02 май 2023

TBC Bank ikkinchi Toshkent Xalqaro Investitsiya forumida ishtirok etdi

Toshkent Xalqaro Investitsiya forumi doirasida TBC Bank «Bank va moliya: yangi imkoniyatlar» va «Kichik va o'rta biznesni raqamlashtirish: rivojlanish istiqbollari» mavzularida ikki panelli munozaralarda ishtirok etdi. Muhokamalar davomida moliya sohasi vakillari O'zbekiston bank sohasi kelajagiga oid dolzarb bo'lgan rivojlanish istiqbollari, investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, raqamlashtirishni joriy etish muhitini transformatsiya qilish orqali moliyaviy xizmatlar ochiqligi va sifati, shuningdek, uni tartibga solish masalalarini muhokama qildilar.

 

O'zbekistonda bank-moliya sektorini rivojlantirish, jumladan, valyuta bozorini liberallashtirish, davlat banklarini xususiylashtirish va raqamli platformalarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish borasida muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Sektorni raqamlashtirish davr talabi bo'lib, u turli dijital-tizimlar yordamida klassik tranzaksiyalardan tortib kredit olish yoki omonat ochishgacha bo'lgan zarur amaliyotlarni onlayn tarzda tez, samarali va shaffof tarzda bajarishga yordam beradi.

 

TBC Bank O'zbekistondagi birinchi raqamli bank hisoblanib, respublikada bank sektorini dijitalizatsiya qilishda birinchi bo'lgan. Bozorda mavjud bo'lgan 3 yillik faoliyati davomida mobil ilova orqali chakana bank xizmatlarini taklif qilib, innovatsion fintex-platforma yordamida 2,8 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko'rsatmoqda. Mamlakatdagi tartibga solish islohotlari tufayli esa 2022-yil iyul oyidan boshlab u mijozlarning raqamli onboarding qilish tizimiga to'liq o'tdi – bunda xizmatlarni rasmiylashtirish uchun mijozlarning hujjatlarni to'ldirish uchun bank filialiga borishlari shart emas, hammasini masofadan turib, o'z telefoni orqali TBCUZ mobil ilovasida amalga oshirishlari mumkin.

 

forum 02 05 2

Boshqaruv raisi Spartak Tetrashvili bankning rivojlanish dinamikasi haqida ma'lumotlarbilan o'rtoqlashdi, TBC Bank da investorlar uchun strategik ahamiyatga ega bo'lgan TBC «Ornaments» (o'zbek milliy bezaklarining noyob raqamli katalogini yaratish loyihasi) kabi ijtimoiy loyihalar, shuningdek, aholining moliyaviy va ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan «FinEdu» va «EcoEdu» loyihalari haqida so'zlab berdi. Spartak bankning yaqin kelajakdagi rejalari haqida to'xtalib o'tdi: «Bu yil biz kengayishni davom ettiramiz, ilovamiz barqarorligi va ishonchliligini oshiramiz. Mamlakatning borish qiyin bo'lgan hududlariga yanada ko'proq bank xizmatlari ko'rsatiladi. Bundan tashqari, tez orada onlayn-ilovamiz yordamida biz mikrobiznesga ham xizmat ko'rsatamiz».

 

Islohotlarning jadalligi tufayli O'zbekistonda so'nggi yillarda bank sohasida mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Munozara panellarining barcha ishtirokchilari bank sektorini faol rivojlantirish uchun kiberxavfsizlik, aholining moliyaviy savodxonligi, biznes-mijozlarni raqamlashtirishga yanada ko'proq e'tibor qaratish, eng muhimi, bozorda ishtirokchilar sonini ko'paytirish kerak degan fikrga kelishdi.

 

Bularning barchasi mamlakatimizda sog'lom raqobat va banklarning faol rivojlanishiga xizmat qiladi.

 

forum 02 05 3

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Ta'lim · 27 март 2025

Soxta xabarlar, klon saytlar: Fishing nima va firibgarlarning qarmog‘iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Oʻqish
Ta'lim · 28 март 2025

Hamyoningiz uchun moliyaviy yostiqcha: moliyaviy xotirjamlik sari 5 qadam

Oʻqish

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish