22 декабр 2021

Qahramonlar faoliyati - 010 - Taisiya Chursina

Mazmuni
  • Yutuqlari haqida
  • Kumirlari haqida
  • Orzulari yoki ambitsiyalari haqida
  • Oʻzbekiston va jahondagi trendlar haqida
  • Blis savol-javob

Jahonga mashhur brendlar bir-biriga oʻxshamaslikka, boshqalardan ajratib turadigan jihatga ega boʻlishga, betakrorlikka intiladi

 
 

Oʻzbekistonda modani nafaqat anʼanalar belgilab beradi. Zamonaviy modellar, uslub va bichimlar, innovatsion matolar, ergonomik detallar ham yurtimiz zamonaviy modasining bir qismi sanaladi. “Dom stilya”ning rassom-modelyeri, Tais&I brendi asoschisi Taisiya Chursinaning mutaxassisligi – unikallik, tabiiylik, shu bilan birga qulaylikni oʻzida jamlagan universal moda. Taisiya K.Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining 3-bosqichida oʻqib yurgan davridayoq oʻzining modelyer sifatidagi faoliyatini boshlagan. U Ozarbayjon, Qozogʻiston, Italiya, Rossiya va Ukrainadagi modalar namoyishlari va festivallarda ishtirok etib kelmoqda.

 

 

Yutuqlari haqida

Ozarbayjonda ayol dizaynerlarga bagʻishlangan festivalda toʻplamim bilan qatnashganimni soʻnggi yutuqlarimdan biri deb bilaman. Bu erkinlik va ijodkorlik ruhini, shu bilan birga ulkan madadni his qilishga yordam beradigan juda yorqin tadbir boʻldi. Ayni damda men oʻzimni Facebook va Instagram maydonlarida namoyon qilayapman. Albatta koʻplab qiziqarli koʻrgazmalarda ham ishtirok etdim: oxirgi marta men Fotosuratchilar uyida boʻlib oʻtgan “Moda: kecha va bugun” koʻrgazmasida qatnashdim. Hozir boʻlsa, men onaman, farzandim endi bir yoshga toʻladi va onalik men uchun birinchi oʻrinda. Shu boisdan hozircha faqat shinamgina shou-rumimiz ishlab turibdi: binoimiz anchayin kichkina boʻlgani uchun bizga dastlab qoʻngʻiroq qilib, keyin kelishadi. Har bir mijozimni shaxsan taniyman, men tomonimdan yaratilgan har bir libos kimga tegishli ekanini yaxshi bilaman. Ularning aksariyati unikal boʻlib, yakkayu-yagona ekzemplyarda yaratiladi. Ishlarimni taʼriflashga hojat qolmasligi kerak, ular oʻzi uchun oʻzi soʻzlashi lozim, deb hisoblayman. Baʼzi buyumlarni biz qoʻl mehnati yordamida yaratamiz. Toʻplamlarga keladigan boʻlsak, biz matodan kelib chiqib ishlaymiz. Bichim qanday boʻlishini aynan mato belgilab beradi, deb ayta olaman. Men turli fakturaga ega boʻlgan matolarni bir-biriga uygʻunlashtirishni xush koʻraman, yigirilgan iplar, shoyi bilan ishlayman.

 

Kumirlari haqida

Haddan ziyod ixlos qiladigan biror kumirim yoʻq. Ammo men ijodini kuzatadigan bir modelyer-dizayner bor, u ham boʻlsa Vivyen Vestvud. Uning ishlari menga juda qiziq.

 

 

Orzulari yoki ambitsiyalari haqida

Men uchun ijoddagi eng katta ambitsiyam – bu, albatta liboslarimni kiyishlari, brendimning xalq orasida tanilishi. Shu bilan birga, men doim liboslarim ajralib turishini istardim, men individuallikka intilaman.

 

Menga modadagi ekologiyaga gʻamxoʻrlik trendi, yaʼni eski matolar, qayta ishlangan plastik, second-handʻdan olingan liboslar detallarini ishlatish juda yoqadi. Biz bu trendga ergashgan holda bechiqit ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga harakat qilayapmiz. Biz barcha matolarni maksimum darajada ishlatamiz. Mening qoldiqlardan ishlangan koʻplab liboslarim mavjud. Biz mato parchalarini, qiyimlarni tashlab yubormaymiz, ulardan pechvorkda foydalanmiz.

Oʻzbekiston va jahondagi trendlar haqida

Jahonga mashhur brendlar bir-biriga oʻxshamaslikka, boshqalardan ajratib turadigan jihatga ega boʻlishga, betakrorlikka intiladi. Oʻzbekistonda esa, aksincha, yaqinlar bilan umumiy jihatlarga, oʻxshash uslubga ega boʻlish, masalan, mashhurlarga, dugona va boshqalarga oʻxshash trendi saqlanib turibdi. Moda olamida boʻlsa oʻz individualligini koʻrsatish va liboslari orqali oʻzini namoyon qilish muhim. Afsuski, jahondagi trendlar bizga ancha kechikish bilan yetib keladi. Biror yangilik dunyoda ommalashib boʻlgach, oradan oʻn yillar oʻtib, keyin yurtimizga kirib kelmoqda.

 

Blis savol-javob

Baxtning choʻqqisi nimada deb bilasiz?

Men uchun oliy baxt — katta va ahil oilam bilan sayohatga chiqish!

 

“Baxtsizlik” siz uchun nima?

Baxtsizlik — yaqin insoning bu dunyoni tark etishi!

 

Insonlarda hammasidan ham koʻproq qay fazilatni qadrlaysiz?

Samimiyatni.

 

Insonlar feʼlidagi eng yoqtirmagan kamchiligingiz qaysi?

Yukkiyuzlamachilik.

 

Qachon va qayerda siz har qachongidanda baxtiyor boʻlgansiz?

Oʻgʻlimni ilk bor koʻksimga qoʻyishgan damda!

 

Yer yuzida yashab oʻtgan istalgan inson bilan muloqot qilish imkoniyati boʻlganida, siz kimni tanlagan boʻlardingiz?

Xelena Bonem Karterni.

 

Ijodda sizning eng muhim ambitsiyangiz?

Oʻzimni toʻlaqonli namoyon qilish va albatta muvaffaqiyat qozonish.

 

Siz bilan vidolashuv marosimiga kelganlar siz haqingizda nima deyishlarini xohlagan boʻlardingiz?

Meni hamon yaxshi koʻrishlarini va toki hayot ekanlar meni yodda saqlashlarini aytishlarini istardim.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Ta'lim · 27 март 2025

Soxta xabarlar, klon saytlar: Fishing nima va firibgarlarning qarmog‘iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 март 2025

Hamyoningiz uchun moliyaviy yostiqcha: moliyaviy xotirjamlik sari 5 qadam

Oʻqish

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish