“TBC Bank” ATB omonatlari boʻyicha tariflarning oʻzgarishi toʻgʻrisida xabarnoma
1) 21 iyundan so‘mda yangi muddatli omonat ochishda mijozlarning TBC Bank kartalariga omonat summasining 3 % taqdim etiladi.
Bank Omonatchiga omonat summasining 3% oldindan to‘laydi, keyinchalik u omonat muddatining oxirgi oyida to'lov summasidan qayta hisoblanadi.
Qolgan oylar uchun foizlar har oy Omonatchining istagiga binoan Bankda ochilgan istalgan hisob raqam, Bankda ochilgan bank yoki virtual kartaga to‘lanadi.
Omonatlar vaqtidan oldin yopilganda, omonat bo'yicha to'langan va hisoblangan foizlar ham muddatidan oldin yopilish stavkasiga muvofiq qayta hisoblanadi.
2) AQSh dollarida muddatli va muddatli to‘ldiriladigan omonatlar bo‘yicha foizlarni hisoblash shartlari ham qo‘shildi.
Tariflardagi tegishli o'zgarishlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: tariflar