12 май 2022

Ijobiy kredit tarixi nima va nima uchun muhim?

Mazmuni
  • Kredit tarixi nima?
  • Kredit tarixi ijobiy ekanligi qanday aniqlanadi?
  • Kredit tarixiga nimalar salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin?
  • Va nihoyat, salbiy kredit tarixini qanday yaxshilash mumkin?

Kredit tarixi rasmiy ish haqi bilan bir qatorda kreditga layoqatlilikning eng muhim koʻrsatkichlaridan biri boʻlib, moliyaviy javobgarlik darajasini belgilab beradi

 
 

Deylik, menda fors-major holati yuzaga keldi va zudlik bilan yirik miqdorda pul mablagʻi kerak boʻlib qoldi. Men qarz olish tarafdori emasman, chunki pulni birovdan ma’lum vaqtga olasan, keyin oʻz choʻntagingdan butunlayga berib yuborishingga toʻgʻri keladi. Xoʻsh, nima qilish kerak? Bugungi kunda bir necha daqiqa ichida kredit olish mumkin va mamlakatimizning moliya bozorida bunday takliflar anchadan beri bor. Ammo buning uchun ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish talab etiladi. Demak, ijobiy kredit tarixi nega bunchalik muhim va u qanday shakllanishiga oydinlik kiritib olamiz.


Bank sohasida xavf-xatarni aniqlash va kamaytirishni biladigan mutaxassislar ishlaydi. Banklar va kredit tashkilotlari byurolar yordamida potensial qarz oluvchilarning profilini va ularning kredit tarixini diqqat bilan oʻrganib chiqadi. Bu ularga kelajakda toʻlanmay qolishi mumkin boʻlgan kreditlar sonini kamaytirishga yordam beradi.

 

ch

Kredit tarixi nima?

Bu olingan va qaytarilgan qarzlar, bajarilgan moliyaviy majburiyatlar hamda muddati oʻtgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi ishonchli ma’lumotlarning qisqacha mazmunini oʻzida aks ettirgan hujjat. Ma’lumotlar turli manbalardan: banklar, kredit tashkilotlari, davlat idoralari, shuningdek tovarlarni muddatli toʻlov asosida sotadigan doʻkonlardan yigʻiladi.


Masalan, mening kredit tariximda quyidagi ma’lumotlar bor:
Ma’lumotni kim talab qilganligi 
Kreditlar boʻyicha barcha arizalar va qarorlar
Kreditlar qanday toʻlangani va toʻlov muddatlariga qanday rioya etilganligi 

 

Ushbu barcha ma’lumotlar kredit tarixlari byurosida (KTB) – Kredit-axborot tahliliy markazida saqlanadi. O‘zbekistonda ushbu markaz barcha moliya-kredit tashkilotlari va lombardlardan mavjud qarzlar bo‘yicha majburiyatlar, kreditlar, muddatli to‘lovlar va shartnomalar to‘g‘risida ma’lumot to‘plashga yordam beradi. 

ch

Kredit tarixi rasmiy ish haqi bilan bir qatorda kreditga layoqatlilikning eng muhim koʻrsatkichlaridan biri boʻlib, moliyaviy javobgarlik darajasini belgilab beradi. Shuning uchun, agar siz qarz olmoqchi boʻlsangiz, ushbu jihatga jiddiy e’tibor qarating.

 

Men kredit tarixim qanchalik yaxshi ekanini bilish uchun infocredit.uz platformasidan hisobot so‘radim. Ushbu hisobotni yiliga bir marta bepul yoki pul to‘lab istalgan payt olish mumkin ekan. 

 

Har bir bank oʻz skoring tizimiga ega. Ushbu tizim yordamida mijozning kreditni toʻlashga boʻlgan qobiliyati baholanadi. Mening kredit faylimda va kredit uchun arizamda saqlangan ma’lumotlardan bank quyidagi qarorlarni qabul qilishda foydalanishi mumkin:
menga qarz berish-bermaslik;
menga taxminan qancha kredit ajratish kerakligi;
kredit qancha foizga berilishi.
Faylga kiritilgan soʻnggi ma’lumot eng muhimi hisoblanadi, chunki kredit beruvchilarga oxirgi moliyaviy holat qiziqroq. 

ch

Kredit tarixi ijobiy ekanligi qanday aniqlanadi?

  • Kredit tarixi bir yildan koʻp. Kredit tarixi qancha uzoq muddatli boʻlsa, bank qarz oluvchi haqida shuncha koʻp ma’lumot olishi va uning toʻlov qobiliyatini baholashi mumkin boʻladi. 
  • Toʻlovlar kechiktirilmagan. Agar oldingi toʻlovlar kechiktirilgan boʻlsa, kredit qancha vaqt davomida va qancha avval toʻlanmagani muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Joriy kredit/qarz yuki. Agar menda toʻlanmagan kreditlar soni koʻp boʻlsa, bank olmoqchi boʻlgan kreditimni qaytara olishimga shubha bilan qarashi mumkin. Bundan tashqari, qarz yukini hisoblash tartibi Markaziy bank Boshqaruvi qabul qilgan qaror ilovasining 3205-bandida belgilangan. Kutilmagan hollarni oldini olish uchun ushbu hujjat bilan tanishib chiqing.
  • Qaytarilgan kreditlar soni. Qancha koʻp kreditlarni oʻz vaqtida toʻlagan boʻlsam, keyingi safar qarz olishim shuncha oson boʻladi. Chunki bu mening moliyaviy jihatdan savodxon ekanligimni anglatadi.  
ch

Kredit tarixiga nimalar salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin?

Salbiy kredit tarixining asosiy belgilari – kechiktirilgan muddatlar va yuqori kredit yuki. Agar qarz oluvchi bundan oldin sudga berilgan boʻlsa yoki u kreditni umuman toʻlamagani aniqlansa, bu yanada salbiy ahamiyat kasb etadi. Bunday holatlarda bank katta ehtimol bilan qarz berishdan bosh tortadi.

 

Sizda majburiy ijro byurosi bilan bilan bogʻliq muammo boʻlganmi? Unda yana bir noxush yangilik: bu ham sizning kredit olishingizga toʻsiq boʻlishi mumkin. Majburiy ijro byurosida kommunal to‘lovlar, aliment, jarima va boshqa davlat to‘lovlarini kechiktirish boʻyicha sudgacha borib yetgan holatlar qayd etib boriladi. Qarzdorligingiz bor-yoʻqligini www.mib.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin. 

 

ch

Va nihoyat, salbiy kredit tarixini qanday yaxshilash mumkin?

Kichik kreditlar oling va ularni oʻz vaqtida toʻlab boring. Shunda 2-3 yil ichida sizda kredit tashkilotlari bilan ijobiy munosabatlar tarixi paydo boʻladi. 


Kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang: banklar ashaddiy qarzdorlarni xush koʻrmaydi.
Kreditni toʻlash sanalarini belgilab oling va muddatlarga rioya qiling.

 

Shuni unutmangki, sizda qanday kredit tarixi boʻlishi faqat oʻzingizga bogʻliq, banklar esa shunchaki ma’lumotlarni kredit byurosiga taqdim etish bilan shugʻullanadi.

 

Men esa ajoyib kredit tarixiga egaman va TBC Bankida 50 million soʻmgacha kredit olishim mumkin. Bunday imkoniyatdan albatta foydalanaman.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish