Yangiliklar ro‘yxatiga qaytish
14 сентябр 2022
TBC Bank mahsulotlari

TBC Bank'ning HUMO kartalaridan Gruziyada foydalanish mumkin

HUMO

TBC Bank HUMO so'm kartalari bilan Gruziyada to'lov qilish imkoniyatini ishga tushirdi. Endi bank mijozlari ushbu mamlakat bo'ylab sayohat qilganlarida, sarf-xarajatlarini TBC Bank'ning terminallari orqali to'lashlari mumkin. Shuningdek, ular tarmoq bankomatlarida naqd pulda valyuta yechib olish imkoniyatiga ega.

Joriy yilning may oyida TBC Bank Uzbekistan va Milliy banklararo protsessing markazi o'rtasida  HUMO kartalariga Gruziyada xizmat ko'rsatish bo'yicha loyihani ishga tushirish to'g'risida kelishuvga erishilgan edi. HUMO kartalarining innovatsion platformasi ularni xalqaro bank tizimlariga osonlik bilan integratsiya qilib, amal qilish geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu loyiha mijozlar tajribasini yaxshilashga yordam beradi – TBC Bank'ning HUMO kartalari nafaqat O'zbekiston ichida, balki mamlakat tashqarisida ham yanada keng qamrovli va qulayroq bo'ldi. Kartaga TBC UZ ilovasida buyurtma berib, uch ish kuni ichida uni qo'lga kiritishingiz mumkin.