Maydonning markazidagi haykal xuddi oʻzgarib turgandek, hamda ochiq kitob shaklidagi mehmonxona esa maydonni oʻrab olgandek va ekran sifatida foydalaniladi
Sovet davrida mehmonxonalar deyarli Toshkent shahrining asosiy joylarida qurilgan, masalan, Chorsudagi “Moskva”, Sh. Rustavelli va Sapyorniy koʻchalar kesishmasida “Rossiya” mehmonxonasi, Teatralniy koʻchada joylashgan “Toshkent” mehmonxonasi hamda sobiq Oktabr inqilobi, hozirgi kunda “Amir Temur” maydonida “Oʻzbekiston” mehmonxonasidir. Oxirgi ikkita mehmonxonaning, ehtimol, omadi bor desa boʻladi. “Moskva” mehmonxonasining hozirgi kunda quruq gavdasi qolgan boʻlsa, “Rossiya” mehmonxonasini yangilangan tashqi koʻrinishi sabab tanib boʻlmaydi, “Toshkent” va “Oʻzbekiston” mehmonxonalari qayta ta’mirlanganligiga qaramasdan ularni osongina tanishimiz mumkin.
Fotosurat: pastvu.com
Biroq, ulardan aynan, Toshkentliklar mehr bilan nomlaganidek, “Oʻzbekiston” yoki “Uzbechka” mehmonxonalari Toshkent binolarining orasida shaharning ramzi hisoblanadi, shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizning eng katta va eng sharafli bilbordlari sifatida qoʻllaniladi.
Koʻp-qavatli mehmonxona 1974 yilda TashZNIIEP me’morlari tomonidan loyihalashtirilgan, ulardan: I. Merport, L. Yershov, V. Roshupkin va V. Narubanskiy. "Oʻzbekiston" mehmonxonasi juda qulay loyihalashtirilgan boʻlib, xuddiki, bino baland podiumda viqor bilan nazar tashlab turganday, uning roʻparasida joylashgan maydonga toj kiydirayotgandek tuyuladi. Kitob koʻrinishidagi bino shaharning gʻarbi tomon yuzlanib turganday. Bunday taassurot dabdabani aks ettirib, aynan xorijlik mehmonlarni qabul qilishga juda qoʻl keladi.
Mehmonxona qurilishi, 1971. Fotosurat: mytashkent.uz
Mehmonxonaning 17-qavatida 930 ta xona mavjud boʻlib, u davr uchun juda muhim hisoblangan. Binoning sharqiy tomonida ikki qavatli kafe, banket zali va restorani bilan pastkina boʻlgan bino qurilgan. Undan tashqari, bu yerda hovuz va favvoralar bilan ichki hovli joylashgan. Bunday joyda yozning jazirama kunlarida mehmonlar dam olishlari mumkin. Bir soʻz bilan aytganda, “Oʻzbekiston” mehmonxonasi bir oyda minglab mehmonlarni qabul qilishga va xursand qilishga tayyor edi.
Koʻzga va kameralar obyektiviga tez tashlanadigan mehmonxonaning yana bir me’moriy xususiyatlaridan biri bu uning gʻarbiy tomonida bezak sifatida oʻrnatilgan quyosh nurlarini oʻtkazmaydigan panjaralardir. 1970-1980 yillarda Oʻzbekiston sovet me’morchiligida mashhur hisoblangan oʻzbek milliy panjaralarining zamonaviy koʻrinishga ega boʻlganligini tilga olish zarurdir.
Masalan, Lenin maydonidagi vazirlar oʻtiradigan bino ham shu kabi usulda loyihalashtirilgandir. “Oʻzbekiston” mehmonxonasida binolarning tashqi koʻrinishidagi salobatni aks ettiruvchi naqshlar bilan bezatilgan panjaralar doimiy va bir tekisda yaratilib kelingan.
Binoning orqa tomoni ham ma’lum bir ma’noni anglatib keladi. Kub shaklidagi restoran joylashgan tarafi bejirimgina betondan oʻrnatilgan soyabon aslida masofada qaraganda poydevordek koʻrinardi.
Alohida ta’kidlash joizki, mehmonxona ichki bezatish maqsadida eng yaxshi ustalar taklif etilgan. Mehmonxona zalining relyefli bezaklarini V. Chub tomonidan ishlangan, bardagi bezak “Kun va tun” avitraj usulida rassom I. Lipene tomonidan bajarilgan. Ushbu rassom Toshkent metrosidagi vitraj va qandillar ustida ham ishlagan. Kirish qismidagi ganch oʻymakorligi xalq ustalari tomonidan bajarilgan boʻlib, haykallar ifodalangan zinapoyalar bilan bezatilgan.
“Oʻzbekiston” mehmonxonasi xorijlik mehmonlarni kutib olish va dabdabali tadbirlarni oʻtkazish uchun foydalangan maskan boʻlgan. Misol uchun, bu yerda Osiyo, Afrika va Lotin Amerika mamlakatlaridan kelgan xalqaro kinofestival, ya’ni sovet dunyosida va ijtimoiy cheklovlarga xayrixohlik bildirgan mamlakatlarda muhim madaniy va siyosiy voqea hisoblangan festival mehmonlari yashashgan.
IX Xalqaro Osiyo, Afrika va Latin Amerika kinofestivali, 1986. Fotosurat: Tashkent Retrospective
“Oʻzbekiston” mehmonxonasi ta’mirlash jarayonidan oʻtdi va shu kunga qadar hali hamon mehmonlarni katta muvaffaqiyat bilan kutib olmoqda. Ayniqsa ichki koʻrinishini oʻzgartirganidan beri. Afsuski, juda koʻplab me’moriy san’at obyektlari yoʻq qilingan. Orqa hovlidagi soyabon ham olib tashlangan, lekin kirish qismiga koʻrimsizgina soyabon oʻrnatilgan. Xonalar bezagi yangilangan va standard ikki kishilik xonani bir kechaga 50 AQSh dollarga olish mumkin. Aynan nima uchun bu yerda toʻxtab oʻtish kerakligining asosiy sababi bu Toshkentning koʻrkam koʻrinishi, ayniqsa agar yuqoriroq qavatga joylashsangiz. Bar va restoranda doimiy ravishda turuvchilarga juda ham xursand boʻlishadi.
Maydonning markazidagi haykal xuddi oʻzgarib turgandek, hamda ochiq kitob shaklidagi mehmonxona esa maydonni oʻrab olgandek va ekran sifatida ma’lum xabarlarni, ya’ni vaksinatsiyaga chorlovchi, J.Kim reklamasini ask ettiruvchi, Oʻzbekiston gerbini tasvirlovchi ekran sifatida foydalaniladi.