"Ko`chalarda aylanib yurib, hech kim bu jigarrang devorlarning orqasida qiziqarli biror nima bo`lishi mumkinligini tasavvur ham qila olmaydi, lekin eshikni ochib u yerga kirishingiz bilan, hayrat ichida qolasiz!"
Asosiy yo`ldan Barakioniga, ya’ni sobiq Mutaxassislar ko`chasiga burilganingizdan so`ng, bir necha yuz metrlardan keyin eski Buxoro boshlanadi. Eski shaharga kiraverishda taksi haydovchilari odatda unga e’tibor bermasalar-da, taqiqlovchi yo`l belgisi mavjud va siz ikki qavatli xom g`ishtdan qurilgan uylar bilan o`rab olingan tor ko`chasi bor katta bo`lmagan maydonga kirib borasiz. Chap tarafdagi eshiklardan biri ochilib, u yerdan jilmayganicha yosh yigit chiqib keladi. Bu mehmonxona egasi Komil Qodirov va uning ushbu nomli butik mehmonxonasidir.
Biz gavjum, changli ko`chadagi kichik eshik orqali jannatga tushib qoldik: an’anaviy Buxoro uslubida bo`yalgan soya, salqinlik, oppoq qordek oq devorlar, balkonli katta o`yma ustunlar, g`isht bilan qoplangan hovli va boshqa ko`plab puxta o`ylanib chiqilgan manzara ko`cha bo`ylab eshik ortida qolgan, dunyodan tubdan farq qiladigan qulaylik va go`zallikni yaratadi.
"Bu yerda har doim shunday bo`lgan, uylarning tashqi ko`rinishi bilan ham hech qanday farqi yo`q edi, — deydi Komil, mehmonxona egasi-deyarli har bir uy xom g`ishtdan qurilgan bo`lib, bir oyna va bitta eshigi bor. Ko`chalarda aylanib yurib, hech kim bu jigarrang devorlarning orqasida qiziqarli biror nima bo`lishi mumkinligini tasavvur ham qila olmaydi, lekin eshikni ochib u yerga kirishingiz bilan, hayrat ichida qolasiz! Iqlim sharoitlari tufayli, inson ko`pincha o`z vaqtini uyda, ichki hovlida o`tkazgan, shuning uchun uyni iloji boricha estetik, qulay va egasi hamda mehmonlarga zavq ulashuvchi maskan sifatida yaratishga harakat qilgan".
“Komil” nomli butik-mehmonxona 2001 yil ochilgan. Komilning onasi ular uyining bir qismini mehmonxona faoliyatini amalga oshirish uchun bergan, ikkita xonasini mehmonlar uchun jihozlagan.
"Onam boshqalar bilan eski uyimizning go`zalligini bo`lishishga qaror qildi va ikkita xonani mehmonlar uchun tashkil etdi. Biz hozir turgan uyni mening bobom 1949 yilda shu yerda yashab o`tgan va mol-mulkini musodara qilish qo`rquvi tufayli Buxorodan Afg`onistonga ko`chib o`tgan insondan sotib olgan. Men shu uyda yashab o`tganlarning uchinchi avlodiman. Biz o`z biznesimizni ochganimizda, ishlarimiz yurishib ketdi. Ma’lum bo`ldiki, ko`p mehmonlar asl, haqiqiy Buxoro uyida yashashni xohlar ekan.
Biz yil sayin biznesimizni kengaytirib bordik. Biz qo`shni hovlilarni sotib olib, ularga an’anaviy Buxoro ko`rinishini berishni boshladik. Xonalarning har biri qadimiy va asl uslubda bezatilgan bo`lib, qo`l bilan ishlangan o`ymakorlik va naqshlar bilan ko`rk berilgan. Xonalarga ushbu uslubdagi ichki bezak berish ancha qimmat bo`lib, ko`p vaqt talab etadi, lekin xarajatlarga qaramay, biz o`z maqsadimizdan og`ishmay faoliyatimizni olib bormoqdamiz. Biz uchun asosiysi - bu sifatdir. Mehmonxona mehmonlar uchun unutilmas maskan bo`lishini, sayyohlarimiz o`zini haqiqiy, eski Buxoroda his qilishlarini istaymiz.
Orqa hovlining orqasida joylashgan 19-asrdagi katta zal har doim mehmonlarni qabul qiladigan joy bo`lgan. Biz imkon qadar uning ichki ko`rinishini, bezak va naqshlarini saqlab qoldik hamda mehmonxonaning asosiy diqqatga sazovor maskani sifatida qoldirdik, lekin vazifasi o`zgargani yo`q - bizning mehmonlarimiz avvalgidek bu xonada nonushta va kechki taom tanavvul qilishadi.
Bu yerda har bir uyda ikkita ichki hovli bo`lgan, birinchi hovlida erkaklar va orqa hovlida ayollar yashagan. Ma’lumki, shariatga ko`ra, agar oilaga begona odam kirsa, u ayolning yuzini ko`rmasligi kerak bo`lgan – bu esa uylarimizning an’anaviy tarzda rejalashtirilganligini anglatgan. Derazalar ham doimiy tarzda ichki hovliga qaratilgan, ya’ni ko`rib turganingizdek, biz an’anaviy tartibni saqlab qolganmiz.
Avval bizda 2 ta xona bor edi, keyin 5 ta bo`ldi, keyin 12 ta, 18 tagacha oshdi ..., demak yigirma yil o`tgach, biz 36 ta xonani jihozladik".
2020 yil butun dunyo aholisi uchun qiyinchiliklar yili bo`lgani kabi Komil uchun ham eng qiyin yil bo`lib keldi. Foydalanilmay qolgan yer, sust rivojlanib qolgan turizm va bekor qilingan reyslar mehmonxona biznesining daromadlarini qisqartirib tashladi. Inqirozga qaramasdan, Komil to`xtamadi va bu vaqtni mehmonxonani ta’mirlash va kengaytirish uchun sarfladi.
"Ayni damda qanday vaqtda yashashimiz, yaxshi yoki yomonmi, muhim emas. Men to`xtamayman, xonalar sonini oshirib, mehmonlarimiz tushlik qilib, dam olishlari mumkin bo`lgan yana bir katta xonani qurdim. Bu xona butunlay oppoq bo`ladi, ko`zgular va an’anaviy bezaklar bilan bezatilgan bo`ladi. Bunday saroy haqida men afsonalarda o`qigan edim va buni amalga oshirmaguncha tinchlana olmadim. Umid qilamanki, yaqin kelajakda cheklovlar bekor qilinadi va mehmonxonamiz mehmonlar bilan to`ladi".
Nima uchun odamlar O`zbekistonga keladi - Komil Qodirovning fikri.
"Birinchi navbatda, Ipak yo`lida joylashgan uchta go`zal tarixiy shaharlar - Xiva, Samarqand va Buxoro shaharlarini ko`rish maqsadida. Ushbu shaharlar alohida o`ziga xos va ajoyib taraflari bor. Albatta, mehmondo`st bo`lgan o`zbek xalqi bilan tanishish kerak. Bu xalq o`z g`alabalari bilan mashhur. Bu yerda ko`plab asl mahsulotlarni, ya’ni gilam, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlarini, pichoqlar, qilichlar va boshqa ko`plab mamlakatlarda deyarli yo`q bo`lib ketgan, ammo hali ham bizda mavjud va barhayot bo`lgan boshqa temirchilik hunarmandchiligiga oid mahsulotlarni xarid qilish mumkin.
Shuningdek, taomga bo`lgan shinavandalik-chi? Bizda ajoyib oshxona mavjud, palov, kabob va yana ko`plab boshqa taomlar. Mening fikrimcha, ularni har bir inson tatib ko`rishi kerak. Bizning mevalarimiz eng mazali mevalardir. Bahorda -qulupnay va gilos, yozda - tarvuz, qovun, kuzda-uzum, yong`oq, o`rik va ming xil turdagi olxo`ri – shinavanda uchun yana nima kerak? Bizning muqaddas qadamjolarimiz, ziyoratgohlarimiz islomiy jamiyatda juda muhim o`rin egallaydi va biz ko`plab ziyoratchilarni qabul qilamiz".
Chiroyli uyidagi Komilning samimiy mehmondo`stligi bizning safarimizni yanada esda qolarli qildi. Har safar men Buxoro haqida o`ylaganimda, birinchi bo`lib Komil Qodirov va uning yoqimli oilaviy mehmonxonasi hayolimga keladi va men doimo Buxoroga qaytib borishni istayman. Ketayotib u bizga mana bu so`zlarni aytdi: “Sizlar kirib kelganingizda va men sizning yuzlaringizdagi his-tuyg`ularingizni ko`rganimda, shunaqa baxtiyor bo`lib ketdim. Bu bizni rag`batlantirib keladigan hissiyotlardir va shuning uchun biz mehmonxona va xizmatimizni doimiy ravishda takomillashtirib, eng yaxshi bo`lishga intilamiz. Baxtiyor mehmon - bizning baxtimizdir, bu esa hech qanday moliyaviy foyda bilan taqqoslanmaydi. Bu bizning hayot falsafamiz, shuning uchun biz Buxoroda yashaymiz".
“Komil” nomli butik-mehmonxona – O`zbekiston, Buxoroning Eski shahari, Barakioni, sobiq Mutaxassislar ko`chasi, 40-uy