22 декабр 2021

Qahramonlar faoliyati - 003 - Otabek Sulaymanov

Mazmuni
  • «Stixiya» festivali, uning maqsadlari va Orolboʻyi mintaqasining rivoji haqida
  • Oʻzbekiston / jahondagi trendlar haqida
  • Blis savol-javob:

«Stixiya»- bu oʻlka rivoji yoʻlida resurslarni bir joyga jamlashdir

 
 

Sanʼat va ilm-fanga bagʻishlangan «Stixiya» festivali – elektron musiqa olamidagi shov-shuvli tadbir oʻlib, u har yili Orolboʻyi mintaqasida oʻtkaziladi. Festivalni oʻtkazish uchun aynan shu joy tanlanishida global ekologik muammo – Orol dengizining qurib borayotgani muhim omil boʻlib xizmat qildi. Mazkur festival gʻoyasini bergan inson – Toshkentlik taniqli didjey va tadbirkor Otabek Sulaymonov boʻlib, uning oʻzi «Stixiya»ni tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan. Otabek 2017-yilda tanishlariga «Stixiya» elektron musiqa festivalini tashkillashtirish borasida taklif beradi va oradan hech qancha vaqt oʻtmay mazkur festival zamonaviy madaniyat va andergraundning keng koʻlamli tadbiriga aylanadi.

 

 

oybek

«Stixiya» festivali, uning maqsadlari va Orolboʻyi mintaqasining rivoji haqida

Biz «Stixiya» festivalini koʻngilochar loyihadan Orolboʻyi mintaqasi va bu mintaqa yoshlari ravnaqiga qiluvchi instrumentga aylantirishga harakat qilayapmiz. «Stixiya» oʻzi qay maqsadda tashkil etilgan edi? Bu loyiha zerkib qolgandan, bekorchilikdan yuzaga kelmagan. Biz Festival mintaqadagi real hayotga qanchalik foyda keltirishini tushunganimizdan soʻng bu loyihaga qoʻl urganmiz. Moʻynoqda istiqomat qiluvchilar yilda bir marta musiqa va raqslar bilan uygʻunlashgan fusunkor hodisaning guvohiga aylanadilar. Va bu tadbir uchun dunyoning turli burchaklaridan katta auditoriya tashrif buyuradi. Bularning bari shov-shuv uchun yoki festival dong taratishi uchun emas, balki mintaqaga jamoatchilik eʼtiborini tortish maqsadida qilingan.

 

Soʻzsiz, «Stixiya» – bu sanʼat va musiqa festivali, ammo shunga qaramay, koʻngilxushlik elementi bu yerda eng orqa planda. Loyihamiz doirasida energoresurslardan oqilona foydalanish va barqoror rivojlanish kabi dolzarb masalalar yuzasidan keskin bahslar uyushtirildi. Atrof-muhitni himoya qilish tashabbusi doirasida bizga “Rosatom” tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan 5 000 ta koʻchat ekildi.

 

Maqsadlarimizdan biri 2030-yilga qadar festival mehmonlari sonini 30 mingga yetkazish. Festival auditoriyasiga maqsad va qadriyatlari bir boʻlgan ekspertlarni jalb qilishga harakat qilayapmiz. Odamlar “Stixiya”uchun minglab kilometr masofani bosib kelishmoqda, demak, biz toʻgʻri yoʻldamiz va bu bizni yanada ilhomlantiradi.

 

Hozirgi kunda «Stixiya» loyihasida doimiy asosda 10 kishi band boʻlib, ular keyingi festivalni qanday tashkillashtirish va loyihani yana bir daraja yuqoriga koʻtarish haqida tinmay bosh qotirishadi. Tadbirni oʻtkazish vaqti kelganda jamoamiz 50 kishiga yetadi –doim yordam berishga tayyor boʻlgan koʻngillilar safimizga qoʻshiladi.

 

Bu yili biz tadbirni bir soat ichida tugatishni rejalashtirgan edik. Ammo u 3 soatlik iventga aylanib ketdi. Biz yana festivalga Instagramda millionlab auditoriyaga ega boʻlgan Nina Kravetsni maxsus mehmon sifatida taklif qildik. Bu darajadagi opinion-liderlar tadbir koʻlamini yanada kengaytirish, yangi auditoriyani qamrab olish va Oʻzbekistondagi turizmni turli davlatlar yoshlari oʻrtasida ommalashtirish imkonini beradi.

 

oybek

Oʻzbekiston / jahondagi trendlar haqida

Hozirda butun dunyoda atrof-muhit muhofazasi masalalari dolzarblashib bormoqda. Bu masalalarga va ularning yechimiga eʼtiborni tortmay turib biz barqaror rivojlanishga erisha olmaymiz. Global ekologik muammolarni yechish yoʻlida musiqa va sanʼatning shunchalik qudratli instrumentga aylanishi biz uchun ham kutilmagan holat boʻldi. Va bu trend butun jahonda kuchayib bormoda, zero gap faqat Orolboʻyi haqida emas, butun dunyo haqida ketmoqda. Loyihamiz rivoj topib borar ekan, biz kreativ iqtisodiyot masalasi haqida oʻylab qoldik. Ishonamizki, jahon miqyosidagi masalalarni hal qilishda kreativ iqtisodiyotning salohiyati yuqori. U muhim muammolarga boshqa tomondan boqishga, yangi auditoriya eʼtiborini tortishga va diqqat qilinadigan masalalar koʻlamini kengaytirishga yordam beradi. Bizning festivalimiz – musiqiy loyiha mintaqa ravnaqi uchun mablagʻ toʻplash va aktual muammolar yechimini topishga xizmat qiladigan vositaga aylanishi mumkinligini koʻrsatib beruvchi yorqin bir misoldir. Bugungi kunda bunday loyihalar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanilmoqda.

 

Blis savol-javob:

Siz ideal festivalni qanday tasavvur qilasiz?


Men uchun ideal festival – bu dasturi yaxshi oʻylangan, ovoz tizimi aʼlo darajada boʻlgan xavfsiz va komfortabel ivent.

 

«Stixiya»ning oʻziga xos jihati nimada?


Oʻtkazilish joyi va oldiga qoʻygan maqsadida.

 

Bu tadbir kimga atalgan?


Yugur-yugurlardan bir oz chetlashgan holda madaniyatlar uygʻunlashuvi hamda progressiv musiqaga oshno boʻlishni istaganlarga.

 

Tadbir ishtirokchisiga aylanish uchun nima qilish kerak?


Roʻyxatdan oʻtish va Yer yuzidagi yetib kelish qiyin boʻlgan joylardan biri – Moʻynoqqa tashrif buyurish kerak.

 

«Stixiya»dan koʻzlanadigan 3 asosiy maqsad?


- Iqtidorlarni izlash va Moʻynoq shahrini taraqqiy ettirish.

- Insonning hozirgi kun va kelajakka taʼsirini oʻrganish.

- Oʻzbekistonning turistik salohiyatini oshirish.

 

Sizda «Stixiya»ga Yer yuzida yashab oʻtgan istalgan kishini taklif qilish imkoniyati boʻlganida, kimni tanlagan boʻlar edingiz?


BMT ning Iqlim oʻzgarishi muammolari boʻyicha vakili Leonardo Di Kaprioni

 

Ijodda sizning eng muhim ambitsiyangiz?


Festivalimizda Byorkning oʻzbek musiqiy ansambli hamrohligida chiqish qilishi.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Ta'lim · 27 март 2025

Soxta xabarlar, klon saytlar: Fishing nima va firibgarlarning qarmog‘iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 март 2025

Hamyoningiz uchun moliyaviy yostiqcha: moliyaviy xotirjamlik sari 5 qadam

Oʻqish

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish