23 июн 2023

Moliyaviy bolish haqida nimalarni bilish muhim?

Bolalikdan biz pulni «har ehtimolga qarshi», «qora kun uchun» yoki shunchaki, hech qanday sababsiz yig'ib qo'yish muhimligi, chunki bu zarurat ekanligi haqida eshitganmiz. Ko'p jihatdan, keksa avlodning pul yig'ish odati ota-onalarimiz boshdan kechirgan bir qator: SSRIning qulashi tufayli yuz bergan pulning qadrsizlanishi va narx-navo ko'tarilishi, urushlar va 2009-2013 yillarda bozorning qulashi va boshqa inqirozlar bilan bog'liq. «Har ehtimolga qarshi» tejalgan pul bu kutilmagan vaziyatlarning barchasida odamlarni qutqargan. Shunday qilib, odamlarning ongida bir qoida saqlanib qolgan — pulni doimo jamg'arib borish zarur. Bu qoidani bizga ham o'rgatishgan.

 

Zamon o'zgarmoqda va biz mablag' jamg'arishda davom etyapmiz. Ushbu maqolada biz hozirgi paytda moliyaviy bolish kerakmi-yo'qmi, kerak bo'lsa, uning miqdorda qancha va jamg'arilgan pulni qaerda saqlash kerakligi haqida so'z yuritamiz.

 

 

 

 

Bu o'zi nima?

 

Moliyaviy bolish — bu katta xaridlar uchun emas, balki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganda omon qolish uchun muntazam ravishda toʼplanadigan jamg'arma. Jamg'arib qo'yilgan mablag' inqirozlarda, ishsiz qolgan paytda, kutilmagan katta xarajatlar vaqtida foydali bo'lishi mumkin.

 

O'zbekistonda aholi o'rtasida jamg'armalar hajmi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan, shu bois o'zbekistonliklar uchun moliyaviy bolishning qanday hajmi maqbul, degan savolga aniq statistik ma'lumotlar asosida javob berish qiyin. Biroq, umumiy o'tmish va iqtisodiy xatti-harakatlar psixologiyasidagi o'xshashliklarni hisobga olgan holda, biz Rossiya boʼyicha ma'lumotlarni tahlil qilish o'rinli bo'lsa kerak, deb o'yladik.

 

Shunday qilib, Rossiyada aholining yarmidan ko'prog'i (53%) moliyaviy bolishga ega. Rossiyaliklarning ko'pchiligi (39%) uchun jamg'armasi koʼpi bilan uch oyga, 25% uchun — olti oyga, 11% uchun esa — bir yildan ko'proq vaqtga yetadi. Аslida rossiyaliklar uchun tavsiya etilgan jamg'arma miqdori umumiy oilaviy xarajatlarning 3 oydan 6 oygacha bo'lgan miqdorini tashkil qiladi.

 

 

 

 

Biz nima uchun mablag' jamg'aramiz?

 

Zamonamizning iqtisodiy sotsiologlari psixologiya va iqtisodni uzviy bog'laydilar. Shu bilan birga, iqtisod ratsional shaxsning xatti-harakatlari uchun qoidalar majmui sifatida qaraladi. Sotsiologiya va psixologiyaning ta'kidlashicha, iqtisodiyot konstanta emas, balki odamlarning ruhiyati va idrokining o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra oʼzgarishi mumkin bo'lgan qoidalar, ratsionallik esa xatti-harakatlar shakllaridan biri xolos.

Shunday qilib, ba'zilar keksa avlodning ko'rsatmalari tufayli, ikkinchi toifadagilar kelajagidan xotirjamlik hissi uchun, uchinchi toifa insonlar inqiroz davrini ko'p boshidan kechirganligi va muayyan xatti-harakatlarni qoida o'rnida qabul qilgani uchun mablag' jamg'arsa, yana bir toifa odamlar uchun bu shunchaki odat tusiga kirib qolgan. Bunday holatlarning har birida biz bitta narsani — kutilmagan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda qarzga «botib qolmaslikni» ko'zlaymiz.

Iqtisodchilarning ta'kidlashicha, moliyaviy bolish albatta zarur — bu sizga odatiy turmush darajasini boy bermaslik va yangi daromad manbaini topish, eskisini tiklash yoki to'satdan katta xaridni amalga oshirish uchun yetarlicha vaqt beradi. Jamg'armaning ma'nosi — kelajakda sizning xarajatlaringizni to'liq yoki qisman qoplashi mumkin bo'lgan kichik miqdordagi pulni muntazam ravishda to'plab borishdir.

 

 

 

 

Jamg'arma qancha bo'lishi kerak?

 

Jamg'armaning qoidasi quyidagicha: daromadingiz qanchalik nobarqaror bo'lsa, moliyaviy bolishga ega bo'lish shunchalik muhim va u shunchalik katta bo'lishi kerak. Bu qoida, ayniqsa, oylik maoshidan tashqari, qo'shimcha daromad manbalariga ega bo'lmaganlarga tegishli.

 

Аslida, oilangiz 2-3 oy ichida qancha pul sarflasa, shuncha jamg'arma ega bo'lish ayni muaddodir. Shu miqdordagi mablag' biron kor-hol paytida yetarlicha bo'lishi mumkin. Agar siz o'zingizni kattaroq miqyosda sug'urtalashni istasangiz, 4-6 oyga yetarlicha mablag' yig'ib qo'yishingiz mumkin. Kreditlar, alimentlar va boshqa majburiyatlar uchun to'lovlar ham xarajat hisoblanadi, shuning uchun moliyaviy bolish ularni ham qoplaydigan darajada bo'lishi kerak. Biznesga kiritilgan sarmoya, katta xaridlar uchun ajratilgan pul, aksincha, xarajatlar sirasiga kirmaydi.

Pul jamg'arish usullaridan biri har oy daromadingizning 5-10 foizini to'plab borishdir. Shunday qilib, yil davomida siz kutilmagan xarajatlarning bir qismini qoplashingizga yetadigan miqdorda pul to'playsiz.

Vaqti-vaqti bilan yig'ilgan pul miqdorini qayta ko'rib chiqish kerak, chunki narxlarning ko'tarilishi, boshqa shahar yoki mamlakatga ko'chib o'tish, farzand ko'rish va hokazolar tufayli xarajatlar sezilarli darajada ortishi mumkin. Shunda yaratilgan moliyaviy bolish yetmay qolishi mumkin. Demak, yiliga bir necha marta sarf-xarajatlaringizni qayta tahlil qilishingiz va kerakli miqdorga qanchalik yetmayotganini aniq bilishingiz lozim.

 

 

 

 

Pulni qaerda saqlash kerak?

 

Pulni milliy valyutada ham, xorijiy valyutada ham saqlash mumkin. Bunday yondashuv sizni mamlakat ichidagi keskin inflyatsiyadan hamda dollar yoki yevroning qadrsizlanishidan qutqaradi. Bo'linish foizlarini o'zingiz istagancha taqsimlashingiz mumkin — bu milliy bank tizimiga bo'lgan ishonchingiz darajasiga bog'liq. Shuningdek, siz pulni naqd yoki kartada saqlashingiz mumkin — bu sizning xohishingiz, xavfli vaziyatlarda buning unchalik ahamiyati yo'q. Agar siz naqd pul saqlashdan voz kechsangiz, qo'shimcha kartani xarid qilasiz va unga pul o'tkazib turasiz. Muhimi, bu pullarni sarflamaysiz.

 

Eng xavfsiz usullardan biri bank hisobini ochishdir. Bunda pulingiz nafaqat ko'payadi, ya'ni passiv daromad hosil qiladi, balki inflyatsiya sharoitida qadrsizlanmaydi. Uyda saqlash ham yomon emas, lekin bunda suv toshqini, yong'in, o'g'irlik va boshqa xavfli vaziyatlarda zarar yetmasligi uchun jamg'arilmagan mablag'ni qaerda saqlash haqida jiddiy o'ylab ko'rishingiz kerak bo'ladi.

Kriptovalyutalar, aktsiyalar, qimmatbaho metallar va qimmatli qog'ozlarga investitsiyalar ko'rinishidagi moliyaviy bolish ishonchli ko'rinmaydi — masalan, aktsiyalarning qiymati tushishi va siz pulingizni yo'qotishingiz mumkin.

 

 

 

Qanday holatlarda moliyaviy bolishni sarflash shart emas?

 

Jamg'armangiz muayyan miqdorga yetgach, uni biron xarid uchun sarflash istagi paydo bo'ladi. Bunday qilish yaramaydi, chunki pul haqiqatan ham zarur bo'lgan paytda cho'ntagingiz bo'shab qolgan bo'ladi.

 

Biroq, bu jamg'armani sarflash uchun albatta inqiroz yoki boshqa favqulodda vaziyatni kutish shart, degani emas — siz moliyaviy bolishdan maqsadli emas, balki oqilona foydalanishingiz mumkin. Masalan, mashina yoki kvartira sotib oling, sog'lig'ingizni yaxshilang. Zaxira mablag'siz qolmaslik uchun xarajat qilgandan keyin yostiqni to'ldirib qo'yishga harakat qilish juda muhim.

 

Har qanday byudjetni rejalashtirishga mas'uliyat bilan yondashish shart: daromad va xarajatlaringizni oldindan tahlil qiling, barcha xavflarni hisobga oling va shundan keyingina jamg'armaning kutilgan miqdorini belgilang. Pulni saqlash bo'yicha universal maslahat yo'q, barchasi sizning moliyaviy ahvolingiz hamda tejash va sarflashga qay darajada tayyorligingizga bog'liq.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish