Yangiliklar ro‘yxatiga qaytish
22 апрел 2025
TBC Bank yangiliklari

TBC Uzbekistan xizmatlar doirasini kengaytirib, kichik va o‘rta biznesni kreditlashni yo‘lga qo‘ymoqda

Toshkent, O‘zbekiston — 2025-yil 23-aprelMarkaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi bo‘lgan TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes (KO‘B) uchun onlayn kreditlash xizmati ishga tushirilganini e‘lon qildi. Yangi kredit mahsuloti 2024-yil dekabr oyida taqdim etilgan TBC Business xizmatini kengaytiradi. TBC Business — O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes uchun birinchi to‘liq raqamli bank xizmati.

 

TBC Business xizmati mijozlari to‘liq raqamli rasmiylashtirish orqali uch yilgacha muddatga va 300 million so‘mgacha (taxminan 23 ming AQSh dollari) bo‘lgan qisqa muddatli biznes kreditlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kreditlash dasturi avval cheklangan tarzda ishlaydi, keyinchalik esa barcha KO‘B mijozlariga taqdim etiladi.

 

Ushbu faoliyat kichik va o‘rta biznes uchun kapitalga kirishni sezilarli darajada o‘zgartiradi va osonlashtiradi, bu esa tadbirkorlarga o‘sish salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. TBC Business raqamli kreditlari garov, kafillar yoki murakkab hujjatlarni talab qilmaydi. Kredit shartlari va miqdori O‘zbekiston moliya sektorining keng ma’lumotlari asosida TBCning o‘zini baholash, skoring va anderrayting texnologiyalari yordamida avtomatik ravishda onlayn tarzda hisoblab chiqiladi. Kreditni tezda tasdiqlash va ajratish muddati bilan ajralib turadigan ushbu TBC mahsuloti O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishda yangi standartni belgilaydi. Biznes mijozlar atigi bir necha daqiqada ariza topshirib, kredit olishlari mumkin bo‘ladi.

Nika Kurdiani, TBC Uzbekistan bosh direktori:
Biznes uchun mahsulotlar qatorini kengaytirish orqali biz O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlarni takomillashtirishni va mintaqada yetakchi raqamli bank ekotizimini rivojlantirishni davom ettirmoqdamiz. TBC Business bank xizmatining muvaffaqiyatli ishga tushirilishidan so‘ng, biz kichik va o‘rta biznes mijozlariga onlayn kreditlashdan tez va qulay foydalanishni taklif qilishdan mamnunmiz. Kichik va o‘rta biznes O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning tobora muhim omiliga aylanib bormoqda va biz mahsulotlarimiz qatorini kengaytirish va mavjud resurslar hajmini oshirish orqali uning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaymiz.

2025-yilda O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesga ajratilgan kreditlar umumiy kredit portfelimizning salmoqli qismini tashkil etishini kutamoqdamiz. Buni TBC Business ishga tushirilgandan keyingi dastlabki natijalar ham, KO‘Bni onlayn kreditlash segmentidagi sezilarli qondirilmagan talab ham tasdiqlaydi.

Kichik va o‘rta biznes uchun yangi kredit yechimining ishga tushirilishi 18,4 million noyob ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga ega TBC Uzbekistan raqamli bank ekotizimining mahsulot qatorini to‘ldiradi. O‘tgan yili TBC Business xizmati bilan bir qatorda TBC Uzbekistan Osmon Card kredit kartasi va Salom Card debet kartasini taqdim etdi. Ushbu mahsulotlar allaqachon yangi mijozlar segmentlarini qamrab olish va foyda manbalarini diversifikatsiya qilishning asosiy vositalariga aylandi va KO‘B onlayn kreditlashni boshlash bu jarayonni yanada tezlashtiradi.