11 декабр 2023

TBC Bank Uzbekistan mijozi bilan bog‘liq muammoni ijobiy hal qilgan usul

Bank xizmatlari dunyosida asosiy e'tibor mijozlar bilan muloqot o'rnatishga qaratiladi. Biroq, yangi mahsulot va aksiyalar haqida xabardor qilish yo'lida ba'zida e'tibor va yechimlarni talab qiladigan vaziyatlar yuzaga keladi.

 

Mamlakatning yetakchi fintexlaridan biri hisoblanadigan TBC Bank Uzbekistan mijozi to'g'ridan-to'g'ri O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga “Bank tomonidan haddan tashqari SMS xabarlar olish” bo'yicha shikoyat yozib qoldirgan.

 

Darhaqiqat, TBC Bank o'z mahsulotlari haqida xabardor qilish uchun SMS xabar va boshqa aloqa usullaridan faol foydalanadi va mijozlarni foydali: kreditlar 'yicha chegirmalar, depozitlar bo'yicha stavkalar, lotereya va boshqa xizmatlar to'g'risida xabardor qilib boradi.

 

Umumiy shartlarga muvofiq, har bir mijoz ro'yxatdan o'tgandan so'ng bunday xabarlarni olishga rozilik bildiradi. Shu bilan birga, mijoz bankning Aloqa markaziga murojaat qilib, xabarlarni rad etish huquqiga ham ega.

 

Ushbu holatda SMS xabarlarini olishni to‘xtatmoqchi bo‘lgan mijoz bilan TBC Bank Uzbekistan ma’sul vakili yakka tartibda uchrashdi va ushbu xizmatni o‘chirish bo‘yicha texnik ko‘makni amalga oshirdi. Shundan so‘ng, arizachi vaziyatning hal qilinganidan qoniqdi va SMS xabarlarini qabul qilish bo‘yicha hech qanday e’tirozi yo‘qligini bildirdi.

 

Bu kabi holat mijozlarning istaklarini tushunish va hurmat qilish qanchalar muhimligini ta’kidlaydi. TBC Bank Uzbekistan har doim o‘z mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga intilib, nafaqat sifatli xizmat ko‘rsatish, balki ularning xohish-istaklarini ham hurmat qilishga harakat qiladi.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish