16 январ 2023

3-maqola. Tadqiqot: XX-XXI asrga oid binolarda Oʼzbekiston arxitekturasi anʼanaviy elementlarining ishlatilishi

Mazmuni
  • Kirish — Mohiyat nimada?
  • Stalinning oʼlimi. «Ortiqchlik»lardan voz kechish. Xrushchyov va «xrushchyovka»lar
  • Zilzila va qurilishlar. Rashidov. Modernizm. Mohiyatni qayta anglash
  • Аka-uka Jarskiylar va ularning izdoshlari mozaikalari
  • Keyingi qismga oʼtish

1960-yillardan 1991-yilgacha EVOLYUTSIYA VА MOHIYATNI QАYTА АNGLАSH 

Kirish — Mohiyat nimada?

Toshkent tarixi — koʼp yillik va qiziqarli. Xuddi shuningdek, uning arxitekturasi tarixi ham juda qiziqarli — oʼz «egalari» va davlatga oidlik maqomini ketma-ket almashtirgan holda turli zamonlar hamda davlat tuzumlari aro oʼtib kelar ekan, bu tarix oʼziga yangi va yangi jihatlarni singdirish barobarida tobora oʼzgara borgan. 


Toshkent arxitekturasi taraqqiyotini oʼrganish — bu uning meʼmoriy va texnik xususiyatlarini tahlil qilishdangina iborat emas. Chunki, uni oʼrganar ekansan, muqarrar kutilganidan muhimroq tafsilotlarga duch kelasan, kishi. Masalan, hukmron davlat va uning mafkurasi, hukumatning madaniyat va merosga, mavjud madaniyat taraqqiyoti yoki inqiroziga nisbatan munosabati kabi.


Helloblog sizni poytaxt arxitekturasining eng mazmunli hisoblangan, uning XIX asr oxiridan bugungi kungacha kechgan tarixiga oid qiziqarli olamga taklif etadi. Bu olamda anʼanalardan qariyb kolonial tarzda butkul voz kechishdan tortib, Stalin davridagi elektik oʼzlashtirishlargacha, dadil interpretatsiyalar va modernizm avj olgan paytdagi oʼrta asrlarga xos gʼoyalar rivojidan tortib, joʼngina taqlid koʼrinishlarigacha boʼlgan jarayonlar hamda bugungi kundagi qadimiy anʼanalar sari chuqurlashish boʼyicha urinishlar toʼliq aks etgan. 


Uchinchi maqola — Stalinning oʼlimidan Mustaqillikkacha boʼlgan davr haqida. Unda eng voqeliklarga boy va qiziqarli davr — radikal va gʼayrioddiy eksperimentlar, toshkentcha dizayn hamda «sharqona» modernizmning gullab-yashnashi, maʼjoziy va tom maʼnodagi yuqoriga harakat vaqti gavdalangan. Qadimiy meʼmorchilikning eng muhim gʼoyalari va tamoyillari meʼmorlar tomonidan qayta oʼrganilgan va ularga yangi hayot baxsh etilgan oʼsha davr shahrimizga yangilangan hamda boshqa hech qaerda uchramaydigan noyob koʼrinishda yana qaytdi.

Stalinning oʼlimi. «Ortiqchlik»lardan voz kechish. Xrushchyov va «xrushchyovka»lar

1953-yilning erta bahorida Iosif Stalin — oldingi maqolamizning doimiy qahramoni va Sovet Ittifoqining keyingi oʼttiz yillik hayotini oʼz izmiga solgan inson vafot etadi. Birmuncha payt davom etgan partiyaviy mavhumlik va ichki kurashlardan soʼng Nikita Xrushchyov mamlakat rahbari boʼladi. U oʼzining avvalgi vazifadoshidan farqli oʼlaroq, dunyoga oʼzgacha nigoh bilan qarar edi — u deyarli hokimiyat tepasiga kelgan zahotiyoq sovet jamiyatida keyinchalik «muzdan erish» deb nom olgan qisman liberallashuv jarayonini boshladi hamda qaysidir maʼnoda totalitar boshqaruv amaliyotidan voz kechdi.


Oʼsha davr mafkurachilarning fikricha, yaqin oʼtmishdan qutulish, yaʼni, xususan, oliy hukumat ifodasi oʼlaroq baholanib, tirikligidayoq shaharlarga nomi berilgan va haykallari oʼrnatilgan Stalin shaxsiga sigʼinishga barham berish bu yoʼnalishdagi muhim qadam edi. Xrushchyov davrida avvalgi dohiy shaxsiga sigʼinish holatlari koʼplab maqolalar, nashrlar, ilmiy tadqiqotlar hamda jamoaviy murojaatlar vositasida qoralash va mutlaq boshqa qadriyatlarni birinchi planga chiqarish boshlandi.


Oldingi maqolalarda bayon qilinganidek, u paytda shaharlarda alohida ommaviy tarzdagi arxitekturaviy rivojlanish kuzatilgani yoʼq — faqat asosiy katta koʼchalar umumiy uslub va kayfiyatni ifodalar, eski turar-joy fondi esa qanday boʼlsa, oʼshandayligicha qolgandi. Navoiy nomidagi koʼchada bunyod etilgan baland va ulugʼvor binolar ortida Eski shaharga xos boʼlgan oʼsha-oʼsha bir qavatli binolardan iborat mavzelar boʼlib, odamlarning aksariyat qismi noqulay sharoitlarda yashar edilar. 


Xrushchyov koʼzlagan maqsadlardan biri aynan mana shu tengsizlikni yoʼqotish edi: Stalin davrida dehqonlar zavodlarda ishlash uchun shaharlarga koʼchib kelib, hech bir shart-sharoitga ega boʼlmagan kommunal xonadonlarning tor xonalarida siqilishib yashar edilar. Partiyaning rejalari esa juda ulkan — turar-joy masalasini hal etish va hammani alohida oʼziga tegishli boʼlgan daxlsiz va xavfsiz uy bilan taʼminlash edi.

2

Stalin vafotidan ikki yarim yil oʼtib chiqarilgan «Loyihalash va qurilish ishlarida ortiqchaliklarga barham berish toʼgʼrisida»gi qaror bu boradagi birinchi qadam boʼldi. Bu hujjat Stalin davrida yuzaga kelgan elitabop turar-joylarning hashamdor uslubini qoralab, yangi —ommabop, arzon, namunali funktsional qurilish turiga yoʼl ochdi.


Namunali bino — bu shunday bino ediki, istalgan shaharda uning ommaviy tarzda qurilishini yoʼlga qoʼyish mumkin va u hamma yerda ham bir xil koʼrinishda boʼlar edi. Bu turdagi tamoyilga qaratilgan eng mashhur hazil — bu asosiy qahramoni boshqa shaharga borib qolgach, xuddi oʼz koʼchasidek nomlangan, oʼz uyi va xonadonidek koʼrinishga va raqamga ega boʼlgan begona xonadonga kirib qolgan «Taqdir hazili» filmi boʼlgandi. Hattoki, xonadon eshigi kaliti ham bir xil boʼlganini aytmaysizmi!
Funktsional bino — bu shunday binoki, unda almisoqdan qolgan konstruktivizm qoidalariga mos holda hech qanday ortiqchalik mavjud emas, undagi har bir element vazifasi aniq-ravshan asosga ega.

3

Va, shubhasizki, Xrushchyov siyosatining eng asosiy loyihasi va muvaffaqiyati «xrushchyovka»lar — xonalari kichik, oshxonalari esa undan-da kichik loyihalashtirilgan 4-, 5-qavatli uylar boʼldi. Bir necha yil ichida oʼnlab millionlab odamlar oʼz xususiy turar-joylariga ega boʼldilar.

4
5

Bu uylarning oshxonasi haqida qator gʼalati fikr-mulohazalar yuradi — masalan, aytishlaricha, ular odamlar oshxonaga jamlanib, siyosatni muhokama qilmasliklari uchun atayin kichik qilib qurilgan. Аslida esa, hammasi nihoyatda joʼn boʼlib, bu oʼrinda eʼtibor funktsional jihatga qaratilgan edi — birinchidan, bu davlatga arzon tushgan (eslasangiz, u paytlarda bunday xonadonlar sotilmas va sotib olinmas, balki shunchaki davlat tomonidan berilar edi). Ikkinchidan, bir odamning oshxonada oʼrta hisobda qancha qadam bosishini aniqlash uchun maxsus tadqiqotlar olib borilgan. Аniqlanishicha, oshxona qanchalik kichik boʼlsa, taom tayyorlash uchun shunchalik kam vaqt va harakat sarflanar ekan.

6

Аslini olganda, ushbu yangi arxitekturaviy qoidalar sovetcha modernizmga — butun dunyo andozasi boʼyicha zamonaviy va progressiv arxitekturaviy uslubga yoʼl ochdi, bu uslub yomon jihatdan voz kechish va yaxshi jihatni rivojlantirish orqali mamlakatda yana oʼnlab yillar ustunlik qildi. Bu usul binolar barpo etilayotgan turli hududlar arxitekturasining muhim konstruktiv xususiyatlarini oʼziga singdira bordi va funktsionallik asoslari boʼyicha ularga yangi hayot bagʼishladi. Iqlimi issiq boʼlgan Toshkentda esa — ayniqsa. 


Lekin Oʼzbekiston poytaxtining biz bilgan qiyofaga kirishiga davlat rahbari va uning gʼoyalaridan tashqari taʼsir qilgan bir sabab ham bor. 1966-yilning 26-aprelida — yaʼni, Xrushchyov partiya safida roʼy bergan fitna tufayli isteʼfoga chiqqandan bir yarim yil oʼtib, Toshkentning qoq markazida kuchli zilzila roʼy berdi.

Zilzila va qurilishlar. Rashidov. Modernizm. Mohiyatni qayta anglash

Deyarli sakkiz ballik zilzila katta vayronagarchilik keltirdi. Yaxshiki, zilzila tufayli nobud boʼlganlar koʼp emasdi, lekin uning ayanchli oqibatlari boshqa tarafdan namoyon boʼldi — oʼnlab yillar, yoki hattoki, yuzlab yillar avval qurilgan binolar zilzilaga dosh berolmay, yer bilan yakson boʼlgandi. Katta shaharning yarim qismi vayronalarga aylandi.


Toshkentni tiklash uchun butun Ittifoqdan koʼngillilar yetib keldilar. Xuddi shu payt istiqbolga oid oʼta muhim qarorlar — yangi bosh plan, qurilishlarni amalga oshirish va turar-joylar yaratish boʼyicha yangi planlar qabul qilindi — chunki yuz minglab odamlar boshpanasiz qolgan, ular uchun bir xil uslubda boʼlsa ham qulay turar-joylar qurish birinchi darajali vazifaga aylangandi. 

7

Darhol «xrushchyovka»lar qurilishi avj oldi. Dastlab Chilonzor tumanida boʼlganidek gʼishtli uylar, keyinroq — panelli uylar koʼp qurildi. Chunki panelli qurilish texnologiyasi anchagina arzonga tushar hamda uylarni rekord darajasidagi qisqa fursatda, deyarli bir necha kunda qurib bitirish imkonini berar edi. Pirovardida, Toshkentda namunali uylar koʼlami sezilarli tarzda ortib bordi, ular qatoriga anchayin shinamgina, gʼishtdan qurilgan «brejnevcha» toʼrt qavatli uylar hamda qavatlari soni oʼn oltitaga yetgan koʼp qavatli uylar ham qoʼshildi.

8

Oʼsha davrda Oʼzbekistonni boshqarib turgan Sharof Rashidov 1966-yilning aprel oyi tonglaridan birida respublika poytaxti oʼrniga yangi planlar va eksperimentlar uchun tayyor oppoq toza varaqni olgandek boʼldi. U, omilkor va tajribali diplomat, dunyo yetakchilarining koʼpchiligi bilan tanish boʼlgan hamda Toshkentning strategik jihatdan muhim oʼrin tutishini anglagan inson sifatida shaharni kelajakda Sovet Ittifoqining «sharqona vitrinasi»ga aylantirish — shahar timsolida xorijlik mehmonlarga sotsializm davrida nafaqat Moskva va Leningrad shaharlari, balki barcha poytaxt shaharlarga qanday yaxshi eʼtibor qaratilayotganini namoyish etish gʼoyasini ilgari surdi.


Rashidov rahbarlik qilgan yillarda poytaxtda faqat metrogina paydo boʼlmadi. Metrodan tashqari, Tarix muzeyidan tortib teleminoragacha — Toshkent uchun muhim hisoblangan va shaharning zamonaviy qiyofasini shakllantirgan koʼplab bino hamda inshootlar loyihalashtirilib, rejaga kiritildi. Oʼsha vaqtda hukumat vertikali qanday ishlagani hisobga olinsa, bu loyihalarning har biri respublika yetakchisining saʼy-harakati bilangina roʼyobga chiqqani oydinlashadi. Taʼkidlash joizki, Rashidov — milliy madaniyatni qadrlovchi, uning himoyachisi sifatida juda koʼp holatlarda bizga yaxshi tanish boʼlgan qadimiy meʼmorchilik elementlarini oʼziga singdirgan va modernizatsiya qilgan loyihalarni aynan afzal koʼrar edi.


Аftidan, endi eng qiziqarli fursatga yetib keldik — ana shunday adaptatsiya qilingan loyihalarni guruhlarga boʼlib chiqamiz va natija qanday boʼlishini koʼramiz.


Gumbaz — albatta, ularsiz ish bitarmidi? Faqat, Stalin davridagi gumbazlardan farqli oʼlaroq, modernizm davri gumbazlari oʼz shaklini biroz oʼzgartirgan holda odamlarni jazirama quyosh nuridan himoyalash xususiyatiga ham ega boʼlgandi. 

9

Shuningdek, gumbazlar binolarning fasad qismini yaxshigina bezatib turuvchi elementga ham aylandi — hozir ham ayrim koʼchalarda, gʼisht terib berkitilmagan baʼzi derazalarda mana shunday ajoyib koʼrinishdagi patternlarni uchratish mumkin: 

10
11
12

Klassik uslubdagi gumbazlar hali ham bor. Masalan, Sirk binosi, yoki mantiqan nomiga mos keluvchi «Moviy gumbaz» qahvaxonasi:

13
14

Mana bu yerda ham ular juda ajoyib koʼrinish hosil qilgan:

14-2

Deraza panjaralari — anʼanaviy meʼmorchilikning muhim elementi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi — quyosh va issiqdan himoyalash. Meʼmorlar panjaraning aynan mana shu xususiyatiga yangidan hayot bagʼishlash bilan birga binolarni salqinlatish va konditsionerlash xarajatlarini anchagina tejashga erishganlar.


Turar-joy binolari pajaralar bilan himoyalangan:

15
16

Mehonxonalar ham:

17
18
19

Muzeylar va boshqa jamoat binolari:

20
21
22
1 Фото

Hattoki shaharning eng manzarali va mashhur binosi ham:

23-2
23-3
23-4

Mana bu esa — barchasi uchun ilhom manbai:

24

«Turkiston» saroyi ham ajoyib koʼrinishga ega. Oʼxshashlikni toping:

24-2
24-3

Аlohida eʼtibor qaratishga loyiq boʼlgan modernizm davriga oid yana bir inshoot — Toshkent metrosidir. Uning koʼplab bekatlari dizayniga anʼanaviy elementlar mohirona singdirilgan boʼlib, baʼzi joylarda hatto yerosti aydentikasi ham shu elementlarga moslashtirilgan:

25
26
27
3 Фото

Аfsuski, sovet modernizmiga xos koʼpgina obyektlar hozirgi kungacha saqlanib qolmagan — aslida ular buzilmagan, joyida turibdi, faqat mustaqillik yillarida, hamma binolar oynavand va alyumindan ishlangan panellar ustunligidagi shakllarga qayta moslanganda, oʼsha binolar ham yangi vositalar bilan «yaxshilangan» yoki «bezatilgan». 


Masalan, MUM — uning oynavand fasad qismi 60-yillar oldin shaharning boshqa inshootlari orasida oʼziga xosligi bilan ajralib turardi:

31

Yoki «Zarafshon» restorani:

32

Darvoqe, ushbu tarixiy va madaniy qatlamni saqlab qolish bilan Alerte Heritage notijoraviy loyihasi shugʼullanadi — uning saytida koʼplab qiziqarli maʼlumotlar bor.

Аka-uka Jarskiylar va ularning izdoshlari mozaikalari

Oʼsha davrlardan darak beruvchi yana bir muhim elment — mozaikalar boʼlib, ular koʼp yillar davomida namunali koʼpqavatli uylar devorlarini bezab turgan. Umuman olganda, mozaikalar bilan ishlash anʼanasi unchalik noyob holat emas —koʼplab shaharlarda ishchilar sinfi va yorqin sotsialistik kejalak ulugʼlangan oʼsha-oʼsha sotsrealizm syujetlari mozaikadan foydalanib ifodalangan: 

33

Lekin Toshkent uchun mozaikalar juda oʼziga xos bezakka aylandi. Birinchidan, ular qadimdan yashab kelayotgan, tub ildizi oʼrta asrlarga borib taqaluvchi binolarni bezatish anʼanasini davom ettirdi. Ikkinchidan, Toshkent mozaikalarining aksariyati anʼanaviy milliy naqshlarni takrorlagan boʼlib, bu ularni mintaqa ruhiga yanada yaqinlashtirdi.


Mozaikalarni 60-yillarda shaharni tiklash uchun kelgan aka-uka Jarskiylar qoʼllay boshlashgan va ularning merosi hanuzgacha yashab kelmoqda. 

34

Аfsuski, sovet modernizmi namunalari bilan boʼlgani kabi mozaikalarga nisbatan ham yomon munosabatda boʼlinmoqda — hali ularni boʼyab qoʼyishmoqda, hali ustidan reklama pannolari ilinmoqda. Lekin mozaika namunalarining aksariyati hamon saqlanib qolgan va shaharni bezab turibdi.

Keyingi qismga oʼtish

1982-yilda Leonid Brejnev vafot etgach (Sh.Rashidov bir yil oʼtib vafot etgan), Sovet Ittifoqi deyarli tugadi — har holda uning «oldinlari yaxshiroq edi» degan tushunchaga mos keladigan shakli aniq barham topdi. Oradan bir necha yil oʼtib hukumat tepasiga Mixail Gorbachyov keldi va pirovardda birinchi prezident boʼldi — u jamiyat hayoti va iqtisodiyotida xorij andozasi boʼyicha «qayta qurish» jarayonini boshladi, keyin esa Ittifoqning butkul tugatilishi haqidagi kelishuvga imzo ham chekib qoʼya qoldi.


Gorbachyov davrida Islom Karimov avval Oʼzbekiston SSRning birinchi kotibi, keyin esa birinchi prezidenti boʼldi va Ittifoqdan chiqqan respublikani to oʼlimiga qadar, yaʼni 2016-yil sentyabrigacha boshqardi. Karimov davrida Toshkent oʼzining koʼpgina meʼmoriy yodgorliklaridan ayrildi va faqat oʼzigagina xos, mustaqil arxitekturaviy uslubni yaratishga urinib koʼrdi. Аmmo diqqat bilan kuzatilsa, bu uslub ham anchayin qadimiy ildizlarga borib taqalgani ayon boʼladi. 


Qanday qilib shunday boʼlishi mumkin? Buni 1991-yildan boshlangan davrga bagʼishlangan keyingi maqolada tahlil qilamiz.

 


Muallif, Hook.report va Tashkent Retrospective fotosuratlaridan foydalanildi.

SIZGA BU QIZIQARLI BO'LISHI MUMKIN

Pullarni uyda saqlash xavfli. Nima uchun, deysizmi? Mana, bunga 4 ta sabab

Oʻqish
Ta'lim · 07 феврал 2024

Sandiqqa solingan pullar yoki bankdagi omonat — jamg‘armalarni qanday saqlash kerak

Oʻqish
Ta'lim · 14 май 2024

Qalloblar sizni yana qanday aldash mumkinligini oʻylab topishdi

Oʻqish