kelgan va tugagan vaqtdan boshlab 5 (besh) kalendar kundan kechiktirmay yozma ravishda
xabardor qilishi shart.
16-bob. Mijoz ma’lumotlari va maxfiylik
16.1. Ushbu bilan Mijoz uning har qanday shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan mijozning biometrik,
maxsus shaxsiy ma’lumotlarini (Shaxsga doir ma’lumotlar) BSH maqsadlarida, xususan, BSh
bo‘yicha majburiyatlar Bank va Mijoz tomonidan joriy va kelajakda bajarilishini nazorat qilish
va oldindan aytib berish, Mijozning moliyaviy va mulkiy holatini, BSh mavzusiga tegishli
bo‘lgan qismida Mijozning uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini tekshirish, shuningdek,
Bank tomonidan statistik va/yoki marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va/yoki Mijozni Bankning
yangi mahsulotlari/xizmatlari va Bank hamkorlari haqida xabardor qilish uchun qayta ishlashga
rozilik beradi.
16.2. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish Bank, uning affilangan shaxslari, Bank bilan bog‘liq
shaxslar va Bank tomonidan vakolat berilgan boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi hududida ham, undan tashqarida ham Mijozning shaxsiy ma’lumotlariga
avtomatlashtirilgan tarzda, shuningdek avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan ishlov
berish, ya’ni har qanday manbalardan yig‘ish, yozish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash,
aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish, to‘ldirish), olish, tizimlashtirish, foydalanish, taqdim
etish, tarqatish, uzatish (shu jumladan, shaxsga doir ma’lumotlar subyektlarining huquqlarini
yetarli darajada himoya qilishni ta’minlaydigan yoki ta’minlamaydigan xorijiy davlatlar
hududiga), Internet tarmog‘ining umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan resurslarida - Bank veb-
saytlari sahifalarida joylashtirish, egasizlantirish va yo‘q qilishni o‘z ichiga oladi.
16.3. Mijoz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida Bankning ixtiyoriga ko‘ra, Mijozga
tegishli har qanday ma’lumotni (shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni) istalgan vaqtda va
istalgan manbadan hamda istalgan miqdorda talab etish huquqini Bankka berish uchun Mijoz oʻz
roziligini beradi. Ushbu ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumotlar subyektlarining huquqlarini
yetarli darajada himoya qilishni ta’minlaydigan yoki ta’minlamaydigan uchinchi shaxslarga, shu
jumladan xorijiy davlatlar hududiga, tanishish, taqqoslash, tekshirish, tahlil qilish, saqlash,
uzatish (O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida), qonuniy va/yoki shartnoma
majburiyatlarini bajarish maqsadida so‘raladi.
16.4. Mazkur BShning 16.14-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston
Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida, shu jumladan shaxsga doir
ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan vositalaridan foydalangan holda,
shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish vositalaridan
foydalanmasdan Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish Bank tomonidan, shu jumladan
tegishli/affilangan shaxslar, Bankning huquqiy vorislari yoki Bank tomonidan vakolat berilgan
boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligiga Mijoz oʻz roziligini bildiradi.
16.5. BShni amalga oshirish maqsadida Mijoz, u bilan aloqani har qanday tarzda, jumladan, telefon
qoʻngʻiroqlari, SMS-xabarlar va/yoki elektron pochta xabarlarini joʻnatish uchun uning aloqa
ma’lumotlaridan foydalanishga rozilik bildiradi va Bankdan, shu jumladan mobil operator orqali
mobil qurilmadan kelgan SMS-xabarnoma xizmatini oʻchirmaslik majburiyatini oladi.