...ekologik toza kiyim ishlab chiqarish va shu bilan moda sanoatidagi noto'g’ri yondashuvlarni o'zgartirish muhim bo'lib qoldi
Loyiha Amarta Media tomonidan TBC Bank Uzbekistan ko'magida amalga oshirildi
Mind The Shop – Tbilisida joylashgan konseptual do'kon. Bu yerda asosiy e'tibor o'zbek to'qimachilik materiallaridan tayyorlangan interyer buyumlari va an'anaviy kiyim-kechakka qaratilgan. Do'konda to'qimachilik mahsulotlari, qo'lda naqsh solingan keramika, oynalar, buyumlarni saqlash uchun qutilar, dekorativ shamlar hamda ildizi o'zbek va gruzin madaniyatlariga borib taqaladigan turli predmetlar taqdim etilgan.
Do'kon asoschisi Anano Abdushelishvili san'at tarixi bo'yicha bakalavr darajasini qo'lga kiritganidan keyin modani boshqarish yo'nalishida magistr darajasiga erishgan. Uning tashabbusi bilan moda haqida Fashioneduhub ta'lim platformasi yaratilgan.
Ananoning shaxsiy tajribasi, kasbi va individualligi Mind The Shop konsepsiyasining bir qismiga aylandi. Ushbu do'kon san'at, moda va madaniyatdagi xilma-xillik birikmasini aks ettiradi. Bundan ancha yil oldin Anano diplomatik missiya tarkibida bo'lgan otasi bilan birga O'zbekistonga keladi. Mamlakatda bir necha yil yashab, Anano o'zbek madaniyatiga ko'ngil qo'yadi va uning o'ziga xosligi va noyobligiga shaydo bo'ladi. Bugun O'zbekistonning Gruziyadagi madaniy elchixonasiga aylangan Mind The Shop do'koni Ananoning o'zbek san'ati va hunarmandchiligiga bo'lgan muhabbatining jonli timsoli deyish mumkin.
Do'konda taqdim etilgan mahsulotlar barqaror modani ilgari surishga yo'naltirilgani va uning muhimligini belgilashi diqqatga sazovor.
2020-yil barchamiz global pandemiya sharoitiga moslashishimiz va ko'p vaqtimizni yopiq binolarda o'tkazishimizga to'g'ri keldi. Uyda o'tirganimda o'ziga xos kuzatuvlar natijasida kiyim-kechak va interyer buyumlarini o'z ichiga olgan do'kon yaratish g'oyasi paydo bo'ldi. Shuningdek bu ommaviy ishlab chiqarish mahsulotlaridan qutulishga yordam berardi. Chunki iste'molchining psixologiyasi o'zgargan, odamlar hozir noyob, asl nusxasiga xos buyumlarni izlaydi. Shuning uchun men Mind The Shop do'konini yaratishga qaror qildim.
Men bolaligimdan o'zbek madaniyatini qadrlayman, chunki hayotimning asosiy qismi O'zbekistonda o'tgan. Ushbu mamlakat boy madaniyati bilan boshqalarda qiziqish uyg'otadi. O'zbek hunarmandchiligining tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu yerda paxtadan to'qimachilik mahsulotlari, jumladan maftunkor ko'rinishga ega gilamlar tayyorlanadi, shuningdek an'anaviy sharq naqshlari bilan bezalgan keramika ishlab chiqariladi.
Biz bir-birimizga juda o'xshashmiz, deb o'ylayman, biroq o'zbek madaniyati ko'proq Osiyoga mansubroq, bu millatning ijodida ham aks etgan. Ustachilikni oladigan bo'lsak, ushbu sohada yo'nalishimiz bir xil. Shuningdek biz Kaxetiya, Tushetiya va Xulo o'lkalarida gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish qadimiy an'analarini saqlab qolganmiz. Ushbu noyob mahsulot mahalliy bozorda boshqa mamlakatlardagi kabi qadrlanmaydi, deb o'ylayman. Har birimiz qo'l mehnatining qadrini tushunib yetishimiz va bunday mahsulotlarni xarid qilishimiz kerak.
Ushbu nom mening Londonda yashagan davrim bilan bog'liq. Men har kuni metroda «mind the gap» jumlasini eshitar edim. Do'konim faqat gruziyaliklarga emas, balki chet ellik xaridorlarga ham xizmat ko'rsatishini inobatga olib shunday nomni tanladim. Etnografik to'qimachilik mahsulotlari xalqaro bozorda ancha ommabop.
Bolaligimdan beri o'zbek madaniyati menga katta ta'sir o'tkazgan. Hozirgacha oilamning yarmi O'zbekistonda yashaydi. Gruzin va o'zbek madaniyatlari solishtirilsa, hunarmandchilik va ishlab chiqarishdagi o'xshashlikni ko'rish mumkin. O'zbekistonda to'qimachilik keng rivojlangan, mamlakat o'zining ko'rkam an'anaviy matolari bilan mashhur. Va ushbu an'ana yo'qolmaydi, degan umiddaman. O'zbekistonda paxta qayta ishlanadi, shuning uchun u yerdagi mahsulotlar ekologik toza hisoblanadi hamda axloqiy normalarga mos ravishda ishlab chiqariladi. O'zbek to'qimachilik mahsulotlarining go'zalligi va tarixi hayratlantiradi va katta qiziqish uyg'otadi. Oxirgi yillar ekologik toza kiyim ishlab chiqarish va shu bilan moda sanoatidagi noto'g’ri yondashuvlarni o'zgartirish muhim bo'lib qoldi.
Asosan interyer buyumlari, kashtachilik mahsulotlari, plakatlar, tabiiy matolar, dekorativ shamlar va kiyim-kechak taqdim etilgan. Tez orada mahsulotimiz dizaynining konsepsiyasini ishlab chiqamiz.
Dastlab biz oynalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydik. Ushbu mahsulot turli shakllarda ishlatiladi. Masalan, bizda Gruziyadagi barcha madaniy binolarni birlashtirgan me'moriy to'plam mavjud.
O'zbekistonda Marg'ilon degan qadimiy shahar bor. Ushbu shahar mamlakatning milliy matolar ishlab chiqarish markazi hisoblanadi. To'qimachilik mahsulotlarini yaratish amaliyoti bu yerda juda qiziqarli va ko'p bosqichli jarayonni o'z ichiga olgan. Barchasi ipak qurti yetishtirishdan, ya'ni ipakni ajratishgacha tayyorlash jarayonidan boshlanadi. Keyin bog'langan iplarga bo'yoq surtiladi, oxirida iplar to'g'rilanib, mato tikiladi. Bunday mahsulotni tayyorlash ancha mehnatni talab qiladi.
Meni bunda ma'lum bir narsa ilhomlantirmagan. Kundalik taassurotlar va hissoyotlar ham kishiga ilhom bag'ishlashi mumkin. Shuningdek bunda san'at hamda gruzin xalqi merosi katta ahamiyat kasb etgan. Bundan tashqari, sayohatlarim paytida muzey do'konlariga tashrif buyurganim ham muhim ilhom manbai bo'lib xizmat qilgan. Ko'plab turdagi g'aroyib tovarlar taqdim etilgan bunday do'konlarda har bir sotiladigan mahsulot sinchkovlik bilan tanlab olinadi. Bundan tashqari, Gruziyada original sovg'a tanlash murakkab masala, lekin etnik elementlar bilan bezalgan noodatiy buyumlarga bo'lgan talab yuqori. Shuningdek eski gruzin keramikasi va gilamlari haligacha ommabop ekani meni quvontiradi. Yana bir ilhom manbai – bu sovet ijtimoiy san'ati (sots-art) va mozaika.
Dastlab men oyna tayyorlashni boshladim, biroq ishlab chiqarish jarayoni biroz muammoli bo'lib chiqdi. Oyna shakli uchun talab etiladigan aniqlikka erishish qiyin. Shunga qaramay, men, nihoyat, ishlab chiqarish osonroq bo'lgan joyni topdim. Umuman olganda, mahalliy darajada ishlab chiqarishda muammolar bor, biroq Gruziyada bu yo'nalishda imkoniyatlar bor, deb o'ylayman. Biz kelajakda Gruziyada mebel ishlab chiqarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqdamiz.
Fotoloyiha JAM PROJECT tomonidan amalga oshirildi
Libos va rekvizit: Mind The Shop concept store / Model: Sofiya Zotova / Soch turmagi: Viktoriya Gigiashvili / Makiyaj: Luchiya Devejiyeva / Gruziyadagi makiyaj instituti