18 июл 2023

Ikki davr tutashuvida: Zamonaviy San'at Markazi tashkil etgan art-uikend qanday o'tdi?

O'tgan juma, shanba va yakshanba kunlari Eski shahardagi «Namuna» mahallasida Mahalla Art Weekend festivali bo'lib o'tdi. Festivalning maqsadi Eski shahar madaniyati va an'analarini rassomlar va ijodkorlarning yangi ruhdagi qarashlari bilan birlashtirish, ikki davr tutashuvida millatning madaniy o'zagini qayta anglash edi. Ushbu tadbirda ishtirok etgan Helloblog mualliflari sizga o'z taassurotlarini hikoya qiladilar.

 

 

 

 

Qizlarqizlarqizlar ijodiy fem-birlashmasi ishtirokida jamoat munozarasi

 

Festivalning birinchi kuni «Qizlar» fem-loyihasi taqdimoti bilan boshlandi. Shiyponcha oldidagi maydonda odam gavjum edi: festival mahalliy aholisi o'rtasida katta shov-shuv uyg'otgandi. Maydon bo'ylab mahalla bolalari chopib yurishar, kayvoni oqsoqollar daraxt soyasida o'tirgancha to'plangan odamlarni kuzatishardi. Tashkilotchilar Toshkent chillasining otashin taftidan qochib, tadbir doirasidagi munozaralar va kino namoyishlarini quyosh botgach o'tkazishga qaror qildilar.

 

Tadbir markazi qilib tanlangan ayvoncha Eski shaharning Kaykovus kanali bo'yida, yangi qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi ro'parasidagi mahallada joylashgan. Bu ayvoncha — mahalla ahli hayoti markazi bo'lib, unda toshkentliklarning bir nechta avlodi o'ynab-hordiq chiqarib voyaga yetgan.

Art week 2

Munozarani boshlashdan oldin Mahalla Art Weekend tashkilotchilari ikkita Ijodiy art-rezidentsiyalar taqdimotini o'tkazishdi. Bu rezidentsiyalar yosh artistlar, rassomlar, kulollar va ustalarning mahalla ahli bilan muloqot nuqtasi bo'lib xizmat qiladi. Xuddi festival kabi art-rezidentsiyalarning ham vazifasi tumanni rivojlantirish, ikki tomonlama muloqotni yo'lga qo'yish va tajriba almashishga xizmat qilishdir.

 

Qizlarqizlarqizlar fem-birlashmasining «Men. Sen. Biz» nomli loyihasi mana shunday o'zaro hamkorlik natijalaridan biri bo'ldi. Bir necha oy mobaynida loyiha kuratorlari Namuna mahallasi bolalari bilan ishlab, o'yinlar va quvnoq muloqot orqali ularni zamonaviy art-amaliyotlar bilan tanishtirdilar.

 

Loyiha natijasida bir nechta kollaj-polotnolar va o'yinchoq kublar yaratilib, ular orqali bolalar o'ʼz orzulari, his-tuyg'ulari va rejalarini namoyon eta oldilar. Kublar va suratlar yordamida bolalar o'z tushlari va hayotlarida yuz bergan turli voqealarni bayon etishga harakat qildilar.

Art week 3
Art week 4
Art week 5

Faol ayollar ushbu loyihadan tashqari bungacha o'tkazilgan aktsiyalar haqida so'zlab berdilar. Ularning orasida — Davra art-jamoasi bilan birgalikda tashkil etilgan WinterChilla vorkshopini alohida e'tirof etish mumkin, bu yerda ayollar quroq usulida katta polotnoni tikdilar. E'tirofga loyiq yana bir tadbir QizGap — ayollar uchun o'quv-ko'ngilochar festivali bo'lib, u Xalqaro ayollar bayramiga bagʼishlab o'tkazilgandi.

 

«Men. Sen. Biz» loyihasi doirasida tomoshabinlar va mehmonlar mahalla bolalari bilan birga bir necha perfomans formatidagi sahna ko'rinishlarida ishtirok etib, o'yinchoq kublar va atrofdagi makon yordamida o'z tarixlarini tasvirlashga intildilar.

Art week 6
Art week 7
Art week 8
Art week 9

 

 

O'zbekiston yosh rejissyorlarining hujjatli filmlari namoyish etilgan kino kechasi

 

Festivalning ikkinchi kunida yosh rejissyorlar va Film Encounter kinolaboratoriyasi bitiruvchilari yaratgan kinoasarlar namoyishi bo'lib oʼtdi.

Art week 10

Tadbir doirasida to'rtta kinoasar namoyish etildi:

 

«Oʼzbekiston, seni sevaman!» — Fayoz Buzrukning hujjatli filmi. Fayoz Buzruk har kuni taksida o'nlab kilometr yo'l bosar ekan, taksi haydovchisi bilan mamlakat taqdiri, yo'llarda bo'layotgan voqealar, haydovchining shaxsiy kechinmalari va tashvishlari haqidagi suhbatni tasvirga olgan.

 

«O'rtadagi odam» — bu shunchaki hujjatli film emas. Bu Rossiyada tug'ilgan, lekin O'zbekistonda voyaga yetgan ayol monologi. Sovet filmlari parchalari fonida film qahramoni mamlakat taqdiri ichidagi o'z taqdiri, o'z uyini, o'z o'rnini topishga bo'lgan urinishlari va «o'sha Vatan» tuyg'usi haqida so'zlaydi.

 

«Gurung» — Gulnoza Irgasheva suratga olgan qisqa metrajli film-suhbat bo'lib, unda insonning o'zini anglash va hayotda o'z o'rnini topish yo'lidagi izlanishlari milliy ruhiyat prizmasi orqali ochib berilgan.

 

«To'— bir oilaning to'ylarida olingan eski videotasvirlardan texno uslubdagi musiqa va qiziqarli kadr almashinuvlari bilan ishlangan klip-parchalar jamlanmasi.

Art week 11
Art week 12
Art week 13
Art week 14

Lentalar namoyishidan keyin Samandar Egamberdiev moderatorligi ostida muhokamalar bo'lib o'tdi. Tomoshabinlar rejissyorlar bilan bo'lgan savol-javoblar sessiyasida qatnashib, O'zbekistonda hujjatli filmlar olish imkoniyatlari va istiqboliga oid masalalar bo'yicha fikr almashdilar.

 

Tadbirning uchinchi kuni tashkilotchilar bolalar uchun «Samarqand Marathon» Bolalar Аkademiyasi murabbiylari ishtirokida mahorat-darslari tashkil etdilar. Mahorat-darslari qatnashchilari o'z ota makonlarini ramzlovchi daraxt shaklini yasadilar.

Art week 15
Art week 16
Art week 17

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish