Korrupsiya haqida xabar berish uchun aloqa liniyasi
Murojaat yuborishdan avval muhim ma’ lumot bilan tanishib chiqing!
“Korrupsiyaga qarshi kurashish” liniyasi elektron pochta va ishonch telefonidan iborat.
Bank oʻz faoliyatini vijdonan, professional, halol, axloqiy me’yorlarga rioya qilgan holda olib borishga intiladi. Shu sababli, Bankda Komplanes departamentining liniyasi joriy etilgan boʻlib, uning yordamida Sizning quyidagi holatlar haqida ma’lumot berish imkoniyatingiz mavjud:
- Bank xodimiga nisbatan firibgarlik va korrupsion sxemalardagi ishtiroki boʻyicha shubhalanish;
- Bank xodimi tomonidan bankning axloqiy me’yorlariga rioya etmaslik ehtimoli;
- Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvi;
- Bank xodimlari tomonidan qonunchilik talablariga amal qilmaslik ehtimoli;
- Bank xodimining bank manfaatlariga tahdid solishi, moliyaviy zarar yetkazishi yoki uning obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa turdagi nomaqbul xatti-harakatlar.
Komplaens departamentining liniyasi quyidagi shaxslar uchun joriy etilgan:
- Bank xodimlari;
- Bank mijozlari;
- Bank kontragentlari.
Mazkur liniya orqali kelib tushgan ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanadi. Murojaatda koʻrsatilgan masalalarni hal etish vakolatiga ega davlat organi yoki mansabdor shaxsga yuborish murojaatdagi ma’lumotlarni oshkor qilish hisoblanmaydi.
Kelib tushgan xabarlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash elektron pochtasi:
incident_compliance@tbcbank.uz
Elektron pochta orqali kelib tushgan barcha xabarlar O‘zbekiston Respublikasining 11.09.2017 yildagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ishonch telefoni:
+998 78 888 27 27