“Doʻstingni taklif qil va pul mukofotiga ega boʻl”
referal dasturni oʻtkazish qoidalari
1. UMUMIY SHARTLAR
1.1. “TBC Bank” ATB ning mazkur “Referal dastur qoidalar”i (keyingi oʻrinlarda “Dastur” deb ataladi) Bank
mijozlarining Dasturda ishtirok etish shartlari va tartibini belgilaydi.
1.2. Mazkur Dastur lotereya emas yoki Dasturdagi ishtiroki bilan bogʻliq Dastur ishtirokchilarining mulkiy
xavf-xatarlarga ega boʻlishi mumkin boʻlgan, tavakkalchilik asosida oʻynaladigan oʻyin emas. Dasturni
oʻtkazish jarayoni uning ishtirokchilari tomonidan taqdim etadigan hech bir toʻlovlari bilan bogʻliq emas.
1.3. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-moddasiga va 369-moddasiga
muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Mazkur Qoidalar Bankning quyidagi rasmiy vebsaytida
joylashtirilgan www.tbcbank.uz.
1.4. Dasturni oʻtkazish muddati: 2023 yil 10 fevraldan 2023 yil 10 martgacha, shu jumladan.
1.5. Dasturni oʻtkazish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi hududi.
1.6. Dasturdan tasdiqlangan xolis mijozlar foydalanishi mumkin.
2. ATAMALAR VA TARIFLAR
Bank
“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki
Dastur
“TBC Bank” ATB ning “Referal dastur”i
Bank mijozi
Bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs
Ishtirokchi
Bank mijozi, Dastur ishtirokchisi
Havola
Taklif etilgan foydalanuvchi boʻlishiga imkon beruvchi giperhavola. Har bir
Taklif qiluvchi ishtirokchiga alohida beriladi.
Promokod
Taklif etilgan foydalanuvchi boʻlishiga imkon beruvchi shaxsiy kod. Har bir
taklif etiluvchiga alohida beriladi. Undan faqat Ilovada roʻyxatdan oʻtish
vaqtida foydalanish mumkin.
Taklif qiluvchi ishtirokchi
Shaxsiy havola yoki promokodni yuborish orqali boshqa foydalanuvchilarni
taklif qilgan dastur ishtirokchisi
Taklif qilingan
foydalanuvchi
Taklif qiluvchi ishtirokchi yuborgan havola yoki promokoddan foydalanib,
Ilovada roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi
Ilova
TBC UZ mobil ilovasi
“Doʻstni taklif qilish”
boʻlimi
Ilovadagi boʻlim. Dasturda ishtirok eta oladigan foydalanuvchilar uchun
moʻljallangan.
Depozit
Bank mahsuloti. Bankka qoʻyiladigan omonat.
Kredit
Bank mahsuloti. Bank mijoziga Bank tomonidan taqdim etiladigan qarz
3. DASTUR TASHKILOTCHISI
3.1. Dastur tashkilotchisi “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki.
3.2. Bank manzili: 100015, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi,
10B.
4. DASTURDA ISHTIROK ETISH TARTIBI
4.1. Mijoz Ishtirokchiga aylanishi uchun mazkur Qoidalarning 1.6-bandiga muvofiq shartlarga rioya qilishi
kerak.
4.2. Dastur Ishtirokchilari “Doʻstni taklif qilish” boʻlimidan foydalana oladilar.
4.3. “Doʻstni taklif qilish” boʻlimiga kirgan holda Ishtirokchi shaxsiy promokodidan nusxa olib, uni yuborish,
shuningdek, shaxsiy havolasi bilan boʻlishish imkoniyatiga ega.
4.4. Roʻyxatdan oʻtgandan keyin birinchi 24 soat mobaynida olgan promokodni yoki roʻyxatdan oʻtish uchun
havolani kiritish orqali boshqa foydalanuvchilar Taklif etilganlar sifatida ishtirok etish imkoniyatiga ega
boʻladilar.
4.5. Mukofot pulini olish uchun Ishtirokchi, taklif etilgan Foydalanuvchi TBC UZ ilovasida
identifikatsiyalash/tasdiqlash jarayonidan oʻtishi, tasdiqlanganidan soʻng bir hafta ichida kamida 3 000 000
soʻm kredit olishi kerak.
4.6. Barcha shartlar bajarilganidan soʻng, taklif etuvchi Ishtirokchi 100 000,00 soʻm miqdorida mukofot pulini
oladi.
4.7. Har bir taklif etayotgan Ishtirokchi cheklangan holda 5 ta foydalanuvchini taklif etishi mumkin.
4.8. Bankning xodimlari va vakillari, affilangan shaxslar va ularning oila azolari Dasturda ishtirok etishiga
ruxsat berilmaydi.
4.9. Mazkur Dastur doirasida taklif etilgan Foydalanuvchining bazi malumotlari (shaxsiy ma’lumotlarni
koʻrsatmasdan) mukofot tartibining shaffofligini taminlash uchun taklif qiluvchi Ishtirokchiga koʻrinishi
mumkin.
5. MUKOFOTLASH TARTIBI
5.1. Dasturning pul mukofoti 100 000 (yuz ming) soʻm deb belgilangan.
5.2. Mukofot puli Ishtirokchining joriy yoki karta hisobvaragʻiga Dasturning barcha shartlari bajarilgan vaqtdan
boshlab 5 ish kunidan kechiktirmagan holda oʻtkaziladi.
5.3. Ishtirokchi pul mukofotini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan barcha maqsadlar
uchun sarflashi mumkin.
5.4. Taqdim etilgan pul mukofotiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 369-moddasi, 2-
qism, 14-bandiga muvofiq soliq solinmaydi.
5.5. Bank har bir Ishtirokchini pul mukofoti haqiqatda oʻtkazilganligi haqida SMS-xabar va/yoki Ilovadagi
Push-xabar yordamida malum qiladi.
6. ISHTIROKCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6.1. Ishtirokchi quyidagi huquqlarga ega:
- Dastur haqida toʻliq hajmda va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda ma’lumotlarni olish;
- Ushbu Qoidalarga muvofiq pul mukofotini olish.
6.2. Dasturda ishtirok etish avtomatik ravishda mazkur Qoidalar bilan Dastur ishtirokchilarining tanishib
chiqqanini va toʻliq roziligini anglatadi. Bank mijozi havola yoki promokodni yuborishi orqali doʻstlarini
taklif qilib, ushbu Qoidalarga va Dastur shartlariga rozilik bildiradi.
7. BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.1. Bank Dasturni oʻtkazishi, shuningdek, ushbu Qoidalarga muvofiq pul mukofotini taqdim etishi shart.
7.2. Agar Dasturni toʻxtatib turish haqida qaror qabul qilingan boʻlsa, uning ishtirokchilari bu haqida 10
kalendar kun ichida ogohlantiriladi. Dastur toʻxtatilsa va/yoki bekor qilinsa, uning ishtirokchilari bu haqida
SMS va/yoki ilovadagi Push-xabarlar orqali xabardor qilinadi.
7.3. Dastur ishtirokchilarini identifikatsiya qilish maqsadida hamda amaldagi qonun hujjatlari doirasida
Dasturni oʻtkazish uchun Bank soʻrov asosida shaxsiy ma’lumotlarni yigʻish yoxud boshqa ma’lumotlarni
va hujjatlarni toʻplash huquqiga ega.
7.4. Bank quyidagi Internet vebsaytida https://tbcbank.uz/ hamda Bank ofislarida Dastur haqidagi qoʻshimcha
ma’lumotlarni chop etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
8. JAVOBGARLIK
8.1. Mukofot pulini oʻtkazish boʻyicha Bankning Dastur ishtirokchisi oldidagi majburiyati Ishtirokchining joriy
yoki karta hisobvaragʻiga kelib tushgan vaqtda bajarilgan hisoblanadi.
8.2. Mazkur Qoidalar Bankning quyidagi rasmiy vebsaytida joylashtirilgan - www.tbcbank.uz.
“TBC Bank” ATB “TBC Stars” dasturining
QOIDA VA SHARTLARI
1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Bank
“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki (keyingi oʻrinlarda “Bank” deb ataladi).
Boshqaruv
“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi
TBC Stars
TBC UZ ilovada dasturning tijorat nomi (keyingi oʻrinlarda “Dastur” deb ataladi).
Bank mijozi
Bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs.
Yetakchilar jadvali
Saralash Davrida Bankning eng faol mijozlari koʻrsatilgan reyting. Mazkur Qoidalarning
Ilovasida keltirilgan.
Missiya
Yulduzlarga ega boʻlish uchun Bank mijozlari tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlgan
harakatlar.
Yulduzlar
Bu ballar hisoblanib, ular asosida Yetakchilar jadvalida Bank mijozlari ma’lum bir
oʻrinlarga taqsimlanadilar.
Dastur Davri
Ushbu Qoidalar Ilovasining 1-bandida koʻrsatilgan Dasturning amal qilish muddati.
Sovrinlar jamgʻarmasi
Dastur muddati davomida gʻoliblarga pul koʻrinishida mukofotlar.
Dastur Ishtirokchisi
“TBC Stars” Dasturi Dastur Qoidalarini qabul qilgan Bank mijozi.
2. UMUMIY QOIDALAR
2.1. “TBC Stars” dasturining mazkur Qoidalari va Shartlari (keyingi oʻrinlarda “Qoidalar” deb ataladi) Bank
mijozlarining “TBC Stars” dasturida ishtirok etish shartlari va tartibini belgilaydi.
2.2. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-moddasi va 369-moddasiga muvofiq
ommaviy oferta hisoblanadi. Mazkur Qoidalar Bankning rasmiy vebsaytida joylashtirilgan
www.tbcbank.uz.
2.3. “TBC Stars” da har bir Saralash Davri uchun Bankning eng faol Mijozlari orasida taqsimlanadigan pul
sovrinlar koʻzda tutilgan.
2.4. Dasturning oʻtkazish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi hududi.
2.5. Dastur uning amal qilish muddati davomida amal qiladi va muddati tugaganidan soʻng avtomat ravishda
yakunlanadi.
2.6. Ushbu Dastur lotereya yoki boshqa xavfga asoslangan oʻyin emas, unda Dastur ishtirokchilari Dasturda
ishtirok etish bilan bogʻliq mulkiy xavflarga ega emaslar. Dasturni oʻtkazish jarayoni ishtirokchilar
tomonidan biron bir toʻlovni toʻlash bilan bogʻliq emas.
2.7. Ushbu Qoidalarni qabul qilgan holda, Bank mijozi ushbu Dastur shartlariga rozi boʻladi.
3. ISHTIROKCHILAR VA DASTURDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
3.1. TBC UZ mobil ilovasini oʻrnatib, undan foydalanib kelayotgan Bankning identifikatsiyalangan barcha
mijozi Dastur ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
3.2. Dasturda ishtirok etish uchun soʻrov berish talab qilinmaydi, ushbu Qoidalar TBC UZ mobil ilovasida
roʻyxatdan oʻtish jarayonida Bankning identifikatsiyalangan mijozi tomonidan qabul qilinadi va u avtomat
ravishda uning ishtirokchisiga aylanadi.
3.3. Qoidalar kuchga kirguniga qadar roʻyxatdan oʻtgan identifikatsiyalangan Bankning mijozlari TBC UZ
ilovasidan foydalanishni davom ettirish orqali ushbu Dastur ishtirokchisiga aylanadilar va bu haqida ilovada
SMS va/yoki Push-xabarnoma orqali ogohlantiriladilar.
4. DASTURNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI VA SOVRINLARNI
TAQSIMLASH TARTIB-TAOMILI
4.1. Dastur ishtirokchilari turli missiyalarni bajarish orqali yulduzlarni toʻplaydilar. Missiyalar roʻyxati,
Yetakchilar jadvali va pul mukofotlarini yutib olish shartlari ushbu Qoidalarning ilovasida keltirilgan.
4.2. Saralash Davri gʻoliblari Yetakchilar jadvaliga kirgan, yani Saralash Davri oxirida eng koʻp yulduzlarni
toʻplagan ishtirokchilar hisoblanadi. Har bir Saralash Davri uchun Yetakchilar jadvali va tegishli sovrinlar
TBC UZ mobil ilovasida TBC Stars boʻlimida koʻrsatilgan.
4.3. Ishtirokchi tomonidan joriy Saralash Davri uchun toʻplangan yulduzlarning joriy sonini TBC UZ
ilovasining bosh sahifasida, shuningdek, TBC UZ ilovasining TBC Stars boʻlimida koʻrish mumkin.
4.4. Agar Saralash Davrining oxirida ikkita ishtirokchi bir xil miqdorda yulduzlarni toʻplagan boʻlsa, u holda
ushbu Davrda boshqa Ishtirokchilardan oldinroq Yulduzlarni toʻplagan shaxs gʻolib deb hisoblanadi.
Gʻolibning Yetakchilar jadvalidagi aniq oʻrnini TBC UZ ilovasida TBC Stars boʻlimida koʻrish mumkin.
4.5. Dastur muddatida toʻplangan yulduzlar Dastur muddati oxirida bekor qilinadi.
5. SOVRINLARNI OLISH TARTIBI VA MUDDATLARI
5.1. Bank har bir g‘olib Ishtirokchini Sovrin yutganligi to‘g‘risida SMS va/yoki mobil ilovadagi Push-
xabarnomalar orqali, shuningdek, Bankning boshqa aloqa kanallari orqali xabardor qiladi. Bank yutuq
oʻyinlari natijalari e’lon qilingan kundan boshlab oʻn toʻrt bank kuni ichida Sovrinni dastur gʻoliblariga
topshirishga haqli.
5.2. Mukofot pul mablagʻlari joriy Saralash Davri tugaganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda
Bank Mijozining joriy karta hisobvaragʻiga va/yoki virtual karta hisobiga oʻtkaziladi.
5.3. Mukofot pul mablagʻlarini Bank Mijozi zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
istalgan maqsadlar uchun sarflashi mumkin.
5.4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 369-moddasi, ikkinchi qism, 14-bandiga muvofiq olingan
mukofot pul mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.
6. BOSHQA SHARTLAR
6.1. Mazkur Qoidalar Bankning rasmiy vebsaytida joylashtirilgan - www.tbcbank.uz
6.2. Dastur ishtirokchilari yuqorida koʻrsatilgan saytga kiritilib borilayotgan tegishli oʻzgarishlarni (yuqorida
koʻrsatilgan havola orqali kirib) tekshirib, mustaqil ravishda Dasturning shartlarini kuzatib borishi shart.
6.3. Bank Mijozi TBC UZ mobil ilovasida TBC Stars “Qoidalar” boʻlimida “Dasturni tark etish” tugmasini
bosish orqali ushbu dasturda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega.
6.4. Agar Mijoz tomonidan missiyalarni bajarish vaqtida Bank shubhali tranzaksiyalar/harakatlarni aniqlasa
yoki Mijoz tomonidan amaldagi qonunchilikka va Bankning har qanday shartnomalariga zid boʻlgan
noqonuniy yoki firibgarlik xatti-harakatlarini amalga oshirishda gumon qilinayotgan boʻlsa, Bank Mijozga
mukofotlarning biron-birini taqdim etish yoki topshirishdan bosh tortish huquqiga ega va/yoki bunday
tranzaksiyalar/harakatlar uchun berilgan yulduzlarni bekor qilishga haqli.
7. JAVOBGARLIK
7.1. Dasturning ishtirokchilariga sovrinni taqdim etish yoki topshirish boʻyicha Bankning majburiyati uni
Mijozning hisob raqamlaridan biriga oʻtkazilishi amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
7.2. Ushbu Qoidalarning amal qilish muddati mobaynida tizimlarda roʻy bergan texnik muammolar, nosozliklar,
xatolar tufayli yuzaga kelgan ushbu Qoidalar boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik holatlari uchun Bank
javobgar emas.
7.3. 7.2-bandda koʻrsatilgan holatlar roʻy bersa, Bank oʻzining texnik tizimlarida yuzaga kelgan xatolar,
nosozliklar, muammolarni bartaraf etish muddatlari va sanalarini mustaqil ravishda belgilash huquqini
oʻzida saqlab qoladi.
7.4. Qoidalarning shartlarini uchinchi shaxslarning qasddan va/yoki qasddan boʻlmagan harakatlari natijasida
Bank tomonidan amalga oshirish imkoni boʻlmagan taqdirda, Bank javobgar boʻlmaydi.
7.5. Ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan barcha boshqa holatlarga nisbatan Bankning Bosh shartlari
hamda Bank va Bank Mijozi oʻrtasida tuzilgan boshqa shartnomalar, shuningdek, Oʻzbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligi qoʻllaniladi.
8. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
8.1. Mazkur Qoidalardan kelib chiqadigan yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan barcha nizoli masalalar maslahatlar
va muzokaralar yoʻli bilan doʻstona tartibda hal etiladi.
8.2. Agar Tomonlar 8.1-bandga muvofiq nizolar va kelishmovchiliklarni hal qilmagan boʻlsa, nizolar Bank
roʻyxatdan oʻtgan joyiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinishi kerak.
9. MIJOZLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
9.1. Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
- Bank hujjatlari bilan belgilangan hajmda va tartibda Dastur haqida ma’lumot olish;
- ushbu Qoidalarga muvofiq mukofot olish.
9.2 Mijoz Dasturning ushbu Qoidalari bilan tanishishi shart. Bank Mijozi tomonidan Dasturda ishtirok etishni
qabul qilish orqali avtomat tarzda Bank mijozining ushbu Qoidalar bilan tanishib chiqishini va toʻliq
roziligini nazarda tutadi.
10. Bankning huquq va majburiyatlari
10.1. Bank ushbu Qoidalarga muvofiq Dasturni oʻtkazishi, shuningdek, sovrinlarni taqdim etish va topshirish
majburiyatlarini bajarishi shart.
10.2. Dastur davomida Bank tomonidan Dastur bekor qilinishi mumkin emas.
10.3. Dastur ishtirokchilarini identifikatsiyalash maqsadida Bank ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlarini
soʻrovnomalar orqali toʻplash yoki amaldagi qonunchilik normalari doirasida Dasturni amalga oshirish
uchun boshqa ma’lumot va hujjatlarni toʻplash huquqiga ega.
10.4. Bank Dastur haqida qoʻshimcha ma’lumotlarni Internet vebsaytda (https://tbcbank.uz/), shuningdek, Bank
ofislarida elon qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
10.5. Bank xavflar va suiiste’mol qilish bilan bogʻliq tekshiruvlarni amalga oshirganidan soʻng, Mijoz sovringa
ega boʻlishni talab qilishi mumkin. Shu bilan birga, agar Bank Bankning mijozi qonunga xilof, shubhali
va/yoki firibgarlik harakatlarini amalga oshirayotgan deb hisoblasa, Bank ushbu qoidalar shartlarini
bajarishda Mijozga rad javobini berish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
10.6. Shuningdek, agar Bank ongli ravishda qabul qilgan xulosasiga koʻra Mijozning xatti-harakatlari mazkur
Qoidalarga va Shartlarga zid kelayotgan deb hisoblasa va/yoki Mijoz Dastur shartlaridan noqonuniy
foydalanayotgan yoki biron-bir tarzda suiisteʻmol qilayotgan deb hisoblasa, har bir holatda, Bank (a)
istalgan Yulduzlarni bekor qilishi; (b) Mijozga Dasturda ishtirok etishni yoki sovringa davo qilishni
taqiqlashi; (c) mijozning keyinchalik oʻtkaziladigan aksiyalarda va oʻyinlarda ishtirokini bloklashi; va/yoki
(d) mijozning hisobga olish qaydini toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi, lekin ular bilan
cheklanmaydi:
(i) bir nechta hisobga olish qaydlarni yaratish;
(ii) roʻyxatdan oʻtish vaqtida yolgʻon ma’lumotlar taqdim etish;
(iii) ijtimoiy tarmoqlarda, vebsaytlarda, qidiruv tizimlarida yoki ommaviy ma’lumot tarqatishning har
qanday shakli orqali istalgan kodlarni ommaviy ravishda taqdim etish;
(iv) hisobga olish qaydining haqiqiy egasi nomidan harakat qiluvchi uchinchi shaxslarga foydalanish
huquqini berish.
11. YAKUNIY SHARTLAR
11.1. Ushbu Qoidalar 1-Ilovada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi va kuchga kiradi.
“TBC Bank” ATB “TBC Stars” dasturining
qoida va shartlariga 1-Ilova
1. Dastur amal qilish muddati: Dastur 28 kun davomida o‘tkaziladi: 2023 yil 10 fevraldan
2023 yilning 10 martgacha, shu jumladan.
2. Missiyalar roʻyxati va ularni bajarganlik uchun beriladigan yulduzlar soni quyidagi
jadvalda koʻrsatilgan:
Missiya
nomi
Tavsif
Boshqa
banklarni
ng
kartalari
ga pul
oʻtkazing
TBC UZ ilovasida boshqa
banklarning kartalariga pul
o‘tkazing va umumiy
o‘tkazma summasidan har bir
1000 so‘m uchun 500 ta
yulduzga ega bo‘ling. Misol
uchun, TBCdan / ga, bir
bankning Uzcard yoki Humo
kartasiga 100 000 so'm
o'tkazsangiz, 50 000 ta
yulduz ishlab olasiz.
Shuni unutmangki, siz ushbu
missiya uchun bir hafta
ichida maksimum 500 000 ta
yulduz ishlab olishingiz
mumkin.
TBC UZ
ilovasida
toʻlovlar
ni
amalga
oshiring
TBC UZ ilovasida kommunal
to‘lovlarni to‘lang, mobil
telefon hisobingizni
to‘ldiring, shuningdek,
boshqa to‘lovlarni amalga
oshiring va har bir 1000 so‘m
uchun 1000 ta yulduzga ega
bo‘ling!
Misol uchun, agar siz 100
000 soʻm miqdorida toʻlovni
amalga oshirgan boʻlsangiz,
siz 100 000 ta yulduz olasiz.
Shuni unutmangki, siz ushbu
missiya uchun bir hafta
ichida maksimum 500 000 ta
yulduz ishlab olishingiz
mumkin.
Doʻstni
taklif
qilish
Doʻstlaringizni TBC UZga
qoʻshilishga taklif qiling va
har bir tasdiqlangan
doʻstingiz uchun 2 000 ta
yulduzga ega boʻling.
Sizning doʻstingiz 10 000 ta
yulduz oladi.
Doʻstlarimni qanday taklif
qilaman?
1. Bankning tasdiqlangan
mijozi boʻlish kerak.
2. Ilovaning “Do‘stni taklif
qilish” bo‘limiga kirib,
do‘stingizga taklifnoma
havolasini / promo kodni
yuboring.
Doʻstim nima qilishi kerak??
1. Doʻstingiz sizning yagona
havolangiz orqali roʻyxatdan
oʻtadi yoki “Doʻstni taklif
qilish boʻlimida promo
kodingizdan foydalanadi va
verifikatsiyadan oʻtadi.
* Promokodlar roʻyxatdan
oʻtgan vaqtdan boshlab 24
soat davomida amal qiladi.
* Siz taklif qilingan 20 ta
doʻstingiz uchun ball olasiz.
Namuna
yaratish
Kommunal toʻlovlarni amalga
oshirish uchun namuna yarating
va Saralash Davrida bir marta
bitta namuna uchun 2000 ta
yulduzga ega boʻling
Virtual VISA
kartaga
buyurtma
berish
Virtual Visa kartaga
buyurtma bering va 10 000 ta
yulduzga ega boʻling
3. Sovrinlar jamgʻarmasi pul mukofotlardan shakllanadi.
4. Yetakchilar jadvali va tegishli sovrinlar quyidagi koʻrinnishda taqdim etiladi:
Yetakchilar jadvalidagi oʻrin
Sovrin (oʻzbek soʻmda)
1
3 000 000
2
2 000 000
3
1 000 000
4
500 000
5-14
300 000
15-24
290 000
25-40
280 000
41-55
200 000
56-70
180 000
71-95
160 000
96-110
150 000
111-125
140 000
126-140
130 000
141-160
120 000
161-180
115 000
181-200
110 000
201-230
100 000
231-260
95 000
261-290
90 000
291-310
85 000
311-340
80 000
341-370
75 000
371-400
70 000
401-430
65 000
431-460
60 000
461-490
55 000
491-500
50 000
5. Bank muayyan toifadagi Ishtirokchilar uchun maxsus missiyalarni tayinlash huquqini oʻzida
saqlab qoladi. Missiya mazmuni, shuningdek, uni amalga oshirish uchun mukofot miqdori har bir
ishtirokchi uchun uning mobil ilovadagi faolligiga qarab belgilanadi.