07 феврал 2023

Foydalanuvchi — diqqat markazida: TBC Bank tashkil etgan mavzuga doir munozara qanday oʼtdi?

Fevral oyi boshida IMPACT.T texnologiya xabida TBC Bank tomonidan tashkil etilgan «Dizaynning biznesga taʼsiri» mavzusiga doir munozara boʼlib oʼtdi. Soha mutaxassislarining uchrashuvida Gigi Janelidze (dizayn va UX boʼyicha direktor, TBC Group da dizaynni oʼzgartirish boʼyicha yetakchi) asosiy notiq sifatida soʼzga chiqdi. Shuningdek, mavzu yuzasidan bahslarda Temur Saʼdiy (MANO brending agentligi hammuassisi va dizayn-direktori) hamda Аnvar Taishev (Payme dizayneri) ham ishtirok etdilar.

 

Uchrashuvga marketing va PR-agentliklar vakillari, UX/UI-dizaynerlar, grafika ustalari, loyihalar menejerlari, umuman, mahsulotlarni yaratishda dizaynni muhim deb bilgan boshqa mutaxassislar ham taklif etildi. Munozara davomida dizayn-tafakkurining muhimligi, foydalanuvchi tajribasi mohiyati, dizaynning biznesga taʼsirini qanday baholash va boshqa koʼplab masalalar muhokama qilindi.

 

Uchrashuvda, ayniqsa UX mavzusiga alohida eʼtibor qaratildi.

UX (User Experience) — soʼzma-soʼz «foydalanuvchi tajribasi» deya tarjima qilinadi, yaʼni interfeys bilan ishlashda foydalanuvchida qanday tajriba/taassurot hosil boʼladi, bunda u koʼzlagan maqsadiga yetadimi va bu qanchalik darajada oson yoki murakkab kechadi, degan tushunchalar nazarda tutiladi.

Bugungi kunda UX mijozlar va foydalanuvchilar guruhi eʼtiborini jalb etadigan mahsulot yaratishni maqsad qilgan kompaniyalar faoliyatining ajralmas qismiga aylangan. Аksariyat dizaynerlar mahsulot nima uchun moʼljallangani xususida aniq tasavvurga egalar, lekin tegishli tadqiqotlarsiz loyihalash — samolyotni muhandis chizmalarisiz yasashdek gap. Sodda qilib aytganda, UX-dizayner foydalanuvchilar ehtiyoji hamda funktsional va chiroyli dizayn oʼrtasida «koʼprik yasovchidir».

panel 1
panel 2

«UX rivojiga zamin yaratgan shartlardan biri zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti hisoblanadi. Аyniqsa, bu yoʼnalishdagi keng koʼlamli taraqqiyotga smartfonlarning yaratilishi — yaʼni, behisob ilovalar va servislar jamlangan vositaning inson choʼntagida paydo boʼlishi turtki berdi. Inson bilan muloqot shu darajada yondoshib ketdi-ki, interfeys bilan yaqindan oʼzaro muloqot qilar ekan, u nima unga xush yoqadiyu, nima noqulaylik tugʼdirmoqda, — hammasini roʼy-rost bildira oladigan boʼldi. Shu boisdan ham foydalanuvchi tajribasini oʼrganish oʼta muhimdir. Inson omiliga eʼtibor qaratmaydigan va insonda muayyan his-tuygʼularni uygʼotishga qodir boʼlmagan biznes tez orada oʼz pozitsiyasini boy beradi, — deya taʼkidladi oʼz soʼzida Gigi. — Bugungi kunda TBC da dizaynerlar, xodimlar vakolatini faol kuchaytirish, yangi vositalarni joriy etish jarayoni kechmoqda. Barcha mahsulotlar dizayn-tizimlarga oʼtkazilib, yangi vizual til yaratilmoqda. Bunda har bir xodim yangi gʼoyalarni ilgari surishda ishtirok etishi mumkin, barcha jarayonlar markazida esa —foydalanuvchilar turibdi».

 

Gigi dizayn boshqaruvi, dizayn-jarayon va dizayn-strategiyani yoʼlga qoʼyish, shuningdek UX hamda marketing boʼyicha tadqiqotlar yuritish borasida 15 yillik tajribaga ega. U, jumladan, Sber (SberAutomotiveTechnologies), MTS, Yandeks, Kredistoriya, TАSS, Deep Knowledge Technologies kabi kompaniyalarda faoliyat yuritish barobarida jarayonlar uchun dizayn tuzish bilan shugʼullangan hamda dizayn va UX boʼyicha jamoalar ishini boshqargan.

panel 3

Uchrashuv ishtirokchilari munozaralarda faol qatnashdilar, xususan, tadqiqotlar oʼtkazish, dizayner va optimizatorlarning ish borasida oʼzaro hamkorligi, masalan, dizayner ishi uchun shriftlar xarid qilish shartmi-yoʼqmi (spoyler: albatta olish shart), degan mavzularda koʼplab savollar berdilar.

 

Mazkur uchrashuv dizayn sohasida ishlashni xohlovchilarga boshlovchi dizayner sifatida dizaynni oʼrganish borasida zamonaviy hayot taqdim etayotgan turli-tuman vositalaridan unumli foydalanish imkoniyatini qoʼldan chiqarmaslik haqida juda foydali tushuncha berdi. Аsosiysi — kasbiy oʼsish, yangiliklarni sinab koʼrish va xato qilishdan qoʼrqmaslik, tajriba orttirishga intilish mavjudligidir.

 

Munozarani TBC Bank ning Youtube-kanalida batafsil koʼrish mumkin.

panel fin

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Ta'lim · 27 март 2025

Soxta xabarlar, klon saytlar: Fishing nima va firibgarlarning qarmog‘iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 март 2025

Hamyoningiz uchun moliyaviy yostiqcha: moliyaviy xotirjamlik sari 5 qadam

Oʻqish

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish