TBC Bank Uzbekistan responsAbility bilan tuzilgan yangi kredit shartnomasi

TBC Bank Uzbekistan responsAbility bilan tuzilgan yangi kredit shartnomasi bilan barqaror rivojlanish sohasida o‘z mavqeini mustahkamlaydi.
TBC Bank Shveytsariyaning yetakchi aktivlarini boshqaradigan responsAbility Investment AG kompaniyasi bilan 10 million dollarlik kredit shartnomasini imzoladi.
Investitsiyalar TBC Bank’ning kredit portfelini ko‘payishiga yordam berib, uning barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilaydi.
“ResponsAbility bilan ikkinchi shartnomaning tuzilishi bankimiz uchun shunchaki strategik qadam emas, bu bizning biznes va moliyaviy inklyuzivlikdagi o‘rnimizni tasdiqlaydi. Ushbu hamkorlik nafaqat bankning bozordagi mavqeini mustahkamlaydi, balki aholining barcha qatlamlari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha rejalarimizni samarali amalga oshirishga yordam beradi”, — deb izoh berdi TBC Bank boshqaruvi raisi Spartak Tetrashvili.
Ta’kidlash joizki, kredit milliy valyutada beriladi, bu esa biznesning o‘sishi va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi.
Bu TBC Bank uchun nimani anglatadi:
- kredit portfelining kengayishi: bank jismoniy shaxslar uchun ko‘proq kredit mahsulotlarini taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
- barqaror rivojlanish: investitsiyalar bankning yanada rivojlanishiga yordam beradi;
- bozordagi mavqeini mustahkamlash: responsibility bilan hamkorlik bank va uning strategik yo‘nalishiga bo‘lgan ishonchni tasdiqlaydi.