24 ноябр 2023

Ilovadan foydalaning va sovrinlarga ega bo'ling: TBC Stars ning yangi versiyasi

TBC Bank Uzbekistan sizning banklar va bank ilovalari orqali bajariladigan amaliyotlar to'g'risidagi tasavvuringizni butkul o'zgartira oladigan sodiqlik va geymifikatsiya dasturini e'tiboringizga havola qiladi. Biz TBC Stars ning yangi versiyasini ishga tushirmoqdamiz.

 

 

 

Har bir harakat muhimdir

 

Ehtimol, siz TBC Stars to'g'risida bilarsiz, yoki, hatto ushbu ilovada faol bo'lgani uchun sovg'a olganlardan biridirsiz. Endi hammasi o'zgardi — yanada afzallikka va taraqqiyotga intilgan holda, biz sizga mutlaqo yangi bankka sodiqlik dasturini havola etamiz. Bu dastur sizning foydalanuvchi sifatidagi tajribangizni tubdan o'zgartiradi va siz uchun bank xizmatiga o'zgacha nazar tashlash imkonini yaratadi.

 

Endilikda TBC UZ ilovasidagi har bir kundalik harakatlar mukofotlanadi. Tasavvur qiling: siz odatdagi ishlaringiz bilan bandsiz — pul o'tkazdingiz yoki xaridlaringiz uchun to'lovni amalga oshirdingiz — buning uchun esa yulduzlar shaklidagi bonuslarga erishasiz va istalgan paytda ularni: mablag'ga, sevimli manzillaringiz uchun vaucherlar hamda qiziqarli sovg'alarga almashtirib olasiz.

 

Yulduzlar va sovrinlarga erishish juda qiyin bo'lsa kerak, deb o'ylamang. Shunchaki bizning ilovamizdan shu paytgacha qanday foydalangan bo'lsangiz, shunday foydalanishda davom eting va siz tez orada ko'plab yulduzlarni jamlab olasiz. Buning bir nechta usuli bor:

 

• Faol bo' Kartadan to'lov qilish, depozit ochish, kredit olish yoki hisoblar bo'yicha to'lov qilish kabi har bir amaliyot evaziga ballarga ega bo'ling;

 

• E'tiborli bo' Xabarlarni kuzatib boring — biron bir tezkor vazifani ko'rsangiz, bu imkoniyatdan foydalanish va vazifa bekor bo'lgunicha yulduzlarga erishib qolish uchun chaqqonlik bilan harakat qiling;

 

• O' Bank bilan o'zaro aloqa albatta ish yoki pullar bilan bog'liq bo'lishi shart emas — filmlar, qo'shiqlar va boshqa mavzularga bag'ishlangan qiziqarli viktorinalarda ishtirok eting.

 

 

 

Boshqalar bilan bellashing

 

TBC Stars dasturida biz siz uchun yetakchilar jadvali ko'rsatib boriladigan sinovlar hozirladik.

 

Vaqti-vaqti bilan biz vazifalar berib boramiz, bunda qatnashchilarimiz turli sinovlar orqali munosabat bildirish va qiziqishlarini namoyon etish borasida boshqalar bilan bellashgan holda jadvalda yuqorilab boradilar. Birinchi o'ringa chiqolgan qatnashchi qo'shimcha tarzda belgilangan noyob sovg'alarga ega bo'ladi.

 

 

 

Yulduzlar sari olg'a!

 

TBC Stars — bu shunchaki sodiqlik dasturidan kattaroq va muhimroq vosita. Bu biz tomonimizdan siz uchun tayyorlangan qiziqarli sarguzashtdir. Bu TBC Bank ni moliyaviy hamkor sifatida tanlaganingiz uchun sizdan minnatdorligimiz namunasi.

 

TBC Stars ga xush kelibsiz — aynan Siz ushbu sodiqlik dasturi markazidasiz! Hoziroq sarguzashtli sayohatingizni boshlang va tilaymizki, yulduzlar sizga katta foyda keltirsin.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish