24 ноябр 2023

TBC Group Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani O‘zbekistonda fintech sanoatining rivojlanishi haqida fikr bildirdi

21–22-noyabr kunlari Toshkentda «Retail Central Asia» 2-xalqaro plas-forumi bo'lib o'tdi. Forum doirasida «Riteyl va banklar. Kelgusi hamkorlik istiqbollari» nomli davra suhbati bo'lib ot'di. Unda O'zbekiston fintex sanoatining yetakchi vakillari ishtirok etdi. Ular orasida TBC Group Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani mamlakatda fintex sohasini rivojlantirish bo'yicha o'z qarashlarini bayon etdi.

 

Uning so'zlariga ko'ra, bugungi kunda respublikada iste'mol krediti bozori faol o'sib, rivojlanib, turli xizmatlarni taklif qilmoqda. Har qanday jadal rivojlanayotgan davlat uchun moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish muhim mavzulardan biridir. Mavzudagi eng muhim narsa — mijozlarning ehtiyojlarini tushunish va kerakli xizmatlarni o'z vaqtida taqdim etish.

 

«Men fintex, ruteyl va an'anaviy banking o'rtasidagi chegaralarni xiralashtirishga urg'u bermagan holda mijozlar yo'lini tushunish mahoratiga e'tibor qaratgan bo'lardim. Men «mijoz yo'li xaritasi» deb ataluvchi to'g'ri mijozlar tajribasini yaratishga — «customer journey»ga, ishonaman, unda mijoz kerakli vaqtda ishonchli moliyaviy xizmatlarni tez va «uzilishsiz» olishi mumkin».

 

Bunday yondashuvga misol sifatida Nika Kurdiani mijozlar amaliyotidan haqiqiy misol keltirdi.

«Savdo markazida bir kishi bolasi juda ko'p o'yinchoqlar yig'ib olganini va ularni hech qachon tashlab ketmasligini ko'rdi. U, shuningdek,  ularni sotib olishga mablag'i etarli emasligini tushundi. Shu payt u «TBC Bank Uzbekistan»dan kredit olish haqidagi e'lonni ko'rib qoldi. Ekskalatordan tushayotgan paytidayoq smartfonidan foydalanib, kreditni rasmiylashtirdi. Jarayon bir necha daqiqa davom etdi. Men buni «just in time delivery», ya'ni kerakli mahsulotning kerakli vaqtga duch kelishi deb bilaman».

Kurdiani FOMO («fear of missing out» yoki qo'ldan boy berilgan foyda sindromi) fenomeni va uning biznesga ta'sirini eslatib, yangi mahsulotlarni ehtiyotkorlik bilan va har jihatdan o'ylangan holda joriy etish zarurligiga e'tiborni qaratdi. Misol tariqasida u «TBC Bank Uzbekistan»ning bir qancha mahsulotlari, jumladan, depozit va kredit dasturlari muvaffaqiyatli ishga tushirilganini ta'kidlab o'tdi.

 

«Bozor gullab-yashnagan paytda, agar hamma narsani qilmasangiz, orqada qolaman deb o'ylaysiz. Bu o'sib borayotgan biznes uchun eng katta xatolardan biridir. O'zbekiston bozoridagi 3,5 yil davomida Payme ni hisobga olmaganda, biz faqat bir nechta mahsulotni to'liq ishga tushirdik. Bu taxminan 250 million dollarlik portfel va 300 million dollarga yaqin kredit portfeli to'plangan depozitdir».

 

Shuningdek, u Payme ning mamlakat moliya tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi haqida fikr bildirdi. Men buni banklar va fintex kompaniyalari o‘rtasidagi samarali hamkorlik, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ko'maklashuvchi holat sifatida baholadim.

 

«Payme ning O'zbekistonda joriy etilishi fintex sanoati imkoniyatlari haqidagi fikrlarni sezilarli darajada o'zgartirdi. To'lov xizmati 11 milliondan ortiq foydalanuvchilarga moliyaviy xizmatlardan oson foydalanish imkonini berdi. Payme bilan birga ishlar ekanmiz biz raqamli to'lov yechimlari qanday qilib odamlarning kundalik hayotiga integratsiya qilinishini, moliyaviy operatsiyalarni tez, qulay va xavfsiz bajarilishini ko'rdik».

 

«TBC Group Uzbekistan» bosh direktori jahondagi mavjud zamonaviy tendentsiyalar va O'zbekistonda ro'y berayotgan o'zgarishlarga xolisona qarash muhimligini ta'kidladi. Kurdianining so'zlariga ko'ra, ular xavfsiz onlayn to'lovlarga ishonch darajasini oshirish orqali naqd pulga qarshi kurashga hissa qo'shadi. Yakunda u O'zbekistonning fintex sohasida raqamlashtirishga bosqichma-bosqich va ishonch bilan o'tishi muhimligini ta'kidlab, mamlakatning bu yo'nalishdagi ulkan salohiyatini qayd etdi.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish