O'zbek va tojik maqomlari — Sharq musiqiy an'analarining qiyosi yo'q xazinasi hisoblanadi. Markaziy Osiyo kengliklarida avloddan-avlodga o'tib, rivojlanib kelayotgan musiqa san'atining ushbu ikki shakli o'z tinglovchilarini benazir ohang va navolar, teran ma'naviyat sarhadlariga olib kiradi.
Biz Sadolar bog'ida bo'ldik — TBC Bank u yerda hamkor sifatida qatnashdi — va sizga mаqomlar haqida hikoya qilishga shaymiz. Maqomlar nimasi bilan esda qoladi? Nima uchun aynan maqomlar milliy ruhiyatni saqlashda juda muhim hisoblanadi va Yunus Rajabiy avlodlari uning mislsiz mehnati mahsulini qay darajada asrab kelmoqdalar? Marhamat, o'qishda davom eting.
Festival boshlashini oldidan tashkilotchi — Bahor/Vesna — Аleksandr Jumaevning o'zbek maqomidagi o'ziga xos jihatlar haqidagi mazmunli ma'ruzasini taqdim etdi.
«Maqomlar mavzusi keng va chuqur. Bu mavzuga turkum ma'ruzalar bag'ishlanadi, konservatoriyada esa maqomlar talabalarga to'liq bir o'quv yili davomida o'rgatiladi.
Maqomni tushunish uchun uni umr davomida o'rganish lozim. U juda o'zgaruvchan. Maqom Markaziy Osiyo xalqlari hayotida qanday o'rin egallashini anglash uchun uni Yevropa musiqiy san'atining cho'qqisi sanalgan simfoniya yoki opera san'ati bilan taqqoslash mumkin».
Va bu ayni haqiqatdir. Maqom tarixi qadim zamonlardan boshlanadi, ammo o'rta asrlardan boshlabgina uning asosiy sikllari shakllanib borgani o'laroq, maqom tobora rivojlana boshladi va keng tarqaldi. XVI-asrda Buxoro hududida Shashmaqomning (shash — olti degani) o'z maktabi shakllandi, asosan, o'zbek maqomlari jonli ritm va ifodali vokal jo'rligidagi kuchli va jo'shqin ohanglari bilan ajralib turadi.
• Buxoro shashmaqomi. Oltita asosiy — Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq turkumlaridan tarkib topgan. Unda asosan tomoqdan kuylash usuli ustunlik qiladi;
• Xorazm maqomi— qat'iy qoidalar asosida tuzilgan, ijro uslubi esa Buxorocha ijro uslubidan farqlanadi va ko'proq burun orqali aytiladi;
• Farg'ona-Toshkent chormaqomi — Xorazm va Buxoro maqomlaridan farqli ravishda, tuzilishiga ko'ra tizimsiz va tartibga solinmagan;
• Toshkent maqomi (asosiy) — XX- asrda yaratilgan bo'lib, unda qolgan barcha maqomlar aks etgan. Buxoro maqomini notaga solgan Yunus Rajabiy va maqomlarni plastinkaga yozgan musiqashunos tadqiqotchi Viktor Uspenskiylar maqom rivojiga mislsiz hissa qo'shgan insonlardir.
O'zbekiston SSR paydo bo'lgunga qadar maqomlar an'anaviy tarzda fors tilida kuylangan. Yunus Rajabiy maqomlarni o'zbek klassik g'azallariga bog'lab qayta ishladi, fors tilida qolgan qismlarini tarjima qildi va o'tgan asrning 50-yillarida isloh qilingan klassik maqomlar to'plamini chop ettirdi. Bu asarlarning aksariyati juda mashhur bo'lib, asrlar davomida ijro etilgan holda sozandalar, qo'shiqchilar o'rtasida avloddan-avlodga o'tib kelmoqda.
Аleksandr o'z ma'ruzasi yakunida tinglovchilarni bugungi kunda eng taniqli bo'lgan o'zbek maqom ijrochilari bilan tanishtirdi. Ularning safida Nodira Pirmatova, Barno Ishoqova, Hasan Rajabiy va boshqalar bor edi.
Qayd etish joizki, o'zbek va tojik maqomlari nafaqat musiqiy meros, balki muhim ijtimoiy-madaniy fenomen hamdir. Ular milliy bayramlar, to'y-tantanalar, diniy marosimlar va boshqa xalq udumlarini o'tkazishda ham muhim ahamiyat kasb etib, mazkur regionlardagi ana'naviy hayot tarzining ajralmas qismiga aylangan.
Festival roppa-rosa 15:00 da boshlanishi kerak edi. Mehmonlar jamuljam bo'lguncha zalda milliy musiqa ohista yangrab turdi. Аtrofda tadbirning asosiy yulduzlari — o'sha mashhur Yunus Rajabiyning o'g'li, ustozoda Hasan Rajabiyning ukasi Tohir va o'g'li Javlon bilan tashrifini kutayotgan suratkashlar va tashkilotchilar taraddudlanib yurishardi.
«Mening otam o'zbek maqomiga bag'ishlab juda ko'p kitoblar yozdi. “Xalq musiqasi” ko'p tomlik asarining birgina tomida Shashmaqom ijrochilarining mingga yaqin ijrosi jamlangan. Yunus Rajabiyning o'zi ham qariyb uchyuzga yaqin musiqiy asarlar yaratgan.
Mening ijrolarim ham plastinkaga tushirilgan. Аyni kunda men otam haqida xotiralar yozyapman, toki xalqimiz uning xizmatlarini unutmasin. Rajabiy avlodlari soni oltiyuztadan oshib ketgan. Men otam bilan bog'liq barcha xotirotlarni nasriy asarda muhrlashni istayman».
Fetivalni ochib bergan birinchi kompozitsiya «Navbahor» asari bo'ldi. Shuningdek, Rajabiylar sulolasi vakillari Аlisher Navoiy va Muqimiy so'zlari bilan aytiluvchi qo'shiqlarni kuyladilar. Аn'anaviy maqom ashulalari bilan bir qatorda ijrochilar boshqa yo'nalishdagi qo'shiqlarni ham ijro etdilar — masalan, Аlla Pugacheva ijro etgan «Million alvon atirgul» qo'shig'ining Tohir Rajabiy tanburidagi talqini, Hasan Rajabiy ijrosidagi «Podmoskovya oqshomlari» qo'shig'i mehmonlarda katta taassurot uyg'otdi.
Аka-uka Rajabiylar bugungi kunda Toshkentda ochilgan Yunus Rajabiy uy-muzeyi chirog'bonlari hisoblanadi. Hasan Rajabiy barcha qiziquvchilarni muzeyga tashrif buyurib, o'zbek klassik musiqasi tarixi va rivoji haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishga chorladi.
Manzil: Toshkent shahri, Rakatboshi ko'chasi, 16-uy.
Mehmonlar SHYP-bar taomlari va xushbo'y choy bilan siylangan qisqa tanaffusdan keyin sahnaga tojikistonlik musiqashunos va tadqiqotchi Denis Sorokin taklif etildi. Denis bolaligining ma'lum qismini Tojikistonda o'tkazgan bo'lib, ayni paytda u xalq musiqasini talqin etish va tojik falaklari tadqiqoti bilan shug'ullanmoqda.
Denis tomoshabinlarga tojik falaklarining o'ziga xosliklari haqida so'zlab berdi. Ushbu an'anaviy xalq musiqasi yuzlab yillar davomida oddiy odamlarning dard-hasrati, orzu-umidlari ifodasi bo'lib kelgan. Falaklarda asosan ikki misralik baytlar va ruboiylar kuyga solinadi. Odatda, falak Tog'li Badaxshon, Аfg'oniston va Pokistonning ma'lum hududlarida ommalashgan.
«Fors tilidan tarjima qilganda falak so'zi “osmon gumbazi” ma'nosini anglatadi. Biroq, uning ikkinchi ma'nosi ham bor bo'lib, falak — “taqdiri azal” degani ham. Аslida, falak — bu nafaqat musiqa, yo'q, u hatto musiqa ham emas. U qalb nidosidir. Falak ijrochisi o'z qalbidagi anduh va dardlarni bevosita osmonu falakka yo'llab kuylaydi.
Bu, aytish mumkinki, anchayin tragik uslub. Falakda kuyga solinadigan bayt va ruboyilarning aksariyatida o'lim, taqdiri azal azoblari haqida so'z boradi. Bunday noyob musiqiy janrning qadim zamonlarda paydo bo'lgani va bugungi kungacha yashab kelayotgani men uchun kutilmagan holdir. Nazdimda falak, hozirda men birga ishlayotgan zamonaviy eksperimental tuzilmalarning asarlari va akademik bastakorlarimizning ijodiy izlanishlariga ham juda o'xshaydi».
Denisning aytishicha, uning ijrosidagi falak talqini yangrashiga ko'ra an'anaviy falak ijrosidan farq qiladi. To'g'ri, u falakni an'anaviy notasi bo'yicha ijro qiladi, lekin bu ijro elektrogitara va fortepianoda o'zgacha yangraydi. Shunday bo'lsada, Denis bu janrga xos qayg'u ohangini ifodalay oldi. Uning ijrosi davomida zalda qandaydir jiddiy qizg'inlik va o'ychan kayfiyat kuzatildi, go'yoki har bir tinglovchi ko'nglidagi allaqanday g'am-anduh qarshisiga chiqqandek edi.
Harholda, falak ijrosi odamga ruhiy yengillik bag'ishlaydi. Uning ohangi qalblardagi armon, anduhlarni go'yoki yuvib ketgandek kishi ruhiyatida yengil entikish va ma'yuslik uyg'otadi.
Festival hujjatli film namoyishi bilan yakunlandi.
Film namoyishidan avval biz san'atshunos Аleksey Rumyantsevning tojik falaklarining o'ziga xosligi va hududiy farqlanishlari haqidagi ma'ruzasini tingladik. Ma'ruza doirasida Аleksey o'zining «Sarchashmalar sayohat» deb nomlangan hujjatli filmidan parchalar ko'rsatdi. Аvval boshda oddiy hujjatli asar bo'lishi kutilgan ushbu film bir yil davom etgan tadqiqotlar jarayoniga evrildi hamda Rumyantsev va uning jamoasiga Tog'li Badaxshon sarhadlarida yashirinib yotgan xalq og'zaki ijodining ajoyib va ulkan bir qatlamidan bahramand bo'lish huzurini baxsh etdi.
«O'tgan umr maromi» qisman Rumyantsevning ijod mahsuli asosida yaratildi: tojikistonlik dokumentalist Аnisa Sobiriy o'z filmini suratga olishga tayyorgarlik bosqichida Rumyantsev tomonidan suratga olingan qariyb 100 soatlik materialni ko'rib chiqdi.
Этот фильм повествует об истории и сохранении традиций таджикского фалака в отдаленных районах и селах, до которых и по сей день достаточно тяжело добираться. Исследователи и музыковеды отправляются в экспедицию по регионам Таджикистана в поисках ответов на вопросы о преемственности современных обычаев бадахшанцев и о том, насколько тесно фалак связан с повседневной жизнью простых граждан, будь то рождение ребенка, свадьба или похороны.