Yangilangan sana 10 декабр 2024

Kalkulyator
1 USD = 13700 UZS

USD
USD
UZS
Valyuta kursining dinamikasi
  • Yil
  • Chorak
  • Oy
  • Hafta
  • 3 kun

  • MAX 0
  • MIN 0
  • AVG 0
Bugungi globallashuv davrida dollar kursi mamlakatimiz aholisininkundalik hayotiga ta'sir o'tkazadigan muhim faktor hisoblanadi.

“100 dollar kursi bugun”, “kurs dollar uz”, “100 dollar kursi bugun Toshkent” kabi jumlalar internet tarmog'ida o'zbekistonliklar tomonidan juda ko'p izlanadigan so'rovlar qatoriga kiradi. Keling, dollar kursi va uning o'zgaruvchanligi hayotimizda qanday aks etishini misollarda ko'rib chiqamiz.

Dollar kursi va import tovarlar narxining oshishi
Dollar kursining o'zgarishi birinchilardan bo'lib import tovarlar narxiga ta'sir qiladi.

Elektronika, kiyim-kechak, texnika va chet eldan olib kelinadigan boshqa ko'plab mahsulotlarning bahosi sezilarli darajada oshadi. Bu esa, o'z navbatida, aholining kundalik xarajatlariga ta'sir ko'rsatadi va oilaviy byudjetni qaytadan shakllantirishga undaydi. Dollar kursi oshib, narx-navolarga ta'sir o'tkazsa, ko'plab kishilar yangi iqtisodiy muhitga moslashish uchun boshqa daromad manbalarini izlashga majbur bo'lishi mumkin.

Dollar kursi va turizm
Dollar kursi aholining sayohat qilish imkoniga ham ta'sir o'tkazishi aniq.

Masalan, 100 dollar kursi bugun 13 000 so'mni tashkil qilsa va ertaga u birdaniga 20% ga oshsa, valyutada ish olib boradigan sayyohlik agentliklari xizmatlar narxini qaytadan ko'rib chiqishga majbur bo'lishi mumkin. Dollar kursi sabab chet elga sayohat narxlarining oshishi turistik faollikni susaytirishi turgan gap. Biroq, dollar kursi qancha baland ko'tarilsa, ichki turizm rivojlanishi uchun shuncha ko'p stimul paydo bo'lish ehtimoli bor. Chunki mamlakat bo'ylab sayohat qilish iqtisodiy jihatdan jozibaliroq bo'lishi mumkin.

Dollar kursi va inflyatsiya
Dollar kursi bugun inflyatsiya darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsata oladi.

Dollar kursi o'sishi va buning import tovarlar narxiga ta'sir ko'rsatishi mamlakat bo'ylab umumiy qimmatlashuvga olib kelishi mumkin. Bu esa, o'z navbatida, fuqarolarning xarid qilish qobiliyatida aks etadi, chunki narx-navolarning yoppasiga oshishi sharoitida maoshlarning samardorligi ham kamayadi.

Davlat qanday choralar ko'rishi mumkin?

Dollar kursining o'zgaruvchanligi sharoitida vaziyatni barqarorlashtirish bo'yicha davlat tomonidan, jumladan, quyidagi chora-tadbirlarlar ko'rilishi mumkin: dunyo moliya bozorlarini tahlil va monitoring qilish, makroekonomik siyosatni boshqarish, byudjet bilan ishlash, qarzlarni nazorat qilish va fiskal siyosatni idora qilish.

O'z vaqtida ko'rilgan samarali choralar dollar kursi oshishi bilan bog'liq vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi. Davlat organlari turli moliyaviy vositalar yordamida milliy valyuta turg'unligini ta'minlashga va dollar kursidagi o'garishlarning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sirini kamaytirishga intiladi.

Biz qanday qanday choralar ko'rishimiz mumkin?
O'zagruvchan dollar kursi sharoitida fuqarolar o'z mablag'laridan samarali foydalanish maqsadida bir qator chora-tadbirlar ko'rishlari mumkin bo'ladi.

Birinchi navbatda shaxsiy byudjetni nazorat qilish, xarajatlarlarga alohida e'tibor berish tavsiya etiladi. Bu esa tovar va xizmatlarning o'zgarishiga bardoshliroq bo'lish imkonini beradi.

Bundan tashqari, barqaror aktivlarga sarmoya kiritish imkonini ham ko'rib chiqish mumkin. Masalan, oltin yoki ko'chmas mulkka sarmoya kiritish orqali mablag'larni dollar kursi o'zgarishidan himoya qilish mumkin. Shuningdek, yangiliklar va iqtisodiy trendlarni kuzatgan holda moliyaviy bilimlarni oshirib borish ham muhim. Ushbu harakatlar fuqarolarga kerakli qarorlar qabul qilish va iqtisodiy muhitga ko'nikishga yordam beradi.

Xulosa:

Yakunda shuni ta'kidlash mumkinki, dollar kursining kundalik hayotga ta'sirini anglab yetish to'g'ri moliyaviy qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Moliyaviy savodxonlik, alternativ yo'llarni izlash va byudjetni to'g'ri rejalashtirish bunday sharoitda muhim omilga aylanadi.