Jamg‘armalar bo‘yicha aksiya

Challenge: bahorgacha jamg‘arish

Yangi yil arafasida o‘zingizga chindan ham muhim bo‘lgan narsa uchun pul yig‘ishga va’da bering. Pul jamg‘arishni boshlang va biz sizni buning uchun mukofotlaymiz.

Ilovamizni yuklab oling
capital-one

Yangi jamg‘arma hisobini oching va uni BONUS500 deb nomlang. Yil oxirigacha uni to‘ldirishga ulguring va mablag‘ni 90 kun davomida saqlab turing. Hizoblangan foizlardan tashqari, bahor boshlanishiga qadar bizdan pul mukofotini ham qo‘lga kiritasiz.

Summa qanchalik ko‘p bo‘lsa, bonus ham shunchalik katta bo‘ladi:

null
To‘ldirish miqdori, UZS
Bonus, UZS
5 000 000 dan boshlab
100 000
10 000 000 dan boshlab
200 000
20 000 000 dan boshlab
500 000

Jamg‘arma hisobi - pul yig‘ishni boshlashning oson va tushunarli usuli. Yillik 18% foiz stavkasi mablag‘laringizni inflyatsiyadan himoya qiladi. Daromad har kuni hisoblanib, har oyda kartangizga o‘tkazib beriladi. Hisobni istalgan paytda to‘ldirish va undan pul yechib olish mumkin, bunda foizlar yo‘qotilmaydi.

1) Agar siz hali bankning mijozi bo‘lmasangiz, TBC UZ ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting.
2) "Omonatlar" bo‘limida jamg‘arma hisobraqamini tanlang va uni "BONUS500" deb nomlang.
3) Ushbu hisobni yil oxirigacha kamida 5 000 000 so‘mga to‘ldiring.

Barcha shartlarni bajarganingizdan so‘ng, ishtirokchiga aylanganingiz haqida xabarnoma olasiz.
Bu mablag‘ni 90 kun davomida saqlab turing va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartangizga bonus oling!

Biz sizni bu jarayonda rag‘batlantiruvchi xabarlar bilan qo‘llab-quvvatlab boramiz

2024-yil 2-dekabrdan 31-dekabrgacha.

Aksiyada bankning ham yangi, ham joriy mijozlari qatnashishi mumkin. Asosiysi, yangi hisob ochish paytida sizda faol jamg‘arma hisobraqami bo‘lmasligi kerak.

Albatta, agar shartlarni bajarsangiz, 5 tagacha yangi jamg‘arma hisobraqamini ochishingiz va har biri uchun bonus olishingiz mumkin.

Aksiyada faqat BONUS500 nomli hisobraqamlar ishtirok etadi. Nom lotin alifbosida, katta harflar bilan va qo‘shib yozilganiga ishonch hosil qiling.

Siz jamg‘armani kamida 90 kun davomida faol saqlashingiz kerak. Agar shartlar bajarilsa, bonus 10 kun ichida hisobingizga o‘tkaziladi.

Biz 90 kunlik eng kam o‘rtacha balansingizni tekshiramiz. Aytaylik, bugun siz hisobingizni 10 000 000 so‘mga to‘ldirdingiz va 200 000 so‘mlik bonus olmoqchisiz. Biroq, ertaga sizga hisobingizdan 3 000 000 so‘m yechib olish kerak bo‘ldi. Omonatda 7 000 000 so‘m qoldi va demak, siz hali ham 100 000 so‘mlik bonus olishingiz mumkin, chunki
balansingiz 5 000 000
so‘mdan yuqori. Biroq, aksiya tugaganida eng kam balansingiz 5 000 000 so‘mdan kam bo‘lsa, bonus ololmaysiz.

Chellenjda qatnashing va jamg‘armalaringiz uchun bonuslar oling!

Shartlarni aksiya ofertasida batafsil ko‘rib chiqing.