18 январ 2024

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Ko'pchilik o'z jamg'armasini yonginasida, «yostiq ostida» saqlashga o'rganib qolgan — biz katta mablag'larini naqd pul shaklida yig'amiz va yaqqol yoki ehtimoliy xavflar haqida o'ylab ham o'tirmay, ularni uyda saqlaymiz.

 

Bunday yo'l tutish juda xavfli va mutlaqo befoyda. Hozir biz sizga buning sabablarini va O'zbekiston banklarida omonat ochish orqali bu muammoni qanday hal qilish mumkinligi haqida tushuntirish beramiz.

 

 

Birinchidan — o'g'irlik

Eng ishonchli qo'riqlash tizimlari ham, eng qalin devorli seyflar ham pullaringizni ishonchli himoya qilolmaydi. Uyingizda salmoqligina mablag' saqlanayotganidan xabar topgan har qanday odam, agar astoydil istasa, jamg'armangizni qo'lga kiritishning yo'lini albatta topadi.

 

 

Ikkinchidan — tabiiy ofatlar

Tabiiy ofatlardan hech kim kafolatlanmagan. Har yili minglab odamlar yong'inlar, zilzilalar va boshqa ko'ngilsiz voqealar tufayli mol-mulklaridan ajraladilar.

 

Favqulodda vaziyatlarda biz albatta o'z hayotimizni saqlab qolish, yaqin kishilarimizning xavfsizligi — ya'ni pulga sotib olinmaydigan qadriyatlar haqida o'ylaymiz. Bu, albatta tabiiy va to'g'ri, biroq shu bilan birga mablag'imiz xavfsizligini ta'minlashga ham oldindan tadorik ko'rishimiz kerakligini anglatadi.

 

 

«Uchinchidan — kafolatlangan himoyaning yo'qligi

Uyda saqlanadigan har qanday qimmatbaho vositalar kafolatli himoyalanmagan. Bordiyu, siz qandaydir sababga ko'ra ulardan ayrilsangiz, turgan gapki, ularni qaytara olmaysiz.

 

 

To'rtinchidan — inflyatsiya tufayli keladigan ziyon

«Yostiq ostidagi» pullar kunma-kun bo'lmasa ham, oyma-oy muqarrar qadrsizlanib boradi. 2023-yil yakunlariga ko'ra O'zbekistonda inflyatsiya darajasi 8,77 %ni tashkil etdi — bu yil davomida sizning har 100 ming so'm mablag'ingizdan 91 ming so'm qolganini va bu ziyonni qaytarish mutlaqo imkonsizligini bildiradi.

 

Lekin, inflyatsiyani «aylanib o'tish»ning zamonaviy usullari ham mavjud-ki, biz quyida ular haqida bayon qilamiz — aynan shu usullar mablag'imizning ma'lum qismini inflyatsiyaga boy bermaslikdan tashqari erkin pul vositalari orqali amalda hech bir ish qilmasdan ham daromad ko'rish imkonini beradi..

depozit ochish

Nima qilsangiz pulingizni yo'qotmaysiz?

Mablag'ni daxlsiz saqlashning eng qulay usuli — ularni iqtisodiyotdagi pul aylanmasiga qaytargan holda «ishga solish». Eng osoni esa — depozit ochish.

 

Bank omonati yoki depoziti oddiy hisob raqami ochishdan farq qiladi — bu pullarni ma'lum muddatga bankka joylash evaziga haq olish degani. Sodda qilib aytaganda, bank sizning pulingizni «ijaraga oladi», evaziga doimiy tarzda sizga ma'lum foiz hisobida «ijara haqi» to'lab boradi.

 

Bugun O'zbekistonda bir necha turdagi depozitlardan foydalanish mumkin:

 

  1. Talab qilib olgungacha ochiladigan depozitlar. Ushbu depozit turi omonatdan istalgan paytda pul yechib olish yoki uni to'ldirish imkonini beradi va bunda foizlar ham saqlanadi.

  2. Мuddatli depozitlar. Muddatli depozit ma'lum muddatga, masalan, bir yoki ikki yilga ochiladi. Bunda mijoz va bank o'rtasida aniq muddatli shartnoma tuziladi, bu muddat davomida mijoz muayyan miqdordagi summani depozit hisob raqamida saqlash majburiyatini, bank esa foiz bo'yicha hisoblanadigan daromadni doimiy to'lab borish majburiyatini o'z zimmasiga oladi;

  3. Jamg'arib boriladigan/maqsadli depozitlar. Bu turdagi omonatlarning o'ziga xosligi, pul mablag'ini biron bir maqsad uchun jamlab borish va sarflashdan iborat (ta'lim uchun to'lov, avtomashina, yangi xonadon xarid qilish va h.k.).

 

 

TBC Bank o'z mijozlariga yillik stavkalari 18 foizdan 27 foizgacha bo'lgan ko'plab depozit turlarini ochish imkonini taqdim etadi — bu bilan siz nafaqat inflyatsiya tufayli ziyon ko'rishdan saqlanasiz, balki qo'shimcha daromad ham ko'rasiz. Omonatlar bo'yicha takliflar haqida bu yerda bilib olish mumkin.

 

Sizning pullaringiz nafaqat o'g'irliklar yoki tabiiy ofatlardan ishonchli himoyada bo'ladi, balki ularni himoyalashga hatto davlat ham hissa qo'shadi — barcha depozit turlari Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash Davlat fondi tomonidan sug'urtalanadi.

 

Pullaringizni aql bilan boshqarishni o'rganing! TBC Bank depozitlari sizga jamg'armalaringizni saqlash va ko'paytirishda yordam beradi. Depozit ochish va uni boshqarish juda oson — barcha jarayonlar TBC UZ ilovasida bir-ikki daqiqada bajariladi. Shunday ekan, kutishga na hojat?

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish
Ta'lim · 10 июл 2023

Depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Oʻqish