11 март 2022

Qahramonlar hikoyasi - 013 - Ernest Kurtveliyev

Mazmuni
  • Muvaffaqiyatli loyihalar. Tijorat va ijodkorlikni qanday qilib bir vaqtda olib borish mumkin
  • Fotosuratlar insonga nimani anglata oladi?
  • Musiqa va teatr haqida
  • Fotosuratlar - kasbga bogʻliqligi. Birinchi olingan fotosurat va matbuotda e’lon qilinishi
  • Fotosuratchilar missiyasi haqida. Fotosurat xunuk taraflarni aks ettirishi kerakmi?
  • Oʻzbekistonda raqobat, hamkasblar bilan munosabatlar va mualliflik fotosuratlariga ehtiyoj toʻgʻrisida

Fotosurat - bu dunyoni anglash uchun bir vositadir

Ernest Kurtveliev – Oʻzbekistonning eng muvaffaqiyatli fotosuratchilaridan biri boʻlib, uning ishlari mamlakatimiz haqidagi nashrlar va jurnallar muqovalarini bezatib keladi. Uning loyihalari orasida mavjud: Podium Italia brendi, Elle jurnallari, Esquire Qozogʻiston, “Iqtisodiy tahlil”, “Uzbekistan Today”, “Ekologiya xabarchisi”, Anatomica, shuningdek, u Bella Terra jurnalining bosh fotosuratchisi ham. 

1

Ernest bilan tijorat va ijodkorlik borasidagi fikri haqida suhbatlashdik, nima uchun ijtimoiy loyihalarni suratga olishi, oʻz faoliyatini qanday boshlaganini, saksafon va kamera oʻrtasida tanlov qoʻyilganligi haqida gaplashdik. Intervyusida u fotosuratning mohiyati, fotografning vazifasi va haqiqatning salbiy taraflarini aks ettirishga arziydimi yoki yoʻqmi, mana shular haqida u oʻz fikrini bildirdi.  

2

Muvaffaqiyatli loyihalar. Tijorat va ijodkorlikni qanday qilib bir vaqtda olib borish mumkin

Sizning portfolioingizda Oʻzbekiston me’morchiligining koʻplab yorqin fotosuratlari borligi bilan bir qatorda siz tabiatni, hayvonlarni tez-tez suratga olasiz va ommaviy axborot vositalarida siz National Geografic fotosuratchisi sifatida tanilgansiz. Bu haqda batafsil ma’lumot bering. 

 

Baʻzan mahalliy ommaviy axborot vositalari meni shu tarzda ifodalaydi, lekin bu toʻgʻri emas. Men bir necha marta nashriyotga bu borada tuzatishlar kiritganman, biroq nima uchundir ular ba’zida shu tarzda meni nomlashni davom ettirishmoqda.

 

Aslida, National Geografic vebsaytida har bir fotosuratchi oʻz sahifasiga ega boʻlishi va fotosuratlar nashr qilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan sayt muharrirlari oʻz qarashlariga tayanib, eng qiziqarli ishlarni tanlaydilar va fotosuratchilar hamda saytning asosiy sahifasida ishlashlari haqida alohida xabarlar chop etadilar.

 

Va mening ishlarim ham bir necha bora bunday nashrlarda aks etgan. Lekin men National Geographic jurnalining fotosuratchisi emasman, shuning uchun mavjud boʻlmagan narsani oʻylab ham oʻtirmaslik kerak. 

3

Ehtimol, shu yoʻl bilan sizning maqomingizni va professionalligingizni koʻrsatishmoqchidur?

 

Buning uchun mening ishim va portfolio bor. Men eng yaxshi fotosuratchiman deb daʻvo qilmayman, men reytingda koʻtarilishga intilmayman. Men, ayniqsa, koʻrgazmali darslar  oʻtkazmayman, doimo el ogʻzida boʻlishga harakat qilmayman, kamdan-kam hollarda tanlovlarda ishtirok etaman, hatto koʻpincha doʻstlarim va hamkasblarim sabab ishtirok etishim mumkin.  


Bundan tashqari, Instagram sahifamni juda ham koʻp reklama qilmayman, garchi profilimni yanada faolroq targʻib qilish kerak boʻlsa-da. Agar men u yerda reklama loyihalarini joylashtirgan boʻlsam, faqatgina oʻzimga yoqqanlarini tanlab olganman. 

4

Siz dilga yaqin loyihalar bilan mutlaqo tijorat loyihalarini oʻrtasidagi farqni belgilay olasizmi? Katta foyda keltiradigan boʻlsa ham, qaysi loyihani rad etasiz? 

Albatta, bundan qochib boʻlmaydi. Lekin men oʻzimga umuman yoqmaydigan ishga qoʻl urmayman, vijdonimga qarshi ham yura olmayman. Baʻzi tijorat reklama loyihalari bor, bunday loyihalarni muvaffaqiyat bilan amalga oshiraman, lekin buni tijorat ham deya olmayman. Ular men uchun mutlaqo qiziq emas.

Ayniqsa, mijoz erkinlik berib turganida men bemalol fotosuratga olish mohiyati ustida ishlashim mumkin. Moliyaviy tarafdan tashqari ishda jamoa juda muhim oʻrin tutadi, shu bilan birga yana boshqa zarur shartlar, masalan safarga chiqish imkoniyati ijobiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.


Men koʻp yillar davomida oʻz faoliyatimni olib bormoqdaman va men uchun qiziq boʻlmagan ishdan voz kechishim ham mumkin. Koʻpincha meni yorqin fotosuratchi deb atashadi. Ha, men yorqin suratlarni qanday qilib olishni bilaman va baʻzan buni uddasidan ham chiqaman. Lekin bu mening kasbimning yagona tomoni emas. 


Mening ish tajribamda moliyaviy jihatdan foydali deb atalmaydigan loyihalar ham mavjud, ammo ular muhim va qiziqarli. Misol uchun, men Anatomica tibbiyot jurnalida ishlayman, u yerda muhim ijtimoiy mavzular, shifokorlar ishi, odamlarning hikoyalari yoritiladi. Misol uchun, biz VICh bilan yashayotgan qiz haqida ma’lumot berdik. Bu murakkab, ammo juda muhim hikoya edi. 


Yorqinlik oʻz yoʻliga – bu esa boshqa masala. 

5

Siz uchun eng muvaffaqiyatli yoki muhim boʻlgan loyihani nomini ayta olasizmi? Sizning ish faoliyatingizga hamda shaxsan oʻzingizga muhim boʻlgani.

 

Alohida bittasini ajratib koʻrsatish juda mushkul ish. Men faxrlanadigan ishlarim ham bor. 

 

Masalan, RIZOLLI Amerika nashriyotining “Islom arxitekturasi” kitobi uchun Samarqandda bir qator yodgorliklarni suratga olish imkoniga ega boʻldim. Frantsuz tilida ikkinchi nashrning muqovasida men olgan fotosurat aks etgan. Ikki karra yoqimli hissiyot bor edi menda, ya’ni nafaqat bu fotosuratni men olganim uchun, balki Oʻzbekiston inshooti aks etganidan, chunki bu albomda butun dunyodagi barcha yodgorliklar jam boʻlgandi. 

 

2016 yilda “Oʻzbekistonga tashrif buyurish uchun 10 ta sabab” nomli kitob chop etildi va uning deyarli barcha sahifasida mening ishlarim ask etgandi. Taqdimot London va Moskvada boʻlib oʻtdi. Bu nafaqat yutuqlar desa boʻladi, balki mening mahoratimning tasdigʻidir, ijodkorlik natijalaridir. 

6

Fotosuratlar insonga nimani anglata oladi?

Agar biz shaxsiy masalalar haqida gapiradigan boʻlsak, Sizga surat nima beradi va nima uchun bu faoliyat bilan shugʻullanishni boshladingiz?

 

Dastlab kasb tanlashda men fotosuratchilik haqida oʻylab ham koʻrmaganman. Men bu haqida yoshligimdan orzu ham qilmaganman. Yoshlik davrimni men musiqaga bagʻishlab oʻtkazganman. (Ernest saksafonchi va kasbi boʻyicha orkestr dirijyori). Ammo fotosuratlar sabab men sayohat qilaman, yangi maskanlarni kashf etaman, juda koʻp tadbirlar bilan tanishaman va eng asosiysi - bu insonlar bilan muloqot qilaman.

 

Men oʻz ishining ustasi boʻlgan va ajoyib insonlar bilan muloqot qilish sharafiga muyassar boʻlganman. Ulardan biri, masalan yaqinda vafot etgan arxeolog Edvard Rtveladze. Bu inson oʻz ishining ustasi hamda aqlli inson boʻlgan. Men u bilan qazilmalar maskaniga tashrif buyurib, intervyu uchun fotosuratlarni olganman. Keyinchalik biz doʻstlashdik. U meni har doim qoʻllab-quvvatlab kelgan. Ishlarim esa uning uyida muhim oʻrinni egallardi. Bunday doʻstlik men uchun juda qadrli.

 

Biz 90-yillarda tanishganmiz. Oʻsha vaqtlarda San’atshunoslik institutining quyi qavatlarida fotolaboratoriya boʻlar edi. Bu yerda nafaqat fotosuratchilar yigʻilardi, balki rassomlar, olimlar – oʻsha vaqtning intellektual elitasi. Bunday muhitga tushib qolib, men koʻp narsalarni oʻrganganman. Shunchaki muloqot, hatto kasbga oid boʻlmagan mavzular boʻyicha suhbatlashish men uchun juda qimmatbaho tajriba boʻlgan. 

 

Inson suratga olganda u atrof-muhitga boshqacha koʻz bilan qarashni boshlaydi. Avval e’tibor bermagan mayda-chuyda narsalarga ahamiyat berishni boshlaydi. Menda bir asosiy maqsad yoʻq, ya’ni bir zoʻr kadrni olish yangilik bilan tanishish va kuzatib borishni oʻz ichiga oladi.

7

Ya’ni, siz uchun rasm - bu ijodkorlik emas, balki dunyo bilan muloqot qilish shakli demakmi?

 

Aksariyat hollarda, ha, lekin butunlay emas. Menimcha, fotosurat va boshqa san’at turlari oʻrtasidagi eng muhim farq haqiqatga da’vo qilishdir. Fikrimcha, bu uning asosiy afzalligi va qiymati boʻlishi kerak. Fotosurat – bu haqiqatdir, lekin har bir fotosuratchining haqiqati boshqacha boʻlishi mumkin.  

 

Siz haqiqatni tasvirlaysiz, lekin kamera shunchaki uskunadir, haqiqat esa fotosuratchining nazarida aks etadi. Bu yerda hamma narsa muhim: rakurs, uskuna tugmasini oʻz vaqtida bosish, syujet – bularning hammasi ijodiy jarayon. Bir shaxs, obraz, peyzaj yoki predmet har bir fotosuratchi har xil qilib aks ettirishi mumkin.   

 

Surat insonga dunyoni yorqinroq emas, balki kengroq koʻrishga imkon beradi.  

8

Fotosuratni qayta ishlash ham ijodkorlikning bir tarafimi yoki haqiqatni buzishmi?

 

Bu haqda koʻp munozaralar mavjud. Biroq, bugungi kunda hech qanday ishlov berilmagan fotosurat umuman mavjud emas. Shunday mezonlar borki, ular toʻqroq/ochroq, yorqinroq/kontrastga boy kabi mavzular haqida aytib oʻtish joiz. Bunday harakatlar plenka bilan ham amalga oshirilgan.

 

Kadrlar bilan ishlash mushkulroq. Kadrlarni kesib tashlash uncha yaxshi fikr emas deb oʻylaydiganlar ham bor, chunki olingan suratdagi haqiqatni buzib koʻrsatish mumkin. Lekin bu yerda fotosuratchining asl maqsadiga bogʻliq. Ba’zan fotosuratchi aniq bir formatni koʻzlaydi, ammo texnik tarafdan buning imkoni yoʻqdek. Mayda muhim taraflarni ham inobatga olish kerak. Umuman olganda, qayta ishlash fotosuratchining vijdoniga bogʻliq.

 

Biroq, kadrdagi ortiqcha kerak boʻlmagan koʻrinishni olib tashlash bu maqsadga muvofiqdir, ammo fotosuratning asl mohiyatini oʻzgartirganimizda, ya’ni inson yuzlarini oʻzgartirib, obyektlarni qayta ishlaganimiz bu yaqqol yolgʻonchilik.

9

Musiqa va teatr haqida

Aytishingiz boʻyicha siz fotosuratchi boʻlishni orzu ham qilmagansiz va doimo musiqa bilan shugʻullangansiz. Nima uchun siz musiqachi sifatida oʻz faoliyatingizni davom ettira olmadingiz?

 

Men Ufa san’at maktabida oʻqir edim. U yerda ta’lim berish darajasi juda kuchli, nafaqat koʻnikmalar borasida, balkim muhit ham oʻzgacha. Bu maskan bitiruvchilari: Shevchuk, Zemfira, boshqa zamonaviy va dunyoga tanilgan ovoz rejisyorlari va musiqachilar.


Talabalik yillarimning ikkinchi bosqichida men musiqachi sifatida ishlay boshladim va teatrda (Aleksandr Kotning plastika va drama teatri) ovoz rejissyori boʻlib faoliyat yurita boshladim. Bu noodatiy teatr edi va turli xilma-xil tarkibga ega edi. Uning postanovkalarida rok, opera va pantomima aks etardi.


Bu men uchun juda katta tajriba edi va dunyoqarashimni butkul oʻzgartirib yubordi. Teatr notijorat maskan boʻlib, bizga oʻz ishlarimiz uchun toʻlanmasdi hamda biz oʻz mablagʻlarimizni unga tikar edi. Odamlar ishlar edi va kunduzi oʻqishar, kechalari boʻlsa oʻynardi. Biz buni oʻz xohishimizga koʻra amalga oshirar edik. Oʻsha vaqtda haqiqatda asl ijodkorlik hissi bor edi bizda.


Oʻzbekistonga qaytib kelganimda, avval guruhimni tuzmoqchi boʻldim yoki teatrimni ochmoqchi edim. Biroq bu yerda men oʻsha ijodiy muhitni topa olmadim. Ehtimol, men musiqa muhitida ijod qiluvchi insonlarni uchratmagandirman, axir men bu yerda 4 yil boʻlmadim. Bu yerda eng koʻpi bilan menda toʻylarda va qovoqxonalarda musiqamni namoyon etish imkoniyati bor edi. Oʻsha vaqtda men juda katta umidsizlikka tushib qoldim.

10

Shuning uchun ham men butunlay fotosurat sohasiga oʻtib ketdim. Bu soha umuman ijoddan keskin uzoqlashishni talab etmas edi va men bu sohada mustaqil edim.


Men musiqa bilan fotosuratga olish ishlarimni bir vaqtda olib bormoqchi edim, ma’lum vaqt bir guruhda faoliyat ham yuritdim, sumkamda doimo saksafon bilan yurardim. Ammo musiqa juda katta vaqt talab etardi. Men bir vaqtni oʻzida yetarlicha ikkisiga ham vaqt ajrata olmasdim. Va men tanlashimga toʻgʻri keldi.

 

Bir kuni Amerikadagi safarimdan keyin olingan suratlarimni namoyish etayotganimda, biz Amerika jazz kechasini tashkil etdik. Oʻsha vaqtda men mashq qilishni boshladim, biroq vaqtim kamligi sababli bu tadbirlarda ishtirok eta olmadim. Oʻylaymanki, hali yana bu mavzuga qaytishim ham mumkin.

 

Men musiqaga koʻp yillarimni bagʻishlaganman va hech ham bu haqida afsuslanmayman. U oʻchmas iz qoldirgan menda. Hali-xanuzgacha men Toshkentda uchrata olmagan sifatli ovozni uchratishni istayman.

11
13
14
3 Фото

Fotosuratlar - kasbga bogʻliqligi. Birinchi olingan fotosurat va matbuotda e’lon qilinishi

Qachon va qanday qilib birinchi fotosurat sizning hayotingizga kirib keldi va qanday qilib kasbingizga aylana boshladi?

Birinchi fotokameramni men chamasi 14 yoki 15 yoshimda qoʻlga olganman. Avval doʻstlarimni, qoʻshnilarmni suratga olar edim. Ammo bu juda qimmatga tushardi. Shuning uchun men boshida suratga tushmoqchi boʻlganlarni suratga olardim va ular materiallar xarajatlarini qoplay olardi.


Keyinchalik men Ufaga ketib qoldim va u yerda yotoqxonada yashaganman, mablagʻ doimo kerak boʻlgan. Sekin-asta konsert va tadbirlarni suratga olishni boshladim. Bosqichma-bosqich bu bilan pul ishlashimni tushunib yetdim. Aynan birinchi saksafonimni men mana shu yoʻl bilan topgan mablagʻga sotib olganman.


Vaqt oʻtib Toshkentga qaytdim, Institutga oʻqishga kirdim va shu bilan shugʻullanishni davom ettirdim. Talabalik yillarimning uchinchi bosqichida esa matbuotda ishlay boshladim. 

18

Gazetada birinchi bor chop etilgan fotosuratingizni eslaysizmi?

 

Bu taxminan 1992 yil edi. Fotosuratni 1991 yilgacha “Kommunizm tongi” deb atalgan Qibray gazetasi sotib olgan edi. Bu fotosuratni chop etishlari uchun men Toshkentga borgan edim, “Sharq” nashriyotiga, u yerda suratni qoldirib, bir haftadan keyin menga temir klisheni berishdi - ana oʻshandan poligrafiyaning oʻzida chop etish ishlari amalga oshirilar edi. 

19

Siz koʻplab nashriyotlarda faoliyat yuritgansiz. Bu qanchalik siz uchun foyda keltiruvchi boʻlgan va qoʻshimcha ravishda ishlagan kunlariz boʻlganmi?

 

Birinchi nashriyot bu 90-yillarda men hamkorlik qilgan “Yosh kuch” jurnali edi, keyinchalik “Ekologiya xabarchisi”, “Menejer”, “Prestij” va boshqa koʻplab nashriyotlarda ishlarim chop etilgan.


Aslida, bu juda manfaatsiz bir ish edi. Meni shtat xodimi sifatida ishga olishmas edi va ularga zarur holatlarda chaqirishardi. Bergan mablagʻlar esa sarflagan xarajatlarimni qoplamas edi. 90-yillarda ijod bilan bogʻliq kasblar kam haq toʻlanadigan edi.


Maktab va bolalar bogʻchalarida bayramlarni suratga oluvchi hamkasblarim menga qarab, hayron boʻlishardi. Qilayotgan ishimni tashlab, bu kabi tadbirlarda pul topishimni taklif qilishardi, chunki bunday tadbirlarda yaxshigina pul topish mumkin edi. Men harakat qilib koʻrdim, lekin bu ish men uchun emasligini tushunib yetdim.


Ikki yoki uch yil davomida men musiqa maktabida oʻqituvchi boʻlib ishladim va bir vaqtda suratlar ham olib turdim. Juda qiyin edi, sababi fotosuratga olish ancha vaqt talab etardi. Natijada, aynan mana shu sohada oʻz oʻrnimni topishga harakat qildim. Vaqt oʻtib fotosuratga olish bilan moliyaviy tarafdan foyda koʻra boshladim.

20

Fotosuratchilar missiyasi haqida. Fotosurat xunuk taraflarni aks ettirishi kerakmi?

Yorqin fotosuratchi boʻlganingiz uchun yoki turizm bilan bogʻliq otkritkalarni yaratganingiz sabab, yana boʻlmasam moliyaviy tomondan muvaffaqiyatli boʻlganingiz uchun sizga nisbatan hamkasblaringiz tomonidan pisand qilmaslik holatlari boʻlganmi?    


Albatta. Ba’zida misli koʻrilmagan oylik maosh olishim haqida ham gapirib turishardi. Ba’zida esa chiroyli otkritkalar yaratishim haqida ham eshitib qolardim. Ha, men bekitmayman ham, oʻz ishlarimni sotuvga qoʻyaman. Shu bilan men oʻzim bilgan va yaxshi koʻrib faoliyat yuritadigan ishim, kasbim orqali daromad olaman.


Otkritkalarimni sayohat agentliklari, nashriyotlar xarid qilishadi. Bu juda yoqimli daromad. Toʻyni suratga olish jarayonidan ancha farq qiladi. Men toʻylarda ham suratga olish jarayonlarida ishtirok etganman, lekin bu ancha oldin edi. Hozirgi kunda faqat eng yaqin doʻstlarim toʻylarini suratga olishim mumkin. Kundalik hayotimda esa bu bilan shugʻullanmayman. Aslini olganda, bu ishni mendanda yaxshiroq bajara oladigan studiya va hamkasblarim bor.


Menda ijtimoiy loyihalarim ham bor, ularni men ommaga koʻrsatmayman. Yurakni larzaga soluvchi mavzu va muammolarni suratga olishim mumkin, ammo ataylab bunday muammolarni qidirib ham yurmayman.

 

Lekin bu bundan avval aytgan fikrga qarama-qarshi emasmi? Fotosurat - bu haqiqat va mavjud borliqni aksi. Agar bir salbiy vaziyatni koʻrsangiz (ataylab qidirib topib emas), uni suratga olarmidingiz?

 

Aksincha, yoʻq. Bu men emas. Baribir men yanada koʻproq goʻzallikni koʻrishga intilaman. Ehtimol, menda dunyoni rang-barang tusda koʻrish istagi bor. Ba’zi fotosuratchilar, aksincha, boʻrtirib koʻrsatishga harakat qilib, ataylab salbiy tasvirlarni qidirib yurishadi.

 

Ammo, fikrimcha, bunday ishlar ham olinishi kerak. Shunday fotosuratlar ham borki, ular haqiqatimizning salbiy tomonlarini ham aks etib turadi. Hamma ham bunday suratga olishga jasorati yetmaydi. Eng asosiysi bu xohish. Men bunday hamkasblarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman va ular ishlarini hurmat qilaman.


Bunday fotosuratlarni tomosha qilishdan zavqlanib ham boʻlmaydi, ammo uning maqsadi boshqa, shunchaki vaziyatni oʻzgartisihdir. Mening maqsadim olayotgan suratimdan zavq olish.

 

Siz umuman suratga olmaydigan vaziyatlar ham bormi? Masalan, qandaydir axloqiy printsiplar sabab?

Men aniq ayta olaman, paparazzi yoki insonlar ortidan suratga olish faoliyati bilan umuman shugʻullanmayman. Bu juda xunuk ish. Fotosuratga olish koʻp qirrali faoliyat, juda koʻp yoʻnalishlar, janrlar mavjud. Tijorat, ijodkorlik, ijtimoiy loyihalar va hokazo.  Eng asosiysi, amalga oshirayotgan faoliyatimiz biron-bir insonga zarar bermasin.

21

Oʻzbekistonda raqobat, hamkasblar bilan munosabatlar va mualliflik fotosuratlariga ehtiyoj toʻgʻrisida

Oʻzbekistonda fotosuratchilar oʻrtasida kuchli raqobat mavjudmi?

 

Raqobat hamma joyda boʻladi, lekin bizda uncha avj olmagandek, goʻyo. Raqobat koʻpincha tijorat yoʻnalishlarida boʻlishi mumkin, ya’ni moda industriyasida, fudsyomkalarda, sayyohlik sohasida, maishiy va oilaviy foto sessiyalarda.


Lekin mualliflik fotosuratga olish ishlarida sustkashlik bor. Oʻzbekistondagi mijoz haligacha mualliflik fotosuratlarga ehtiyoji yoʻq. Hatto chiroyli suratlar haqida gap ketsa ham - murakkab badiy loyihalar haqida gapirmasam ham boʻladi. Bizda kamdan-kam mualliflik fotosuratlarni xarid qilishadi, masalan, uy bezagi sifatida.

22

Bu nima bilan bogʻliq deb oʻylaysiz?

 

Menimcha, bu madaniyatning umumiy pasayishi. Bu holat soʻnggi oʻn yillik ichida juda koʻplab insonlar koʻchib ketgani bilan bogʻliq deb oʻylayman. Ular asosan intellektual elita odamlari edi, ya’ni rassomlar, fotosuratchilar, olimlar. Sobiq Oʻzbekistonliklar, oʻzligini bu yerda topa olmaganlar, hozirgi kunda butun dunyo boʻylab yashab, oʻz faoliyatini yuritib kelishmoqda. Agar ular hozir shu yerda boʻlganlarida edi, mamlakatimiz madaniy hayotini boyitgan boʻlar edi. Bu esa, oʻz oʻrnida, san’atda oʻz aksini topadi.

23

Sobiq Ittifoq davriga qaytishni istaganlar fikri bilan hamfikrmisiz? Avvalgi davr yaxshi davr boʻlgan deb oʻylasizmi? Aslida, Sovet Ittifoqi davri haqida qanday fikrga egasiz?

 

Men yaxshi va yomon tomonlarini ajratmayman. Yaxshi tomonlari ham koʻp edi. Masalan, odamlar uchun barqarorlik va ishonch hissi bor edi - ertangi kun deganda. Biz bozor sharoiti borasida bosh qotirmasdik. Lekin televizorda Afrikada ochlikda yashayotgan bolalar haqida lavhalar, Gʻarb davlatlarida boʻlib oʻtgan ish tashlashlar toʻgʻrisida tomosha qilardik, shuningdek, chin dildan oʻzimizni baxtiyor insonlar deb hisoblardik.

 

Gap shundaki, biz temir parda ortida yashaganmiz. Biz koʻp narsani bilmas edik. Asarlarimiz qattiq nazorat qilinardi va ijodiy erkinlik umuman yoʻq edi. Sovet tizimi ziyolilarning barcha qatlamlarini yoʻq qildi. Shuning uchun ham, mening fikrimcha sobiq Sovet Ittifoqi bir xato deb hisoblayman.


Men qayta qurilish yillarida oʻqiganman va oʻsha davrda yashaganim uchun ham minnatdorman. Odamlar erkinlikni his qilishdi, ayniqsa bu ijodiy muhitga juda zarur edi: musiqachi va rassomlar uchun. Oʻsha vaqtda biz Sovet klishesidan va cheklovlaridan ozod edik, ammo bozor sharoitidagi bosimni oʻzimizda his qilmas edik. Oʻsha paytda biz haqiqiy ijod bilan shugʻullanardik. Bugungi kunda esa bunday ijod qilish imkoni yoʻq. 

24

Oʻzbekistonda bir nechta zamonaviy va siz qadrlaydigan fotosuratchilarni sanab oʻtasizmi? Sizga mualliflar sifatida yaqin boʻlmasa ham.

 

Buxorolik Aleksey Rudakov va Shavkat Boltaev ijodi meni juda hayratda qoldiradi, menga Buxorolik Anzor ishlari ham yoqadi. U oʻz oʻrnini topgan. Juda taniqli fotosuratchi – Aleksanr Shepelin, biz syujet va yondashuv jihatidan kesishmaymiz, lekin men uni usta sifatida qadrlayman. Umida Axmedova haqida ham aytib oʻtmaslikni iloji yoʻq. Biz butunlay turlicha faoliyat bilan shugʻullanmoqdamiz va uning barcha fotosuratlarini men tushuna olmasam kerak, lekin men uni jasorat uchun hurmat qilaman va uning muhim missiyasi borligiga ishonaman.  

25

©Fotosuratlar qahramonning shaxsiy arxividan olingan

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish