorj» ustidan isterik tarzda kulishga majbur qilgan, uning «Klinika»dagi epizodik roli esa tomoshabinni yig'latib, uzoq vaqt o'ziga kelolmas holatga solgan, klassikaga aylangan «Mumiyo» filmi bolalarni xazina izlab topish dardida hovlilar atrofida yugurishga majbur qilgan. 2000-yillarda barchasi boshqacha kechdi – shaxsiy muammolar va chuqur tushkunlik, ishsizlik va hayotga qiziqishni yo'qotish, uzoq vaqt o'z-o'zidan chekinish holatlari yuz berdi. Biroq, Freyzer o'zini o'nglab oldi va kinoga qaytdi, ustiga-ustak bu qaytish, shubhasiz, afsonaviy bo'lib qoladi.

dig 5 7

Charli obrazi uchun o'nlab mukofotlarni qo'lga kiritganidan so'ng, bu hafta u «Oskar»ni ham oldi – aktyorning mukofotni qabul qilib olish paytidagi his-tuyg'ularini shunchaki tomosha qilishning o'zi olam-olam taassurotlarni taqdim etadi. Agar Di Kaprioning uzoq kutilgan «Oskar»i ko'proq mem bo'lgan bo'lsa, Freyzerning «Oskar»i o'z ustidan qozonilgan g'alaba va boshdan kechirgan qiyinchiliklardan so'ng qo'lga kiritilgan muvaffaqiyat haqidagi hikoyaning avj nuqtasidir. Bu haqiqatan hurmatga loyiq natija va insonlarga ibrat bo'lishga arziydigan voqeadir.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish