05 сентябр 2024

Omonat qanday qilib pul yigʻishga yordam beradi?

5 qahramon hikoyasi

Har kimning o‘ziga xos jamg‘arish siri bor — kimdir valyutada jamg‘aradi, kimdir ko‘chmas mulk sotib oladi yoki oltinga investitsiya qiladi. Bizning qahramonlarimiz — oddiy O‘zbekiston aholisi. Ular orzulari uchun eng oddiy va xavfsiz usulda — omonat orqali jamg‘arishadi. Nega ular bu usulni tanlashgani va nima uchun jamg‘arishganini bilib oldik.

 

Group 117201.png

Jahongir Samigʻjonov, tadbirkor, oilaviy sayohat uchun jamgʻarmoqda

Men tadbirkorman — katta oilalar bemalol yashashi uchun xususiy uylar quraman va sotaman. Bizning mamlakatimizda ko‘pchilik xususiy sektorni afzal ko‘radi va men ularni juda yaxshi tushunaman — kenglik, o‘z yerimiz, bolalar bilan vaqt o‘tkazish uchun joy bor.

 

Menda ikki o‘g‘il, bir qiz va uchta nabira bor. Men ularning kelajagi yaxshi bo‘lishini juda xohlayman, shuning uchun kuchim boricha ishlayman va ko‘proq jamg‘arishga harakat qilaman. Mening jamg‘arma vositam — TBC Bank omonati.

 

Bankni menga bir necha yil avval do‘stlarim tavsiya qilishgan. Sinab ko‘rishga qaror qildim va TBC Bank ilovasida omonat ochdim. O‘shandan beri men bankning doimiy mijoziman. Ko‘pchilik tanishlarim va qarindoshlarim ham TBC Bankda turli xil omonatlar ochishgan, kvartira yoki mashina sotib olish uchun kredit olishgan.

 

"TBC shu yillar davomida biror marta ham menga pand bermadi, shuning uchun unga ishonaman va pulimni shu bankdagi hisobda saqlayman."

 

Barcha asosiy pullarimni muntazam ravishda omonatga o‘tkazib, asta-sekin jamg‘arib boraman. Jamg‘armalarimni odatda sayohatga sarflayman — har yili oilam bilan chet elga chiqamiz. Yaqinda yana safarimiz bor — bu safar Turkiyaga uchamiz. Pullarimni oilam uchun sarflash — men uchun bu eng katta quvonch. Biz bir marta tug‘ilamiz — hayotdan zavqlanib yashash kerak. Faqatgina jamg‘arib qolmay, balki sarflash ham kerak. Sizga ham TBC Bank bilan pul jamg‘arishni boshlashni tavsiya qilaman.

 

Group 117202.png

Zebiniso Hamroqulova, biolog, mashina uchun jamgʻarmoqda

 

Men Samarqandda tug‘ilganman, Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika universitetida o‘qiganman, hozir esa Samarqand davlat universiteti doktoranturasida tahsil olishni davom ettiryapman. Biologiya fanlari doktori bo‘lib, maktab o‘quvchilari uchun eng yaxshi biologiya darsliklarini tayyorlamoqchiman.

 

Meni moliyaviy mustaqil bo‘lishga ota-onam o‘rgatishgan. Birinchi marta pul yig‘ishni to‘rt yoshlarimda boshlaganman — otam katta narsalarni sotib olish uchun bergan pullarni jamg‘arganman. Keyin, taxminan yettinchi sinfdan boshlab, hovlimizdagi tut mevasi sotib, qo‘shimcha darslarga pul yig‘ganman. Katta bo‘lgach esa aynan TBC bank onlayn-omonatida pul yig‘ishni boshladim. 

 

Bir safar boshqa bankda omonat ochishga urinib ko‘rdim, lekin uzoq vaqt navbatda turib, hech narsa ochmasdan qaytib keldim. Keyin singlim bilan birga unga plastik karta ochish uchun TBC bankiga bordik. Xodimlar kartani hatto uyga yetkazib berish mumkinligini aytishdi. U yerda menga TBCning qulay ilovasini ko‘rsatishdi, omonatlarning afzalliklari haqida gapirishdi. Natijada, haqiqatdan ham, kartani uyga buyurtma qildim, so‘ngra uydan chiqmasdan onlayn omonat ochdim. TBC omonatlarining foiz stavkalari boshqa banklarga qaraganda yuqori. Xohlasangiz, haftalik yoki oylik jamg‘arilgan pullarni olishingiz mumkin.

 

"Men mashina sotib olish va doim orzu qilgan sayohatlarim uchun pul jamg‘aryapman."

 

Menimcha, pulni so‘mda ham, dollarda ham yig‘ish kerak, daromad yoki boshqa tushumlarning taxminan 10%ini omonatga qo‘yish kerak. Pulni qo‘lda saqlash ularning qadrsizlanishiga olib keladi.

 

Group 117203.png

Muzaffar Moʻminov, ilmiy tadqiqotchi, shunchaki kelajak uchun investitsiya qilmoqda

 

Men biotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotchi bo‘lib ishlayman, COVID-19 kasalligining qo‘zg‘atuvchisi hisoblangan SARS-CoV-2 virusiga qarshi oqsilli vaksina yaratishda ishtirok etganman.

 

Ishda talabalar bilan laboratoriyada turli tajribalar o‘tkazaman, har yili ular uchun biotexnologiyalar bo‘yicha yozgi maktab tashkil qilaman. Mening Telegram-kanalim bor — unda biotexnologiyalar, kashfiyotlar haqida yozib, o‘z fikrlarim bilan bo‘lishaman.  

 

Rafiqam ham ilm-fan bilan shug‘ullanadi — antibiotiklarni almashtira oladigan antimikrob oqsillarni o‘rganadi. Ikki nafar farzandimiz bor: qizimiz — yetti, o‘g‘limiz — to‘rt yoshda.

 

Yoshlikda o‘zimga o‘zim so‘z berganman: bolalarimning har qanday kasbiy tanlovini qo‘llab-quvvatlayman. Albatta, ularning ham ilm-fan yo‘lidan ketib, yirik olim bo‘lishlarini istayman. Lekin ular o‘zlari tanlagan kasbda o‘zlarini baxtli his etishlari muhimroq.

 

Menda qanday qilib to‘g‘ri jamg‘arish haqida formula yo‘q. Ba’zan, oy boshida kutiladigan xarajatlarni hisoblayman va qolganini omonatga o‘tkazaman, ba’zan oy oxiridagi ortiqcha pulni o‘tkazaman. Hozircha aniq jamg‘arish maqsadim ham yo‘q. Menga shunchaki kelajakka investitsiya qilish, pulimni ko‘paytirish va jamg‘armadan qo‘shimcha foyda olish g‘oyasi yoqadi. Hatto bu juda kam bo‘lsa ham. Masalan, dastlabki omonatimiz uy sotib olishda juda katta yordam bergandi.

 

"Men kelajakni investitsiya qilaman va jamg‘armadan qo‘shimcha daromad olaman."

 

Pul yig‘ishni 2017-yilda boshladim — o‘shanda, chamamda, onlayn omonatlar hali mavjud emas edi. Pulni omonatga qo‘yish uchun bankka borish, navbat kutish va har oy foiz olish uchun shaxsan borish kerak edi. O’sha paytdan banklarda vaqt sarflashni yoqtirmayman — hamma narsani onlayn boshqarishni afzal ko‘raman. Shuning uchun TBC menga juda qulay. Men bank ilovasidan foydalanaman, u yerda barcha xizmatlar onlayn. Hozirda ushbu bankda bir nechta omonatim bor.

 

Group 117204.png

Sadoqat Hamdamova, mobil dasturchi, kvartira uchun jamgʻarmoqda

 

Men mobil dasturchi bo‘lib ishlayman. Hali turmushga chiqmaganman, shu sababli ota-onam bilan yashayman.

 

Hech qanday qoida va prinsiplarsiz pul yig‘aman — shunchaki, shu oyda yashash uchun menga qancha pul kerakligini taxminiy hisob-kitob qilaman, qolganini esa omonatga o‘tkazaman.

 

Avvallari hech qachon pul yig‘maganman — biror narsaga pul tejash uchun zarurat bo‘lmagan. Birinchi marta kvartira sotib olishga qaror qilganimda pul yig‘ishni boshlaganman . Orzumdagi kvartirani sotib olib, alohida yashashni xohlayman. Shuning uchun hozir imkoniyat bo‘ldi deguncha darhol pullarimni saqlab qo‘yaman. Asosan, oylik olishim bilan darrov jamg‘araman. Hech qanday qoida va prinsiplarsiz yig‘aman — shunchaki yashash uchun shu oyda menga qancha kerakligini taxminan hisoblayman, qolganini esa omonatga o‘tkazaman.

 

"Ota-onam mashina, farzandlarining to‘yi, kvartira uchun pul jamg‘arishgan. Ishonamanki, men ham uddalayman."

 

Omonatda pul jamg‘arishni menga do‘stlarim tavsiya qilishdi. Keyin barcha banklardagi taklif va shartlarni o‘rganib chiqdim va ТВСda hammasi juda qulay, degan xulosaga keldim. Hatto ilovaning interfeysi ham oddiy va qulay. Dasturchi sifatida, bu men uchun haqiqatan ham muhim.

 

Group 117205.png

Sherzod Nigʻmonov, elektronika muhandis, kvartira uchun jamgʻarmoqda 

 

Men elektron uskunalarni ta'mirlash va modernizatsiya qilish sohasida ishlayman. Oilam katta emas, besh kishi: onam, men, rafiqam va ikki o‘g‘lim.

 

Barcha ota-onalar singari biz ham farzandlarimiz uchun yorqin kelajak xohlaymiz va buning uchun bor kuchimizni sarflaymiz. O‘g‘illarimiz ulg‘ayishganda ularning qiziqishlariga qarab, imkon qadar ularning orzularini ro‘yobga chiqarishda yordam beramiz. 

 

Birinchi marta pul yig‘ishni maktab yillarida boshlaganman. Sinfdoshlarim o‘yin zaliga borishardi, u yerda o‘yin pristavkasi bor edi. Ana shu pristavkani sotib olish uchun pul yig‘ishga qaror qilganman. Hozir qancha pul yig‘ganimni eslay olmayman, lekin ota-onam qo‘shimcha yordam qilishgan va men pristavkani sotib olishga muvaffaq bo‘lganman.

 

Pul bekorga chang bosib yotmasligi kerak — u ishlashi va foyda keltirishi lozim. Men daromadimning taxminan to‘rtdan bir qismini omonatga qo‘yaman, chunki katta maqsadlarim bor. Hozirda kvartira sotib olishni xohlayman va boshlang‘ich to‘lov uchun pul jamg‘aryapman. 

 

"Pul yig‘ish qiyin emas — buning uchun odam o‘zini nazorat qilishi va biroz tejamkor bo‘lishi kerak. "

 

Men TBC bankning uzoq muddatli mijoziman. Bank hech qachon menga pand bermagan — hammasi zo‘r. Shunday ekan, maqsadimlarimga shu bank bilan erishishda davom etaman.

 

Group 117206.png

Zarifa Boymurodova, ta’lim tashkilotida mutaxassis, uy uchun jamg‘argan. 

 

Men ta’lim tashkilotida mutaxassisman. Kelajakda ilmiy tadqiqot o‘tkazib, ilmiy daraja olishni rejalashtiryapman. Sevimli mashg‘ulotim — kitoblar. Detektiv janrini yaxshi ko‘raman, hozirda Nuriddin Ismoilov romanlarining audio-versiyasini tinglayapman. Yana menga pishiriqlar pishirib, farzandlarimni xursand qilish yoqadi.  

 

Men hech qachon pul yig‘ishni uddalay olmaganman. Avvaliga bunga zaruriyat bo‘lmagan, keyin maoshim kamligi tufayli — imkoniyat. Men o‘zimning birinchi 8 mln so‘mlik jamg‘arma hisobimni ikki yil oldin TBC Bankda ochdim.

 

Avvaliga yangi uy uchun pul to‘plashni boshladim va bu xohishim qisman amalga oshdi — uni muddatli to‘lovga sotib oldim. Uy pulidan to‘liq qutilishimga yana ikki-uch to‘lov qoldi, shundan keyin men yangi mashina uchun pul jamg‘arishni boshlayman. Omonatda pul jamg‘arish — haqiqatan ham tejamkor bo‘lishga yordam beradi. 

 

“TBC omonatining men uchun eng qulay jihati — istalgan vaqtda hisobni to‘ldirish va undan pul yechib olish mumkin”.

 

 

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish